Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet164/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Esdalik yozishmalari qabul qilingan xalqaro shartno- malar, bitim va muzokaralar yuzasidan kengaytirilgan ma’lu- mot beruvchi hujjatdir. Unda shartnoma va bitimlaming amal qilishi va kuchga kirishining o‘zaro kelishilgan qonun-qoida- iari bayon etiladi- Ushbu qonun-qoidalar bilan kimlar, qay- si davlatlar va mahkamalami tanishtirish zarurligi, ularning qo‘shimcha yig‘ilish muddatlari va ushbu hujjat uchun javob­gar sanaluvchi idoralar ko‘rsatiladi.
Esdalik yozishmasi oddiy qog‘ozga hech qanday hur- mat-e’zoz so‘zlarisiz yoziladi, matn bevosita asosiy qism­dan boshlanadi, murojaat qismi ham bo‘lmaydi. Boshlanish qismida shartnoma va bitimlaming asosiy mazmuni va umu­miy xulosasi bayon etilib, so‘ng ulami amalga oshirish yo‘l- yo‘riqlari ko‘rsatiladi. Matn oxirida ushbu hujjatni, ya’ni es­dalik yozishmasini kimlarga yetkazish zarurligi bayon etiladi. So'ng manzil (u qayerda tuzilgan bo‘Isa) va sana yoziladi, muhr va imzo qo‘yilmaydi.
Qaydnoma (protokoJ) diplomatik aloqalar, munosa- batlar, shartnoma, bitim, muzokaralar bayonnomasi bo‘lib, и
ham diplomatik hujjat hisoblanadi va boshqa bayon- lomalardan tamomila fare qiladi. Unda ishtirok etdilar, bin tartibi, eshitildi, so'zga chiqdilar, qaror qilindi qism- lari, majlis raisi, kotibi kabilar bo‘lmaydi. Aytilgan fikr- istaklar, qarorlaming har biri alohida xatboshidan beriladi. Sarlavha o‘mida qaydnoma qaysi masala yuzasidan tuzil- ganligi, so‘ng unda ishtirok etgan davlatlar nomi qayd etila­di. Oxirgi xatboshida qaydnoma qachon va qayerda, necha nusxada, qaysi tilda tuzilgani va qachondan boshlab kuchga kirishi ko‘rsatiladi. So‘ng har ikki davlat nomidan ishtirok etgan vakillar lavozimi, ismi, otaismi va familiyasi yozilib, imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.


398


Xizmat yozishmalari




Memorandum - davlatlaming biror masala yuzasidan o‘zaro qabul qilgan qarorlari yuzasidan bergan bayonno- masi. Ushbu hujjatda har tomonlama tahlil qilmgan masala­lar bo'yicha har bir davlatning fikri va o‘zaro kelishuvi bayon qilinadi. Memorandum ham notalar yoziladigan toza, sifatli qog‘ozlarga yoziladi, faqat unda gerb tasviri va tartib raqami bo‘lmaydi. Shuningdek, notaga ilova tarzida beriladigan yoki kuryer (chopar) orqali yuboriladigan memorandumlar ham bor. Bunda tomonlardan birining ushbu masala yuzasidan o‘z mavqeini saqlashga qaratilgan fikrlari bayon etiladi, Bunday memorandumlar notaga ilova tarzida berilsa, gerb, muhr, tar­tib raqami va sana bo‘lmaydi. Kuryer orqali alohida yuborila­digan memorandumlar esa notalar yoziladigan gerbli maxsus blankalarga yoziladi, sana va manzili ham ko‘rsatilishi shart.
Memorandum ikki davlat ichidagi turli vazirlik va qo‘mita- lar, muassasa va tashkilotlar o‘rtasida ham tuziladi. Quyida ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida tuzilgan memorandum namunasini keltiramiz:



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling