Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet40/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Kafil! ikn in g tokxtatilishi

  1. Kafillik ushbu shartnoma bo'yicha belgilangan majburi- yatlar to‘liq bajarilganda yoki Lizing beruvchining roziligi asosi­da to‘xtatilishi mumkin.

  2. Lizing beruvchi ushbu kafillik shartnomasi muddati tuga- ganidan keyingi bir yil muddat mobaynida Kafilga nisbatan da’vo qo‘zg‘atmasa, kafillik to‘xtatiladi.

  1. Boshqa shartlar

  1. Ushbu sharlnomada ko'zda tutilmagan holatlarda tomonlar 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksimng 292 29S-mod- dalari hamda boshqa amaldagi qonunchilik me’yorlariga amal qiladilar.

  2. Mazkur shartnoma uch nusxada tuzilgan va bir xil yuridik kuchga ega. Shartnomaning bir nusxasi Lizing beruvchiga, ikkin- chisi Lizing oluvchiga va uchinchisi Kafilga beriladi.


Tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari:


LIZING OLUVCHI


Toshkent viloyati _ tumani


H/r:
MFO: ~
STIR:
Rahbar

Imzo
Muhr о 'mi


114




LIZING BERUVCHI «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» aksiyadorlik lizing kompaniyasi Toshkent viloyati filiali

KAFIL

Toshkcnt shahri Abay ko‘chasi 4A-uy ATB «Agrobank» Toshkent shahar Bosh amaliyotlar boshqarmasi

Toshkent viloyati turnani

H/r:

STIR:

Asosiy h/r 2021 0000 9040 2125 1001

Rahbar:

Transh h/r 2322 0000 2040 2125 1333

Imzo
Muhr и rni

Transh h/r 2322 0000 9040 2125 1333




MFO 003394, STIR 203 071 206 OKONX 96190




Filial direktori A. Nasriddinov




Imzo
Muhr 0 'mi




Bosh hisobchi




Yurist





Yuqorida notarial idoralar tomonidan tasdiqlanadigan shartnomalar haqida aytib o‘tgan edik. Bunday shartnomalar mazmunan juda xilma-xildir: turarjoy va imoratlami oldi-sotdi shartnomasi, turaijoyni qisman yoki to‘liq hadya qilish shart­nomasi; transport vositasini hadya qilish shartnomasi, shaxsiy uy-joylami ijaraga olish (berish) shartnomasi, umumiy mulkni bo‘I ish shartnomasi va hokazolar. Garchi «0‘zbekistonda no­tariat» amaliy qo‘llanmasi nashr etilgan (Toshkent: «Ado-
115


Tashkiliy hujjatlar




lat» nashriyoti, 1998) va unda bir qator hujjatlar bilan birga, shartnomalar va ulaming rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq ji- hatlar ancha batafsil bayon etilgan boMsa-da, notarial idoralar tasdiqlaydigan shartnomalar va umuman notarial idoralarga bog‘liq hujjatlar turkumi maxsus o‘rganishni va o‘zbck tilida ulaming tayyor andozalarini yaratishni taqozo etadi.
Quyida ana shunday, notarial idoralar tasdig‘idan o‘tadi- gan shartnomalar haqida fikr yuritamiz.
Notarial tasdiqlanadigan shartnomalar ichida hadya shartnomalari alohida o‘rin egallaydi. CVzbekiston Respub­likasi Fuqarolik kodeksining 502-moddasida hamda «Notari- uslar tomonidan notarial harakatlami amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomada koVsatilishicha, hadya shartno­masiga muvofiq, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekmga mulk qilib berishi yoki berish maj­buriyatini olishi; unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni berish majburiyatini olishi; yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qilishi yoki ozod qilish majburiyatini olishi mumkin.
Ashyo yoki huquq muqobil berilganida, yo bo‘lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo'lganida, shartnoma hadya deb tan olinmaydi... Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tckinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy maj­buriyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qi­lish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo‘lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko‘rinib turgan bo'Isa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq ko‘rsatmasdan, o‘zining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni va’da qilish o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas. Bunday hadyaga nisbatan FKning vorislik


116


Shartnoma




to g'risidagi qoidalari qo‘llanadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday farmoyish vasiyatnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Transport vositasini hadya qilish shartnomasi. Trans­port vositasini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi kerak. Bu shartnoma ikki nusxada tuzilib, uni har i kkala to­mon - hadya qiluvchi va uni qabul qiluvchi imzolaydi. Nota- rius hujjatni o‘rganib, uning har ikkala nusxasiga tasdiq bclgi- larini yozib chiqadi va gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Shundan so‘ng hadya qilish shartnomasi maxsus ro‘yxatga kiritiiadi va tegishli tartib raqamiga ega bo‘ladi. Transport vositalarini hadya qilishda texnik pasport, qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat, hadya qiluvchi turmush o‘rtog‘i (eri yoki xotini)ning roziligi, transport yig‘imining hamda davlat bojining to‘lan- ganligi haqidagi pattalar, albatta, ko‘rsatilishi kerak.
Transport vositasini hadya qilish shartnomasi namunasi
10-ilova



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling