Kemp-Devid bitimiva uning oqibatlariIsroilning og‘ir ahvolga solib qo‘yilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil – arabmunosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obro‘sini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi. AQSH o‘z maqsadiga erishdi ham. 1979-yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr o‘rtasida separat Kemp-Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga ko‘ra, Isroil o‘zqo‘shinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilikberdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam ko‘rsatish majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yishda Misrga yordam ko‘rsatdi. Arab ekstremistlari Misr Prezidenti A. Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va 1981-yilning 6-oktabrida uni o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldilar. 1980—1990-yillarda arab davlatlari o‘rtasida Yaqin Sharq masalasida bo‘linish yuz berdi. Boy arab davlatlari — Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Ummon davlatlari muammoni Isroil bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Iordaniya va Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv yo‘lini inkor etdilar. 1994-yildan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bosqichga kirdi. Isroil Falastin milliy avtonomiyasini tuzishga ijozat berdi. Biroq bir qancha muzokaralar o‘tkazilsa-da, Falastin davlatini tuzish muammosi hamon ochiqligicha qolmoqda. 2005-yilda Yo. Arofat vafot etgach, uning o‘rniga kelgan Mahmud Abbos bu ishni davom ettirmoqda. 2005-yil avgustidan Isroil G‘azo sektoridan 8,5 mingdan ortiq yahudiylarni ko‘chirib olib chiqib ketdi. Bu narsa Isroilda munosabatni ancha keskinlashtirdi, falastinliklar esa bayram qildi.
12-Mavzu :Xitoyning geostrategik siyosati va uning mohiyati
Reja.
Xitoy-Rossiya, G‘arbiy Evropa, AQSh bilan munosabatlarining rivojlanish tarixi.
Xitoy iqtisodiy taraqqiyotining spetsifik xususiyatlari.
Xitoy — O‘zbekiston munosabatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |