Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Xizmat yozishmalari
Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari: Manzil. Hujjatni yo‘llovchi muassasaning nomi. Telefonogrammani yetkazuvchi va qabul qiluvchirring lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari. Qabul qilish vaqti. Nomi. Tartib raqami. Sana. Matn. Imzo chekkan shaxs. Agar telefonogrammani bir necha joyga yollash nazarda tutilgan bo‘Isa, unga yetkazilishi lozim bo4gan muassasa- lar nomi va telefon raqamlari ko‘rsatilgan ro'yxat ham ilova qilinadi. 5-ilova Yashnobod tumani hokimhgi direktoriga Yetkazuvchi-yоlriqchi qabul qiluvchi-kotiba Olimov. Rahimova Tel: 71-268-25-11. Tel: 71-267-01-18 soat 16:00 TELEFONOCRAMMA 2014-yil 29-sentyabr Toshkent 16-son 2014-yil 12-sentyabr kuni soat 15.30 da Yashnobod tumani hokimligining majlislar zalida qishki mavsumga tayyorgarlik ma- salasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi. Yig‘ilishda korxona rahbari va kasaba uyushmasi tashkiloti raisi qatnashishi shart. Yashnobod tumani hokimligi kotibi L. Soliyev Telefonogrammani yozib olishda tayyor bosma ish qo- g‘oz lari dan foydalanish maqsadga muvofiqdir (6-ilovaga qa- rang). 349
Telefonogramma shakli 6-ilova Kimga: (yo‘llovchi tashkilot) Telefonogramma yetkazuvchi Qabul qiluvchi (lavozimi, ismi, familiyasi) (lavozimi, ismi, familiyasi) tel: (qabul qilingan vaqti) TELEFONOGRAMMA Sana: Joyi: Matn Imzo XATLAR Muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko'lami к mg bo‘lib, bunday yozishmalar vositasida turli ko'rsatmalar, so'rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimos- lar kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Maztnun jihatdan turlicha bo‘lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xallari deb yuritiladi. Xizmat xatlari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘1 ish mumkin: javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, sokrov xatlar, iltimos xatlar). 350
javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshqalar). Ushbu xatlar ma’lum bir maqsadda yoziladi, masalan, kafolat xatlarda kafolat berish ifodalansa, ilova xatlarda xatga ilova qilinayotgan hujjatlar haqida axborot beriladi. Biroq shunday xatlar ham uchraydiki, uning mazmunida bam kafolat berish, ham iltimos, ham cslatish ma’nolari ifodalanadi. Xizmat xatlari, odatda, xatlar uchun tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Rasmiy ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda xizmat xatlari xos ish qog‘oziga yoki oddiy qog‘ozga yoziladi. Xat oddiy qog‘oz varaqqa yozilsa, uning chap to- monidagi yuqori burchagiga xat jo‘natayotgan muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi. Zaruriy qismlari burchakda joylashgan bosma yoki xos ish qog‘ozlarida zaruriy qism avval o‘zbek tilida, so‘ng rus yoki ingliz tilida beriladi. Zaruriy qismlar uzunasiga (bo‘yiga) joylashgan bosma ish qog^ozlarida ular chap tomonda o'zbek tilida, o‘ng tomonida ms yoki ingliz tilida beriladi. Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlami o'z ichiga oladi: 0‘zbekiston Respublikasi gerbi. Muassasaning ramziy bclgi (emblema)si. Mukofotlar. Vazirlik, boshqarma nomi. Tashkilot nomi. Bo‘linma nomi. Tasniflagich bo‘yicha hujjatning xos raqami. Muassasaning xos raqami. Pochta, telegraf manzili, bankdagi hisobraqami. Sana. Shartli raqam. Kclgan hujjat shartli raqami. Hujjatning kelish sanasi. Hujjat jo‘natiladigan manzil (xatni oluvchi muassasaning nomi). 351
Munosabat bcigisi (rezolyutsiya). Nazorat haqida bclgi. Matn sarlavhasi (xatning qisqacha mazmuni). Matn. Tlovalar haqida belgi. Imzo. Rozilik belgi si (viza). Kelishuv haqida belgi. Bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami. Bajarilganlik haqida belgi. 356-betda keltirilgan ilovadagi shaklda xizmat xatlaridagi mazkur zaruriy qismlaming andozaviy o‘Ichamdagi j oyi as- hish tartibi ko‘rsatildi. Chizmadagi uzuq chiziqlar zaruriy qismlar chegarasining o‘zgaruvchanligini bildiradi. Halqalar ichida esa zaruriy qism- larning tartib raqami berilgan. Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch qismdan iborat bo‘ladi. Xatning birinchi (kirish) qismida, odatda, xat bilan tegishii muassasaga murojaat qilishga majbur etuvcbi asosiy sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismida xatda qo4yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi. Xatning uchinchi (xulosa) qismida esa xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ifodalanadi. Xizmat xatlari imkoni boricha qisqa bo‘lishi, biroq bu qisqalik uning aniq va ravshanligiga ta’sir etmasligi kerak. Qoidaga kobra, xizmat xatlari bir betdan oshmasligi lozim. Faqat juda muhim masalalar yozilgan, birmuncha mufassal bayon talab qiluvchi xatlargina istisno tariqasida uch betgacha bo'lishi mumkin. Xizmat xatlari qog‘oz varag‘ining oldi va orqa tomonlariga yoziladi. Rasmiy xatlami tuzuvchi shaxs ma'lum malakaga ega bo4ishi kerak. Rasmiy xatlarni to^g'ri va tez tuzish, awalo, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, zamo- naviy rasmiy uslubni va unga qo'yiladigan talablami bilishni 352
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling