Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet50/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

FARMOYISH HUJJATLARI

Bu turdagi hujjatlar, asosan, tashkilot rahbari (direktor) niug buyruq, ko‘rsatma, farmoyishi hamda tashkilot (muassa­sa) qarorlari asosida yuzaga keladi.
BUYRUQ
Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llana- di. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muas­sasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘lla- nadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatma hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bulaming ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbir belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Buyruq vositasida rahbarlar tashkilot- ning ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisobot, moliyalashtirish, kredit ajratish, mahsulotni sotish faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyat, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish hamda ishlami tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha amaliy ish yuritadi.
Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilami tasdiqlash bilan bog‘liq me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo‘lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi.
Buyruqning asosiy zaruriy qismlari:

  1. Gerb, muassasaning ramziy belgisi (blanka qismlari).


143


Farmoyish hujjatlari





  1. Download 0.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling