Davlat unversiteti
SUV NAMUNALARINING KIMYOVIY TARKIBI
Download 276.5 Kb.
|
Hajmy analiz usullari yordamida sizot suvlari tarkibidagi kalsiy va magniy ionlarini miqdorini aniqlash
SUV NAMUNALARINING KIMYOVIY TARKIBI
250 mg li konussimon kolbaga aniqlanadigan suvdan olinib, ustiga 100 mg bo’lguncha taxminan distillangan suv quyiladi. Uning ustiga gidrokarbonatlarni parchalash uchun 2 tomchi 1:1 nisbatli HCl tomiziladi. So’ngra 2H li natriy gidroksid eritmasidan 2 ml qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Shu eritma ustiga 10-15 mg muroksid indikatordan qo’shiladi va darhol Trilon B bilan qizil rangdan toki binafsha rangga o’tguncha, eritmani chayqatib turgan holda titrlanadi. Endi magniyni aniqlash uchun, yuqoridagi o’sha idishdagi eritma ustiga kalsiyli kompleksni buzish uchun 1:1 nisbatli HCl dan eritma rangsizlangunga qadar quyamiz. So’ng kolbaga kongo indikator qog’ozining parchasidan ozgina solamiz. Uning ustiga qizil kongo indikator qog’ozining rangi havo rangga kirguncha bufer eritmasidan qo’shamiz. Shundan so’ng ozgina xromogen qora eritmadan tomizamiz. Eritmaning rangi qizil rangdan ochiq havo rangga o’tgunga qadar Trilon B bilan titrlaymiz. Olingan natijalar 1- va 2- jadvallarda berilgan. Shuningdek, olingan natijalarning aniqlik darajasini o’rganish maqsadida kalsiy va magniyning tuzlaridan standart eritmasini tayyorlab, titrlash yuqorida bayon etilgan usulda bajariladi. Natijalar 3-jadvalda keltirilgan bo’lib, absolyut va nisbiy xatolarga yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan nisbatlardan chetlashmagan. XULOSA Bizda titrametrik analiz, xususan kompleks sonometrik tahlil va neytrallash usulini nazariy jihatda o’rganildi. Suvning qattiqligi, uning turmushda, ayniqsa, texnikada va sanoatda keltiradigan zarari, suvning qattiqligini yo’qotishning turli usullari bayon qilingan. Dunyodagi suvlarning yer osti va yer usti zaxiralarining, ularning notekis taqsimlanganligi masalalari ko’rib chiqildi. Inson hayotidagi o’simliklar uchun suvning beqiyos ahamiyati, sanoat ishlab chiqarishdagi uning xomashyo va sovituvchi vosita sifatida roli batafsil yoritilgan. Dengizlar, okeanlar qayta tiklanadigan oziq-ovqatlar manbai ekanligi, ularning mahsuldorligi va kelajakda ular insoniyatni oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan asosiy manba bo’lib qolishi masalalari asoslab berilgan. Yerning chuqur qatlamidagi kalsiy va magniyni miqdori tahlil etiladi. Yer osti va yer usti suvlari tarkibidagi kalsiy va magniyning miqdori analiz natijalari solishtirib, har xil qatlamlardagi miqdorlar farqi tahlil qilindi. “Tahlil natija”si kalsiy va magniyning o’zgaruvchan miqdoriga qarab, xalq xo’jaligining turli sohalarida olingan natijalarni qo’llash imkoniyati yaratildi. Download 276.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling