Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
7-ilova
DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT! Hazil-mutoyiba, kulgi, sho‘x qo\shiq va raqs muxlislarini yan- gi yil kechasiga taklif etamiz. Uchrashuv joyi - majlislar zali, vaqti - 28-dekabr soat 17.00 da. Samimiy tabassumsiz zalga kirish mumkin emas. 0‘zMU talabalari В i 1 d i r i sh ham e’lonning bir turi hisoblanadi. 8-9-ilovalarda uning ba’zi namunalari berildi. Konsert, kinofilmlar namoyishi va teatr tomoshalari haqidagi e’lon afi sh a deb yuritillib, 10-ilovada uning namunasi berildi. 321
322
9-ilova BILDIRISH Shu yil 15-dekabr kuni soat 18.00 da 0‘zbekiston Yozuvchi- lar uyushmasida yosh ijodkorlaming «Jahon adabiyoti» jumali tahririyat xodimlari bilan uchrashuvi bo‘ladi. Uchrashuvga barcha qiziqqan kishilar qatnashishi mumkin. Afisha namunasi 10-ilova «Maqom» ansambli «Turkiston» saroyida 9 va 10-dekabr kunlari soat 16.00 va 19.30 da dekabr kuni soat 19.30 da 0‘zbckiston xalq artisti MUNOJOTXON YOXCHIYEVA ijrosidagi o‘zbek mumtoz va xalq ashulalari konsertiga taklif ctadi. Chiptalar «Turkiston» saroyi g‘aznasida soat 11:00 dan sotilmoqda. 323
HISOBOT Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, top- shiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjat. Hisobotda keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli boMishi kerak. Hisobotda quyidagilarga e’tibor beriladi: nima mo‘ljallan- gan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e’ti- bor berildi, qanday yetishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo1 Isa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo‘llanadi (1-ilovaga qarang). Hisobot shakl jihatdan ham, mazmun jihatdan ham bildirishnoma (qarang) hujjatiga o‘xshaydi. Uning zaruriy qismlari: Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilyapti. Hujjatning nomi (Hisobot). Hisobot matni. Lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi, imzo. Sana. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi. 324
Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobot namunasi I-ilova Toshkent viloyati Parkent tumanidagi «Sulton» fermer xo‘jaligining 2017-yilda rejalashtirilgan ishlarining bajarilishi haqida HISOBOT Xo‘jalik tasarrufidagi ckin ekiladigan 100 gektar yerga yil boshida 10 turdagi ekin ekish rejalashtirilgan edi. Shundan 8 tur ekin ekildi. Ikki turi - ukrop va kashnich sharoit yo‘qiigi tufayli ekilmay qoldi. Yil oxirida rejadagi 2000 tonna o‘miga 2030 tonna sabzavot mahsulotlari olindi. 3 gektar tokzorda 90 tonna xo‘raki uzum yetishtirildi. Bu rejadagidan 26 tonna ko‘p. Kartoshka, po- midor, piyoz, sabzi gektar boshiga avvalgi yildagiga qaraganda bu yil 2-3 tonna ko‘proq yetishtirildi. Piyoz rejadagidan 3 tonna kam olindi. Sababi - un-shudring tushdi, vaqtida agrotexnika tadbiri o‘tkazilmadi. Xo‘jaligimiz ishida o'mak ko‘rsatgan a’zolarimiz quyidagi- lardir: T. Turobov S. Rustambekov K. Xo‘jaycv. L. Sobirxo‘jayev. Yil yakuni bo‘yicha moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishda bulaming xizmatini inobatga olishingizni so‘rayman. Fermer xo‘jaligi rahbari (imzo) S. Xolnazarov 2018-yil 5-yanvar Xizmat safari va rahbaming muayyan topshirig‘ini bajarish bo‘yicha hisobotlar ma’lum davr ishlari bo‘yicha hisobot- dan qisman farq qiladi (2-ilovada shunday hisobot namunasi berildi). 325
Zaruriy qismlari: Sarlavhasi: idora rahbarining lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi, kim tomonidan qanday top- shiriq uchun hisobot berilyapti. Hujjatning nomi (Hisobot). Hisobot matni («Sizning topshirig‘ingizga binoan» tar- zidagi iboralar bilan boshlanadi, topshiriq qanday bajarilgan- ligi aniq ma’lumotlar bilan bayon qilinadi; xulosa qilinadi). Ilovalar ko‘rsatiladi (ko^p hollarda). Hisobot beruvchining lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi, imzo. Sana. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling