Davlat va huquq nazariyasi fanidan Yakuniy nazorat ishi


Download 17.89 Kb.
Sana19.06.2020
Hajmi17.89 Kb.
#120260
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi fanidan


Davlat va huquq nazariyasi fanidan

Yakuniy nazorat ishi

A.Bo‘lim. 75- kazus.

Huquq ijodkorligi o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat irodasini qonunga, umummajburiy ahamiyatga molik yuridik ko‘rsatmalarga nisbatan namoyon qilishni nazarda tutadi. Huquq ijodkorligi rivojlanishning hozirgi bosqichida, eng avvalo, referendum yo‘li bilan bevosita mamlakat aholisi tomonidan huquqiy hujjatlarni qabul qilish yohud davlat va boshqa boshqaruv organlari tomonidan huquqiy normalarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlarni nashr etish yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Anglo-sakson davlatlarida sud pretsedenti orqali ham huquq yaratiladi.

Masalani atroflicha muhokama qiling.

Javob.


Ushbu kazusga javob yozar ekanmiz, avvalo,huquq ijodkorligiga ta’rif berib o‘tsak.

Huquq ijodkorligi-vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning (referendum chog‘ida-butun xalqning) huquq normalarini o‘rnatish, o‘zgartirish, takomillashtirish va bekor qilishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyatdir1.

Ushbu qoidadan shuni tushunishimiz mumkinki, huquq ijodkorligiga faqat yangi huquqiy normalar o‘rnatish emas balki, oldin chiqarilgan normativ-huquqiy qoidalarni o‘zgartirish va bekor qilish ham kiradi. Huquq ijodkorligi orqali vujudga keltiriladigan huquq normalari davlat organlarining turli xil rasmiy hujjatlarida aks ettiriladi. Bu hujjatlar esa normativ- huquqiy hujjatlar deyiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni hayotga samarali tatbiq etishning muhim sharti- ularning amal qilish doirasini aniq belgilashdir. Normativ hujjatlarning amal qilish ko‘lami amaliyot uchun bevosita ahamiyat kasb etadi. Bu masala quyidagi to‘rt yo‘nalishni qamrab oladi.

1.Harakatlanish mavzusi ya’ni ushbu hujjatning qanday ijtimoiy munosabatlarga tatbiq etilishi.

2.Vaqt bo‘yicha amal qilishi.

3.Hududlarda amal qilishi.

4.Shaxslarga nisbatan amal qilishi.

Normativ-huquqiy hujjatlar turli mazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, ma’muriy qonunchilik sohasidagi normativ hujjatlar davlat boshqaruvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi, fuqaroviy qonunchilik hujjatlari mulkiy va mulkiy bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Bu sohalarga oid hujjatlarning hech biri o‘zgasining mavzusiga, ko‘lamiga oid munosabatlarni tartibga sola olmaydi.

Ba’zi normativ-huquqiy hujjatlar matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Bu haqida tegishli ko‘rsatma qonunni kuchga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan bo‘ladi. Amaliyotda qonunchilik hujjatlarini bosqichma-bosqich qabul qilib, shu zayilda kuchga kiritish hollari ham uchrab turadi. Masalan, farmonlar matnida shunday qoidalar uchraydi: “Farmon imzzolangan vaqtdan kuchga kiritilsin”, “Farmon matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin”. Kuchga kiritishning bunday shakllari boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga ham xos.

Referendumda qabul qilingan qonunni e’lon qilish va kuchga kiritish tartibi “Referendum to‘g‘risidagi” qonunda belgilab qo‘yilgan.

Referendum natijalarini referendum o‘tkazuvchi Markaziy Komissiya ovoz berish tugagandan keyin o’n kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalari orqali O‘zbekiston Respublikasining aholisiga ma’lum qilinadi. Referendum o‘tkazuvchi Markaziy Komissiyaning qarorlari ustidan bu qarorlar qabul qilingan kundan boshlab bir hafta ichida O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.

Huquq ijodkorligining mohiyati davlat irodasini ifodalash va rasmiylashtirishdan iborat. Ya’ni davlat tashkiliy kuch bo‘lsa, huquq yuridik qoida shakliga kirgan iroda hisoblanadi.

Huquq ijodkorligining mazmuni ikki toifadan iborat: birinchidan, huquq ijod etuvchi organlarning normativ hujjat loyihasini tayyorlash bo‘yicha harakatlari. Ya’ni, loyihani ishlab chiqish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish, uni tayyorlash, loyihani muhokama qilish, hujjatni manfaatdor idoralar bilan kelishib, qo‘shimcha ishlov berishdan iborat. Ikkinchidan, bu jarayonga normativ hujjatni chiqarish, huquqiy hujjat loyihasini huquqni ijod etuvchi organ muhokamasiga kiritish, huquq ijod etuvchi organ tomonidan loyihani muhokama etish, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish va e’lon qilish.

Shuni ham aytib o‘tishimiz joizki, huquq ijod etishning ushbu bosqichlari ba’zan birlashib ketishi, ba’zan esa yangi xatti-harakatlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Masalan, Prezident farmon chiqarganda aytib o‘tilgan bosqichlarni birlashtirib, o‘zi bajaradi. Ayrim hollarda esa yuqoridagi bosqichlardan tashqari, loyiha yuzasidan mutaxassislarning xulosasini olinadi, uni ekspertizadan o‘tkaziladi va loyihani keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

B.bo‘lim. 85-savol.

Huquqiy tartibga solish samaradorligi va uni ta’minlash asoslarini atroflicha yoritib bering.

Javob.


Bu savolga quyidagicha javob yozamiz. Avvalo huquqiy tartibga solish nima ekanligini bilib olishimiz lozim. “Huquqiy tartibga solish- ijtimoiy munosabatlarga huquq yordamida ularni umummajburiy, normativ tarzda tartibga solish maqsadida ta’sir etish jarayonidir2. Huquqiy tartibga solishning muhim xususiyati, u ijtimoiy munosabat

B.bo‘lim. 2-savol.

Qonun hujjatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar va ularni hal etish yo‘llarini atroflicha yoritib bering.

Javob.




1 X.T.Odilqoriyev. Davlat va huquq nazariyasi 215-bet.

2 X.T.Odilqoriyev. Davlat va huquq nazariyasi 413-bet.

Download 17.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling