Sokrov (xati) tijorat hujjati bo‘lib, xaridoming sotuvchiga, chetdan mol oluvchi (importchi)ning chetga mol chiqaruvchi (eksportchi)ga tovar (xizmat va boshqalar) haqida muxtasar ma’lumot berishni so‘rab yoki tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat qilishini o‘zida aks ettiradi.
Qoidaga ko‘ra, so‘rovda tovar (xizmat)ning nomi, shu- ningdek, mol oluvchining tovami olish shartlari, ya’ni tovar- ning miqdori va sifati, andozasi, turi (markasi), bahosi, yetkazib berish muddati va to‘Iov shartlari ko'rsatiladi. So‘rovning bu turi shartnoma hujjatlari guruhiga kiradi va undan bi- timni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida foydaianiladi (I-2-ilovalarga qarang).
402
Xizmat yozishmalari
Tijoriy xatlaming aynan shu turlari tomonlar o'rtasidagi hujjat almashtirish jarayonini belgilaydi.
So‘rov xati namunasi
-ilova
«0"zkeysmash» 0‘zbekiston - Amerika qo‘shma korxonasiga
2015-yil 3-avgust 21-107/11-son
Butlov qismlar uchun
taklifga so‘rov haqida
Sizdan tavsiya etilgan tafsilot ro‘yxatiga muvofiq paxta te- rish mashinalari bunkerlarining zichlov qismlarini yetkazib be- rish uchun manzilimizga 3 nusxada taklif yuborishingizni so'rab qolamiz.
Taklifda zichlov qismlarining to‘liq nomi, turi, lexnik tavsifi, materiali (zarur o‘rinlarda), bahosi va massasi, shuningdek, yetkazib berish muddati va umumiy hajmi haqidagi ma’lumotlami ko‘rsatishingizni iltimos qilamiz.
Taklifingizni bizning manzilimizga yuborishning mumkin qa- daraniqroq sanasini ma’Ium etsangiz, manuiun bo‘lardik.
Ma’lum sabablarga ko'ra taklifhi ishlab chiqishning imkoni- yati bolmasa, qisqa vaqtda bizga bu haqda xabar berarsiz, degan umiddamiz.
Kamoli ehtirom ila _____
(imzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |