Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Ko‘chmas va ко‘char mulklami, xususan, uy-joylarni (yoki uning bir qismini), avtomobillami oldi-sotdi va ayir- boshlash shartnomalari ham, albatta, notarial idoralar tomonidan tasdiqlanishi kerak. 12- va 13-ilovalarda ana shunday shartnomalarga namunalar keltiriladi (uy-joyni oldi-sotdi shartnomasini tuzishda yana birqator hujjatlar zarur bo4 ladiki, bunday zaruriy hujjatlar ro‘yxati tegishli notarial idoralarda mavjud boTadi va shartnoma tuzilayotganda ular tomonidan talab qilib olinadi):
Namuna 12-ilova Uy-joyni oldi-sotdi SHARTNOMASI 0‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri, ikki ming o‘n ikkinchi yil yigirma birinchi may kuni Biz, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri Mustaqillik ko‘chasi 25-uyda yashovchi Solijon Xoliqovich Qodirov va Farg'ona viloyati Toshloq tumani Yakkatut qishlog‘ida yashovchi Tsroil Ismoilovich Komilovlar ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik: 1. Men, Solijon Xoliqovich Qodirov, Marg‘ilon shahri Mus- taqillikko‘chasidagi 400 kvadrat metrli yer maydonidajoylashgan 25-raqamli uy-joyimni sotdim; men, Isroil Ismoilovich Kornilov esa yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi uy-joyni sotib oldim. Oldi-sotdi qilinayotgan uy-joyning yashash maydoni 72 kvadrat metr bo‘lgan 4 ta xona, 2 ta dahliz va oldi oynavand ayvonli bit- ta bir qavatli, pishiq g‘ishtdan qurilgan uydan iborat boTib, uyning umumiy foydali maydoni 110 kvadrat metr. Shuningdek, hovlida yozgi va qishki oshxona, omborxona, hammom va hojatxona bor va bu Marg‘ilon shahar texnik inventarlash idorasining 2015-yil 15-maydagi ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi. 2. Sotilayotgan uy-joy Marg‘ilon shahri davlat notarial idorasi tomonidan 1995-yil 4-aprelida 1836 raqami bilan ro‘yxatga olinib qayd etilgan va Marg‘ilon shahar texnik inventarlash idorasida 1995-yil 4-apreldan 5445 raqami bilan ro‘yxatga kiritilgan meros 120
huquqi guvohnomasiga asosan menga, Solijon Xoliqovich Qodi- rovga tegishlidir. Uy-joyning inventarlash narxi 68800000 (oltmish sakkiz million sakkiz yuz ming) so‘m bo‘lib, tomonlar uni 86000000 (sakson olti million) so‘mga baholadik va men, Solijon Xoliqovich Qodirov, sotilgan uy uchun Isroil Ismoilovich Komilovdan ko‘rsa- tilgan miqdordagi pulni ushbu shartnomani imzolashdan oldin to‘liq oldim. Ushbu shartnoma tuzilgunga qadar oldi-sotdi qilinayotgan uy-joy boshqa shaxsga o‘tkazilmagan, garovga qo‘yilmagan va bu uy-joy yuzasidan hech qanday nizo va taqiqlar boMmagan. Sotilayotgan uy-joyda 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodcksining 488-moddasiga asosan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladigan shaxslar yo‘q. 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 185-mod- dasiga ko‘ra, ushbu shartnoma tegishli texnik inventarlash idorasi- da ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab uy-joyni sotib oluvchi- da mulk huquqi vujudga keladi. Ushbu shartnomani tuzish uchun ketadigan xarajatlami uy- joyni sotib oluvchi Isroil Ismoilovich Kornilov to‘laydi. 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidagi tegishli moddalaming mazmuni bizga notarius tomonidan tushuntirib berildi. Shartnoma uch nusxada tuzilib imzolanadi. Bir nusxasi Margilon shahar davlat notarial idorasida qoldiriladi; bir nusxasi sotib oluvchi I.I. Komilovga berilib, bir nusxasi shartnomani ro‘yxatga olgan texnik inventarlash idorasida qoldiriladi. (imzo) S. Qodirov (imzo) I. Komilov (Notarial idoraning tasdiqlovchi yozuvlari va muhri) Uy-joylarni ayirboshlash shartnomasi ham deyarli oldi-sotdi shartnomasi dan farq qilmaydi. Faqat bu yerda ayir- bosh qilinayotgan uy-joy (kvartira)lar alohida-alohida tavsif- lanadi, ularning inventar narxlari ham ayrim-ayrim ko‘rsa- 121
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling