BUYURAMAN:
0‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun «Lazzat » birlashmasi ishchilarini yil yakunlari bo‘yicha mukofotlash nizomining 32-bandiga muvofiq sex boshlig'i D.A. Rahimova yil yakuni bo‘yicha mukofotdan 100 foiz mahrum qilinsin.
Direktor (imzo) B. Hakimov
Asliga to'g'ri: (imzo) K. Hotamova
154
Ко ‘rsatma
КО‘RS ATM А
Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. tCo‘rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo‘Isa, bosh muhandis, ulaming o‘rinbosarlari imzo chekish huquqi ga ega. Ко “'rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va fannoyish qismlaridan tarkib topa- di. Asos (kirish) qismida, falon «maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar qo'Hanadi va «Yuklayman», «Tavsiya etaman» so‘zlari keyin farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «Tavsiya etaman» so‘zi qo‘llanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |