Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari 1-ilovaga muvofiq
Download 55.58 Kb.
|
1 2
Bog'liq666 15.08.2018
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018/2019 o‘quv yili davomida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun zamonaviy yagona maktab formasini (keyingi o‘rinlarda maktab formasi deb yuritiladi) joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar: davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari 1-ilovaga muvofiq; davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oldingi tahrirga qarang. 3. Belgilansinki, o‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etiladi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son) 4. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni belgilashda ularning texnologik jihatdan ishlab chiqarish imkoniyatlari va hududiy joylashuvini (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida) inobatga olgan holda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantirsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda maktab formasi savdosini tashkil qilish maqsadida respublikaning har bir tuman (shahar) markazida aholiga qulay joylarda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalarini tashkil etsin va ularning joylashish manzillarini ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilsin. Oldingi tahrirga qarang. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi maktab formasining belgilangan standartlarga, sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli to‘qimachilik mahsulotlaridan tayyorlanishi ustidan nazorat o‘rnatsin. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/271/0433-son) 7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab maktab formasining davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtiyoriy joriy qilinishiga ko‘maklashsin; Oldingi tahrirga qarang. (7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son) o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orasida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga maktab formasida kelishning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borsin. 8. Tijorat banklariga aholining maktab formalarini xarid qilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qisqa muddatli (olti oydan kam bo‘lmaydigan) iste’mol kreditlari ajratish tavsiya etilsin. 9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati, maktab formasi joriy qilinishining o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy tenglikni mustahkamlashga va sifatli ta’lim-tarbiya olish uchun sharoit yaratishga xizmat qilishi ommaviy axborot vositalarida, jumladan, ijtimoiy roliklar orqali muntazam va keng yoritish tavsiya etilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. Oldingi tahrirga qarang. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/271/0433-son) O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2018-yil 15-avgust, 666-son Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga 1-ILOVA Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalarining shakllari 1 — 6-sinflar uchun
Download 55.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling