Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
Ikki mansabdor shaxsning imzolari kollegial organlar hujjatlariga qo‘yiladi. Qarorlar va bayonnomalami kollegial or- ganning rahbari va kotibi tomonidan imzo lash tavsiya etiladi. Kollegial organlarda yakkaboshchilik tartibida qabul qilinadigan farm oyi shlarda bitta imzo bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq imzolar, agar hujjat mazmuni uchun bir nechta shaxs (masalan, dalolatnomalar, moliya hujjat- lari, bir nechta tashkilotlardan chiquvchi hujjatlar) javobgar boigan taqdirda qo‘yiladi. Komissiya tomonidan tayyorlangan hujjatlarda uni tayyor- lagan shaxslarning lavozimi emas, balki komissiya tarkibidagi vazifalari taqsimlanishi ko‘rsatiladi. Masalan: Komissiya raisi imzo V. Mahmudov Komissiya a zolari imzolar A. Hakimov, R. Abdurahmonov Hujjat bir necha mansabdor shaxslar tomonidan imzo- langanda, ularning imzolari egallab turgan lavozimlariga muvofiq bittasining ostida boshqalari navbat bilan joylashadi. Masalan: Institut direktori imzo Z. Hoshimov Bosh hisobchi imzo V. Sobirov Hujjat lavozimlari teng bir nechta shaxslar tomonidan im- zolanganda, ularning imzolari bir qatorda joylashadi: О ‘zbekiston Respublikasi О ‘zbekiston Respublikasi Sag ‘liqni saqlash Moliya vazirining vazirining о ‘rinbosari о ‘rinbosari imzo К Kornilov imzo T. Tojiyev Kelishish hujjat loyihasini dastlabki ko‘rib chiqish va ba- holash usuli hisoblanadi. Kelishish tashkilot ichida ham (turli tarkibiy bo‘linmalar va mansabdor shaxslar bilan), uning tashqarisida ham (hujjat 444
loyihasidagi masalalarga ulaming vakolatlariga muvofiq be- vosita munosabati boigan bo‘ysunuvchi va bo‘ysunmaydigan tashkilotlar bilan) amalga oshirilishi mumkin. Hujjat loyihasini ichki kelishuv imzolovchining shaxsiy imzosi va imzolash sanasini o‘z ichiga olgan viza bilan ras- miylashtiriladi. Zarurbo‘lgan hollarda imzolovchining lavozimi ko‘rsatilishi mumkin. Uning imzosini (ismi, otaismining bosh harflari, familiyasi) kengaytirib yozish shart, masalan: Yuridik bo ‘lim boshlig 7 imzo S. Maxsumov 2019-yil 24-yanvar Hujjat loyihasi bo‘yicha mulohazalar va qo‘shimchalar alohida varaqda bayon qilinadi, bu to‘g‘rida loyihada tegishli belgi qolyiladi. Vizalar hujjatlaming tashkilotda qoldirilayot- gan nusxalariga, old tomoniga, imzo ostiga qo‘yifadi. Tashqi kelishuv kelishish ustxati, kelishuv to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, kelishuv varag‘i yoki kollegial organ majlisi- da hujjat loyihasi muhokamasining bayonnomasini taqdim etish bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Kelishish ustxati «Kelishilgan» so'zidan, hujjat kelishib olinadigan shaxs lavozimining nomi (tashkilot nomi bilan bir- galikda), shaxsiy imzosi, uning yoyilmasi va sanasidan iborat boiadi. Masalan: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling