Davlat universiteti fizika -matematika fakulteti "fizika " kafedrasi «lazer fizikasi»


Lazerlarning qishloq xo’jaligida ishlatilishi


Download 253 Kb.
bet6/9
Sana22.02.2023
Hajmi253 Kb.
#1220975
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jo\'raqulov Zafar

2.2Lazerlarning qishloq xo’jaligida ishlatilishi


Lazer nurlanishining xususiyatlaridan qishloq xo‘jaligida ham keng qo’llanilmoqda. Kogerent nurlanish biologik jarayonlami tezlatish xususiyatiga ega ekanligidan foydalanib turli o‘simliklarning uruģlariga ekishdan oldin lazer nurlanishi bilan ta’sir etish yo`lga qo`yildi. Qishloq xo`jaligida lazer nurlanishini qòllash bir necha yo`nalish bo`ylab rivojianmoqda: o`simlik uruģlarini ekishdan oldin lazer nurlanishi bilan ishlash, o`simliklaming o`sish jarayonini, ekilishini aerokosmik usul bilan aniqlab tuzish, tayyor mahsulotlarning sifatini lazer nurlanishi vositasida nazorat qilish, ob - havo sharoitlarini oldindan tadqiq qilish va hokazo. Bug‘doyni ekishdan oldin lazer nurlanishi bilan ishlashning xo‘jaliklarida qo’llanilishi hosildorlikni 10 % dan 21 % gacha oshganini ko‘rsatdi. Bug‘doyni ekishdan oldin lazer nurlanishi bilan ishlash uchun “Lvov - / ” qurilmasidan foydalanildi. Mazkur qurilmada geliy - neon va argon lazerlarining nurlanishidan foydalanilgan. Qurilma bir soatda yetti tonna donni ishlash imkoniyatini beradi va faqat bir kishi tomonidan boshqariladi. Donni lazer nurlanishi bilan ishlash uning biologik faolligini oshirdi. Xuddi shunday tadqiqotlar O’zbekiston Fanlar akademiyasining tajribali biologiya institutida paxta chigiti ustida olib borilib, paxta hosildorligini 10 % - 12 % ga oshishiga olib keldi. O’simliklar ekilgan maydonlami samolyotdan turib lazer nurlanishi vositasida nazorat qilish, o‘simliklardan qaytgan nurlanish xususiyatlariga asoslangan holda, ekinlarning yovvoyi o‘tlar bilan zararlanganini, o‘simlik barglarida xlorofilning miqdorini, o‘simlik massasining yetilish darajasini, suvga muhtojligini, hosildorligini aniqlash imkonini berdi, Bunday tadqiqotlar uchun maxsus qurilmalar - lidarlar yaratildi. Lidar - lazer lokatori bo‘lib, atrof-muhitni lazer nurlanishi vositasi yordamida nazorat qilish imkonini beradi. Lazer uzatuvchi, qabul qiluvchi va informatsiyani ishlovchi va tahlil qiluvchi qismlardan tuzilgan bo‘lib quyidagicha ishlaydi. Impuls maromida ishlovchi lazer nurlanishi kuzatilayotgan maydonga yo‘naltiriladi. Lazer nurlanishini yutgan o‘simlikda fluoresetsensiya hodisasi - o‘simlikning nurlanish ta’sirida qisqa vaqt davomida rivojlanishi ro‘y beradi.Lazer nurlanishi o‘simliklarda ro‘y beruvchi fotosintez hodisalarini o‘rganishga asos soldi.

Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling