1-rasm.
"Kvars" AJning aksiyadorlik kapitali tarkibi o‘zgarib borishi, foizda
Kompaniyaning moliyaviy natijalarini yillar kesimida ko‘rib chiqar ekanmiz 2018 yilda sof foyda 82,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib o‘tgan yilga nisbatan 5,7 mlrd. so‘mga kamaygan, vaholanki sof tushim 500 mln so‘mga ko‘paygan. Kompaniya ishlab chiqqan biznes rejaga asosan, 2023 yilga kelib sof foyda 77,2 mlrd. so‘mlik natijani ko‘rsatadi. Ushbu holat «Kvars» AJ xorijiy investor va kreditor oldidagi qarz majburiyatini so‘ndirishga qaratilgan siyosatni amalga oshirishini anglatadi.
3-rasm.
«Kvars» AJ yillik moliyaviy natijalari, mlrd. so‘m
Pasdagi rasm orqali shuni anglash mumkinki, «Kvars» aksiyadorlik jamiyatining sof foydasi 2019 yilning 3 choraki bo‘yicha oldingi yilgi ko‘rsatkichning 68,9 mlrd. so‘mining 50,4 foizni tashkil etgan. Grafikda, sof foyda o‘zgarishi V – bu kompaniyaning biznes rejasi asosida, sof foyda o‘zgarishi A- bu bozor konyukturasining salbiy tomonga og‘ishini hisobga oluvchi model asosida, sof foyda o‘zgarishi S – bu oldingi yillarni o‘rganib chiqish asosida qilingan prognoz modeli. Yuqoridagi tahliliy natijalarga qo‘shimcha ravishda, fond bozorida «Kvars» AJ aksiyalarini ikkilamchi ommaviy taklifi(SPO) jarayoni uchun yana bir muhim ma’lumot sifatida, jamiyatning aksiyadorlar uchun dividend siyosatini tahlil qilish muhim hisoblanadi.
4-rasm.
«Kvars» AJ yillik sof foydasining o‘zgarishi, foizda
Shuni ta’kidlash kerakki aksiyadorlik jamiyati ham O‘zbekisiton Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, jamiyat Ustavi va Dividend siyosati to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq o‘zining dividend siyosatini shakllantirgan. Kompaniya namunali dividend to‘lovchi hisoblanib, 2017 yil yakunlariga ko‘ra sof foydaning 50,01 foizdagi ulushini dividend to‘loviga yo‘naltirgan. Yuqoridagi moliyaviy va balans ma’lumotlari asosida kompaniyaning kelgusi 5 yillik dividend berish siyosati ishlab chiqildi. Albatta, bu yerda aksiyadorlik jamiyatining kapitallashuvi hisobga olinmagan.7.
Do'stlaringiz bilan baham: |