Davlat va huquq asoslari fanidan


Download 37 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi37 Kb.
#119196
Bog'liq
8-sinf yangi




Davlat va huquq asoslari fanidan TEST

1. Huquq deb nimaga aytiladi?


A) davlat tomonidan o’rnatilgan qoidalarga B) davlat tomonidan himoya qilinadigan qoidalarga D) barcha uchun umummajburiy bo’lgan xulq-atvor qoidalari tizimiga E) barcha javoblar to’g’ri

2. Faqat huquqqa teishli belgi qaysi?


A) shartnoma asosida fuqarolar tomonidan yaratiladi

B) marosim va an’analarni tartibga soladi

D) hamma uchun majburiy bo’ladi

E) ahloq-odob qoidalarini, milliy qadryatlarni mujassamlashtiradi

3. Huquqiy normalar qanday normalar tarkibiga kiradi?
A) ijtimoiy B) tabiiy D) texnikaviy E) rasmiy

4. Javoblar orasidan huquq sohalari to’g’ri keltirilgan qatorni toping.

A) ta’lim olish huquqi B) jinoyat huquqi

D) tabiat huquqi E) mehnat huquqi, fuqarolik huquqi

5. Axloq normalarining tushunchalarini aniqlang.

A) yaxshilik, vijdon, qonun, norma

B) baxt, burch, davlat, qonun, jinoyat va jazo

D) yaxshilik, vijdon, baxt, burch, adolat, sevgi

E) yaxshilik, adolat, qonun, jazo

6. Huquqning asosiy funksiyasi nimalardan iborat.

A) huquqiy jamiyatda huquqiy normalar yaratish huquqning asosiy funksiyasidir

B) huquq jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, u yoki bu subyektlarning faol hulqini ta’minlashdir

D) huquq tarbiyaviy funksiya va muhofaza qilish funksiyasini bajaradi

E) B va D javoblar to’g’ri

7. Huquqiy normalar qaysi belgilari bilan axloqiy normalardan farq qiladi?
A) huquq normalari davlat tomonidan belgilangan, majburiy kuch orqali amalga oshirilishi, yozma shaklda bo’lishi mumkin,axloqqa nisbatan ijyimoiy munosabatlarning torroq doirasini qamrab oladi

B) huquq normalari davlat majburlov kuchi bilan bajarilish belgisi bilan farq qiladi

D) huquq normalari – qonunlar, kodekslar shaklida nomoyon bo’lish belgisi bilan farqlanadi

E) huquqiy normalar jamiyatning barcha sohalarini qamrab olish belgisi bilan farqlanadi

8. Huquqiy norma qanday elementdan iborat?
A) odat, yuridik pretsident, normativ-huquqiy hujjat, xalqaro shartnoma

B) qonun, xalqaro shartnoma, konstitutsiya

D) gipoteza, dispozitsiya, sanksiya

E) odat, gipoteza, sanksiya

9. Quydagilardan qaysi biri huquq?

A) salom berish, kattalarga joy berish, kichiklarni izzat qilish

B) malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, ta’lim olish,

D) tabiatni asrash, ota-onalarga g’amxo’rlik qilish

E) B va D javoblar to’g’ri

10. Sanksiya nima?


A) huquq normasi harakatga kelishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar bayon etiladi

B) huquq normasida huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilab berilishi

D) huquq normalarini bajarmaganlik uchun davlat tomonidan qo’llaniladigan majburlov chorasi

E) huquqbuzarlarning jazodan ozod etilishi yoki uni yengillashtirilishi

11. “Odam o’ldirish qasddan ojiz ahvoldagi, homilasi ayon bo’lgan ayolni, yosh bolani, keksa odamni yoki shafqatsizlarcha odam o’limiga sabab bo’lsa 15 yildan 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosiga tortilishiga sabab bo’ladi” Ushbu huquq normasidagi gipotezani aniqlang.
A) odam o’ldirish B) ojiz ahvoldagi

D) homilasiayon bo’lgan ayolni

E) 15 yildan 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi

12. Konstitutsiyalar asosan qanday huquq normasi tarkibidan iborat bo’ladi?


A) gipoteza B) dispozitsiya D) sanksiya

E) gipoteza va sanksiya

13. O’zbekiston milliy huquq tizimi nechta Kodeksdan iborat?
A) 10 ta B) 15 ta D) 12 ta E) 3 ta

14. Fuqarolik huquq sohasi qanday munosabatlarni tartibga soladi?


A) jamiyat uchun ijtimoiy xavfli, jinoiy ishlarni

B) rahbar va hodim o’rtasidagi mehnatga oid munosabatlarni

D) mulk bilan bog’liq va nomulkiy munosabatlarni

E) barcha javoblar to’g’ri

15. Amaldagi qonunlarimizga ko’ra fuqarolar necha yoshdan to’liq muomala layoqtiga ega bo’ladi?
A) 18 B) 16 D) 17 E) 20

16. Huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan munosabatlar...

A) Ijtimoiy munoosabatlardir B) huquqiy munosabatlardir D) texnikaviy munosabarlardir E) iqtisodiy munosabatlardir

17. Axloq nima?


A) kishining jamiyatdagi xulq фемщкштш tartibga soluvchi talab va qoidalar yig’indisi

B) Huquq normasining tarkibiy qismi D) Huquqning bir turi E) to’g’ri javob

18. Huquqiy norma nima?

A) davlat tomonidan o’rnatiladigan normalar B) davlat tomonidan muhofaza qilinadigan va kafolatlanadigan normalar

D) Barcha uchun umummajburiy bo’lgan qoidalar E) barchasi

19. Fuqarolarning huquqiy layoqati asosan qachon vujudga keladi ?

A) 18 yoshdan B) 14 yoshdan D) tug’ilishi bilan E) 1 yoshdan

20. Fuqarolarning huquqiy layoqati asosan qachon tamom bo’ladi?


A) vafot etgandan keyin B) qamoqqa olingandan keyin D) turmushdan ajrashgandan keyin E) tug’ilishi bian

21. Huquqbuzarlik nima?

A) Jamiyatda o’rnatilgan va qonun asosida belgilangan ijtimoiy yashash qoidalarini buzish

B) qonunlarga xilof harakat qilish D) jinoyat qilish E) ma’muriy huquqbuzarlik qilish

22. Huquqbuzarlik qanday shakllarga bo’linadi?
A) jinoyat, nojo’ya harakat, intizomni buzish B) o’rnatilgan tartiblarni buzish

D) harakat yoki harakatsizlik E) og’irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi

23. O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorining vakolat muddati necha yil?
A) 4 yil B) 5 yil D) 6 yil E) 10yil

24. Yuridik javobgarlik turlarini ayting.

A) jinoiy, ma’muriy, intizomiy, moddiy B) jinoiy, ma’muriy, intizomiy, ahloqiy

D) ma’muriy, jinoiy, moddiy, qamoq E) ma’muriy, jarima, qamoq



25. Jarima bu-aybdor shaxsdan……

A) davlat hisobiga pul undirish B) sud hisobiga pul undirish D) ma’muriyat hisobiga pul undirish E) jabrlanuvchi hisobiga pul undirish.
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling