Davlat univyersiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Download 352.69 Kb.
bet10/14
Sana19.06.2023
Hajmi352.69 Kb.
#1623977
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3.1 AGB-21 -guruh talabasi Nematilloyev Shaxriyor

11-formula

Ushbu formulaga asosan barcha xarajatlarni qoplash va soliqlarni tolash uchun korxonaga qancha daromad kerakligini aniqlash mumkin. Masalan, ≪Turon≫ korxonasi o’zi ishlab chiqargan sandiqni sotadi deb faraz qilaylik. Bir dona sandiqning bahosi 20,0 ming somni tashkil qiladi. Bu narx hisobot yilida ham o’zgarmasdan saqlanib qoladi. Buning 14 ming somi ozgaruvchi xarajatlardir. Bunda muvofiqlik (proporsionallik) koeffitsiyenti 0,7 (14 : 20)ga teng boladi.
Endi ≪Turon≫ korxonasining zararsiz ishlashi uchun hisobot davrida qancha sandiq ishlab chiqarib sotishi lozimligini aniqlash mumkin.
≪Turon≫ korxonasi bir yilda sandiqni 75 tadan kam ishlab chiqarsa, u zarar bilan ishlaydi va tabiiyki, foyda ololmaydi. Oxir- oqibatda sinishi mumkin. Agarda 75 tadan ko’p ishlab chiqarib sotadigan bolsa, korxona foyda olishi muqarrar. Shu tufayli yil boshida korxonaning ≪tenglik nuqtasini≫ aniqlab olishi lozim. Korxona xizmat qiladigan hududda shuncha sandiqning sotilish imkoni bolmasa, unda yangi bozomi topish, agar uning ham iloji bo’lmasa, boshqa mahsulotni ishlab chiqarib sotishga ixtisoslashishi lozim5.
Korxonaning moliyaviy natijalarini ifodalovchi umumlashgan ko’rsatkichga mahsulot (ish, xizmat) rentabelligini kiritish mumkin. Mazkur ko’rsatkichni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
12-formula

bunda, Rst — mahsulot (ish, xizmat) rentabelligi.
Ushbu ko’rsatkichga bir qancha omillar tasir qiladi. Bular jumlasiga quyidagilami kiritish mumkin:
• sof foydaning yalpi foydadagi hissasi (Sf/Yaf);
• yalpi foydaning sotilgan mahsulotdan olingan yalpi moliyaviy natijalardagi hissasi ( Yaf/Yamn);
• yalpi moliyaviy natijaning sof tushumdagi hissasi ( Yamn/St).
Rekkurent formula bilan hisoblangan xususiy korrelyatsiya koeffitsientlari -1 dan +1gacha bo’lgan oraliqda o’zgaradi, ko’p omilli detyerminatsiya koeffitsienti formulasida hisoblanganlari esa 0 dan 1gacha oraliqda o’zgaradi. Ularni bir-birlari bilan taqqoslash omillarni natija bilan bog’lanish kuchi bo’yicha ranjirlash (tartiblashtirish) imkonini beradi. Xususiy korrelyatsiya koeffitsientlari standartlashtirilgan regressiya koeffitsientlari (β-koeffitsientlar) asosida, omillarni natijaga ta’siri bo’yicha ranjirlanganligini tasdiqlagan holda, ko’p omilli 81 detyerminatsiya koeffitsientlaridan farqli ravishda har bir omilni natija bilan bog’lanish zichligini aniq o’lchamini toza holda beradi.
Boshqacha aytganda, ikki omilli taxlilda xususiy korrelyatsiya koeffitsientlari regressiyaning standartlashtirilgan koeffitsientlarini fiksirlangan omilning omil va natija bo’yicha qoldiq dispyersiyalari ulushlarining nisbatlarini kvadrat ildizdan chiqarilganiga ko’paytirilganiga teng6.
Natijaning o’zgarishiga miqdoriy omilning ta’sirini aniqlash uchun hisobot davridagi miqdoriy omil bilan bazis davridagi (yoki rejalashtirilgan) miqdoriy omil orasidagi farqni bazis davridagi (yoki rejadagi) sifatiy omilga ko’paytiriladi. Masalan, ish haqi fondining o‟zgarishiga xodimlar soni o’zgarishining ta’sirini aniqlashni misol qilib ko‟rsatish mumkin:


13-formula
(𝐓1 – 𝐓0 )𝐏0 = ±∆T
Korxonalar faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan jarayonlar va ularning natijalarini o’rganishda birinchi navbatda, iqtisodiy-statistik usullar keng qo’llaniladi. Ushbu bo‟limda shularning asosiylaridan bo‟lgan Ko’rsatkichlar farqi va zanjirli bog’lanish usullarini mazmuniga to’xtalamiz.

Download 352.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling