Davlat va huquq nazariyasi Kazus 3


Download 14.73 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2023
Hajmi14.73 Kb.
#1095416
1   2
Bog'liq
Yodgorjonova Hilola

Savollar:

1. Davlatning ta’lim funksiyasi to‘g‘risida o‘z fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing.


Ta’lim masalasining qaysi qismi davlat ixtiyorida qolishi kerak?


2. Ta’limni boshqaruvchi davlat mexanizmi qismi to‘g‘risida ma’lumot


bering.

3. Kazusda xususiy huquqiy munosabatlar o‘rin olganmi? Agar, bo‘lmasa,

qanday munosabatlar o‘rin olgan?


4. Kazus mazmunidan kelib chiqib, majlisda qabul qilingan qarorlarning


huquqiy asoslarini keltirishga harakat qiling.


5. Insonning ta’lim olish huquqi kelib chiqishi asosini tushuntirib bering.




Javoblar:



  1. Davlat funksiyalari- bu davlatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy (bosh) yo'nalishlaridir. Davlat funksiyalari faoliyati doirasi boʻyicha ichki va tashqi funksiyalari boʻlinadi. Davlatning ta'lim funksiyasi uning ichki funksiyasiga kiradi. Davlatning asosiy ichki funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

a) iqtisodiy b)ijtimoiy c) siyosiy d) huquq-tartibotni ta'minlash e) tinchlikni taʼminlash f) ekologik va boshqa funksiyalar. Davlatning ta'lim funksiyasi uning huquq tartibotni ta'minlash funksiyasiga kiradi. Huquq-tartibotni muhofaza qilish funksiyasi-davlatning jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash, inson va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabilarga qaratilgan. Ta'lim tizimida davlat imtiyozlar va afzalliklar berish funksiyasini doimiy ixtiyorida saqlashi kerak. Shuningdek, pedagoglarning bilim va koʻnikmalarini hisobga olgan holda ularga ham bir qancha imkoniyatlar yaratib berish davlatning ixtiyorida qolishi kerak.

2. Davlat mexanizmi turli tuzilmalardan iborat boʻlib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: davlat apparati va davlat tashkilotlari. Davlat mexanizmining barcha boʻgʻinlari xalq manfaati uchun xizmat qiladi, uning irodasini ifoda etadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Davlat mexanizmiga kiruvchi bu tarkibiy qismlar o’z a'zolarini – ya'ni fuqarolarning huquq va burchlarini amalga oshiradi va kafolatlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga binoan Har kim bilim olish huquqiga ega. Davlat mexanizmi tarkibiga fuqarolarning ta'limni boshqaruvchi mexanizm ham kiradi.


3. Xususiy huquq- bu alohida shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) ehtiyojini qondirish va manfaatini himoya qilishga qaratilgan huquq sohalari. Masalan, fuqarolik, oila, mehnat huquqi va boshqalar. Xususiy huquq davlat qatnashmaydigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquqiy munosabatlar -shaxslar o'rtasidagi yuridik aloqa bo'lib, bu ularning oʻzaro huquq va majburiyatlariga ifodalanadi. O'zaro huquq va burchlarsiz huquqiy munosabatlar vujudga kelmaydi. Ushbu kazusda xususiy huquqiy munosabat emas, balki ommaviy huquqiy munosabat o'rin olgan. Ommaviy huquq-bu umumiy ommaviy va davlat manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan huquq sohalaridir. Masalan, konstitutsiyaviy, jinoiy, ma'muriy huquq va boshqalar. Davlat tomonidan berilgan bu huquq va imtiyozlar ommaviy huquqiy munosabatlarga kiradi.


4.Konstitutsiyamizning 18-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.


Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo'lishi shart.


Aynan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganidek imtiyozlar ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shart. Ushbu qarorga binoan oliygohlar uchun belgilangan ta'lim krediti endi texnikumlar uchun ham tashkil qilinadi. Shuningdek texnikumdagi malakali pedagoglarning oyliklari oliygohlarniki kabi bo'lishi ham belgilandi.


5. Inson huquqi — shaxsning hayotiy ehtiyoji, yashashi, komil topishi uning jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan aloqasi uchun zarur boʻlgan xususiyatlari. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga binoan bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. İnsonning taʼlim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir. İslom dinida ham ta'lim , bilim olish foydali ekanligi taʼkidlab oʻtilgan. Ta'lim olish huquqining vujudga kelish asosi boʻlib SSSR davrida ham undan oldin ham bu sohada mukammal ishlar olib borilmaganligi, bilimli insonlarning surgun qilinishini aytishimiz mumkin. O'tkir fikrlovchi shaxslarning jamiyatga zarar keltirishi to'g'risidagi noo'rin gaplar davlatning susayishiga, jamiyatning bilimsizligiga olib kelgan. Shu sababli ham davlatning rivojlanishi uchun eng avvalo taʼlim tizimi kuchli bo'lishi kerak. Ta'lim olish huquqi barcha uchun kafolatlanishi bu yoʻlda eng birinchi va asosiy qadam bo'lib xizmat qilmoqda.




Foydalanilgan adabiyotlar: Davlat va huquq nazariyasi Sh.A.Saydullayev b.56-67, 82-83, 182-187
Download 14.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling