Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YEIH) –


Download 0.61 Mb.
bet32/89
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1721402
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
Bog'liq
Geosiyosat majmoa

Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YEIH) – «Umumiy bozor’ - 1957 - yilda tashkil etilgan bo’lib, ishtirokchi mamlakatlar o’rtasida savdoda barcha cheklanishlarni sekin - asta bartaraf etish va bojxona siyosatini olib borishni ko’zda tutadi.
Rim protokollari imzolangan dastlabki yillar umidli natijalarni bera boshladi.
1968 - yilga kelib «Umumiy bozor’ mamlakatlari o’rtasida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi. Bu hol rejalashtirilgan muddatdan oldinroq ro’y berdi.
Yevropaning bundan keyingi birlashuvi Fransiya va Germaniya o’rtasidagi ziddiyatlarga duch keldi. 1958 - yil 14 sentabrda Fransiya prezidenti de Goll va kansler Adenauer muzokaralari natijasida mazkur mamlakatlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarning tugagani e‘lon qilingan qo’shma bayonotnoma qabul qilindi.
Bonn va Parij ittifoqi Yevropa integratsiyasiga siyosiy tus berdi va Yevropaning bundan keyingi birlashishi yo’lidagi muhim to’siqlarni olib tashladi. YEIHga 1973 - yil Buyuk Britaniya, Irlandiya va Daniya, 1981 - yilda Gretsiya, 1986 - yilda Ispaniya va Portugaliya qabul qilindi.
1991- yil dekabrda YEIH integratsiyani chuqurlashtirishga yana bir muhim qadam qo’ydi. Hamjamiyatning 12 a‘zosi golland shahri Maastrixtda yagona Yevropani yaratishni ko’zda tutuvchi Maastrixt bitimlari deb ataluvchi hujjatlarni imzolashdi. Maastrixt bitimlarida uch guruh shartnomalar – yagona Yevropa valyutasi tashkil etish, Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini tasdiqlash ko’zda tutildi.
YEIH o’z nomini Yevropa hamjamiyati (YEH) deb o’zgartirdi. YEH mamlakatlari Yevropa siyosiy ittifoqi (Yevroittifoqi)ni yaratish yo’li bilan tashqi siyosat va mudofaani muvofiqlashtirish hamda bu yo’nalishda yagona asoslarni ishlab chiqishni mo’ljal qilishdi. Kelgusida yagona tashqi va umumiy harbiy siyosatni shakllantirish ko’zda tutilgan Maastrixt bitimlarining uchinchi guruhi Yevropa komissiyasini tuzishga tegishli. U Bryusselda ishlay boshlashi va YEH mamlakatlari sog’liqni saqlash, xalq ta‘limi, qishloq xo’jaligi va ekologiya sohalari siyosatini tartibga soluvchi muassasa bo’lishi lozim edi. Yevropa komissiyasi davlat ustidan turuvchi hukumat boshqaruvi funksiyalariga ega bo’la bordi va YEH ning barcha mamlakatlari unga o’z vakolatlarini berishi lozim edi. Bu milliy suveren huquqlarni cheklash bo’lardi, biroq YEH mamlakatlari yo’lboshchilari bu yo’ldan yagona Yevropani mustahkamlash uchun borishdi.
YEH bu orada yangi a`zolar – Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya bilan to’ldi.
Endi uning tarkibida 15 davlat bor va bir necha davlat qabul qilinishini kutmoqda. 2002 - yil 1-yanvardan e‘tiboran Maastrixt bitimlariga muvofiq Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida (Buyuk Britaniyadan tashqari) Yevropaning yangi pul birligi -
«yevro’ muomalaga kiritildi. 15 mamlakat xalqlari hech bir afsus - nadomatsiz o’zlarining eski valyutalari – gulden, frank, marka, taler, shillinglari bilan xayrlashishdi va yangisini qabul qilishdi.
Shuningdek yangi davrning yana xususiyati shunday iborat bo’ldiki, mustamlakachilik tizimiga chek qo’yildi. Bu Yevropaning ilg’or mamlakatlari mavqeiga berilgan navbatdagi zarba bo’ldi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling