Davlat va huquq nazariyasi


Huquqning kelib chiqish tarixi va asosiy sabablari


Download 327.12 Kb.
bet6/7
Sana03.02.2023
Hajmi327.12 Kb.
#1149303
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi

2.2.Huquqning kelib chiqish tarixi va asosiy sabablari.
Neolit inqilobi insoniyat tarixini, uning taraqqiyotini ikki usulga — о`zlashtiruvchi va ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotga bо`linishining chegarasigina emas, balki murakkabligi jihatdan davlatdan qolishmaydigan sotsial institut bо`lmish huquqning kelib chiqishini о`rganish uchun ham muhim metodologik asosdir.
Agar davlatning kelib chiqishi jarayonini о`rganishda ibtidoiy jamiyatdagi tashkiliy va sotsial tuzilmalarni о`rganishga asosiy e`tibor bsrilgan bо`lsa, huquqning kelib chiqishini о`rganishda ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish usullariga e`tibor berish lozim.
Shu munosabat bilan bir necha tabiiy savollar tug`iladi. Inson va uning turli uyushmalari ypyg`, jamoa, aymoq va shunga о`xshashlarning hatti-harakatlarini nima belgilab bergan, qanday k;ilib ta`minlagan? Huquq eng qudratli sotsial tartibga solish vositasining biri bо`lganmi yoki u kishilik jamiyati taraqqiyotining ma`lum bosqichida kelib chiqqanmi? Davlat kelib chiqqunga qadar va davlat tashkil topgandan keyingi jamiyatlardagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tizimi bir-biridan nima bilan farqlanadi?
Huquqning kelib chiqish sabablari va mohiyatini hal qilish davlat va huquq nazariyasining eng asosiy masalalaridandir.
Sovet davrida chiqqan davlat va huquq nazariyasiga oid darsliklarda hukukning kelib chiqishi masalasi davlatning paydo bо`lishi bilan bog`liq ravishda kо`rib chiqilgan. Bunda sinfiy hamiyat a`zolari hatti-harakatini, xususiy mulkni himoya qilishni, sinfiy hukmronlikni, ekspluatatsiyani tartibga solishii о`rganishda asosiy e`tibor majburlash, zо`rlik imkoniyatiga qaratilardi. Huquqning jamiyatning yangi holatini qо`llab-qо`vvatlash tizimi sifatidagi umumijtimoiy ahmiyatiga, umuminsoniy qadriyat sifatidagi jihatlariga yetarlicha e`tibor berilmasdi.
Bunday о`ta sinfiy yondashuv jamiyat hayotidagi zо`rlikning о`rni bilan, davlatning sinfiy zо`ravonlik mashinasi, huquq esa uning quroli, tayanchi, zо`rlikning shakli deb tushunadigan markscha-lenincha tasavvur bilan bog`liq. Hozirgi zamon huquqshunoslik fani umumlashtirgan yangi tarixiy ma`lumotlar huquqning paydo bо`lishidagi muhim tomonlarni e`tiborga olishni taqozo etadi. Bu ma`lumotlar insonning hatti-harakatlarini ilk sinfiy jamiyatda tartibga solish ibtidoiy jamiyatdagi tartibga solishdan nafaqat mazmuni va tartibga solish usuli bilan, balki boshqa bir qator muhim jihatlari bilan ham farq qilib turishidan guvoxlik beradi.
Miloddan avval IV-III minginchi yillarda ijtimoiy tartibga solish tizimida yangi element — dehqonchilik jamiyatida ishlab chiqarish faoliyatini yozma normalarda aniq belgilab qо`yish paydo bо`lgan.
Normativ dehqon taqvimlarining paydo bо`lishi normalarni yangicha qayd etish, ularning yangicha ifoda etilishi edi. Miloddan avvalgi IV-III ming yillarda Mesopotamiya, Misr, Hindistondagi dehqonchilik jamiyatlarining taqvimlarida huquq paydo bо`la boshlagan.
Shahar-davlatlar rivojlanishining keyingi bosqichlarida ta`qiqlovchi, ijozat beruvchi, pozitiv majburlash tizimini ifodalaydigan, barcha tartibga soluvchi tizimning axborotini umumiy, dunyoviy shaklga о`tkazgan yozma manbalar kelib chiqqan. Lekin bu manbalar avvalgidek diniy-e`tikrd bilan bog`lanishni saklagan edi. Shu bosqichda qonunlar, kodekslar, qonunlar tuplami, qonunlarni, sud tajribasini sistemalashtirish kelib chiqqan. Bizga ma`lum ilk qonunlar tо`plami — podsho Ur-Nammu (Shumer davlatida) miloddan avvalgi III ming yillikda qabul qilgan qonunlar edi.
Bizgacha yetib kelgan ilk sinfiy jamiyatning qonunlari birinchi davlatlarning tuzilishini ifodalaydi. Ular birinchi siyosiy uyushgan jamiyat hayotining hamma tomonlaridagi voqelikdan ancha uzoq edi.
Huquq rivojlanishining dastlabki bosqichlarida «ijobiy» qonunlar paydo bо`lgan. Ular xalq ommasining kurashini cheklab turgan ekspluatatsiyani kuchaytirishga yо`naltirilgan huquqni tashkil qilgan. Bunday kurash eng qadimiy huquqiy hujjatlar — Xammurappi qonunlarida, Salon islohotlarida, XII jadval qonunlarida о`z ifodasini topgan.
Huquq paydo bо`lishi bilanoq umumijtimoiy funksiyani bajarish bilan birga, normativ sinfiy tartibga solish (hukmron sinf nuqtai nazaridan turib ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish) vazifasini ham bajargan.
Ilk sinfiy jamiyatda protseduralar tartib qoidalar ta`minlash shakllari sifatida yangi xususiyatga ega edi. Avvaliga ilk sinfiy jamiyatning normalarini sotsial nazorat qilish yangi usullari tashkil topgan. Ibtidoiy jamiyatda jamoa, guruhlar, jamoa oqsoqollari shunday nazoratchi sifatida ishtirok etardi. Ilk sinfiy jamiyatda esa ularning о`rnini maxsus tayinlangan mansabdor shaxslar (masalan: ja-moachi — dexkrnlarning ishga chikishini hisobga oluvchi, mehnatini tashkil qiluvchi hisobchilar), maxsus tuzilgan davlat institutlari — politsiya, armiya egallagan. О`zaro nizolarni hal qilish uchun maxsus davlat organi — sud tashkil qilingan. Shuningdek, qonunlarni tatbiq qilish, tartibbuzarlarni jazolash uchun undan foydalangandar.
U yoki bu bitimlarni, vakolatnomalarni va boshqa protsedura hujjatlarini tasdiqlashni kasb qilib olgan shaxslar paydo bulgan. Endi-likda davlat shartnoma munosabatlariga aralasha boshlagan. Shu asnoda ilk sinfiy jamiyatning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tizimi protsedura tomonidan rasmiylashtirilgan institusiyaviy xarakter kasb eta boshlagan. Ilk sinfiy jamiyatlarda odat huquqiga о`sib о`tgan odatlar ham bо`lgan. Bu odatlarni davlat apparati jumladan sud e`tirof etgan va himoya qilgan.
Odat huquqining uziga xos protsedura tomonlari bor. Unda о`tmish sarqitlarining shakllari hali kuchli saqlangan. U etnik marosimlar, ramzlar, sud jarayoni tartiblari, din, axloq aqidalaridan, hatto folklordan hali tо`liq ajralmagan. Ilk sinfiy jamiyatdan tо`liq ma`nodagi jamiyatga (Osiyo ishlab-chiqarish usulidagi, Yevropa tipidagi quldorlik, feodal davlatlari) о`tish bilan odat huquqi pretsedentga о`rnini bо`shata boshlagan. Lekin huquqiy pretsedent ham mahalliy sharoitni, sinfiy о`ziga xoslikni hisobga olgan. Faqat statut huquqi (qonunlar) asta-sekin odat va pretsedent huquqini tо`ldirib, uni siqib chiqara boshlagan.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning bunday tizimi boshqacha yondashuvni va ahloq qoidalarini о`rnatishni, aholini xabardor qilishning yangi usullarini talab qilgan. Masalan, adolatli narx-navoni belgilovchi Xammu-rappi qonunlari toshlarga о`yib yozilgan va ular bozorga yaqin joyga о`rnatilgan.
Shuningdek, sanksiyalar ham avvalgi bosqichda qо`llanilgan tadbirlardan mutlaqo farq qilgan. Ilk sinfiy huquqda ular о`sib kelayotgan mulkiy va ijtimoiy tengsizlikka xizmat qila boshlagan. Bu holat ijtimoiy jihatdan yuqori turuvchilarning mulkini himoya qiluvchi sanksiyalarning keskin kuchayishida, shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun beriladigan jazolarni shaxsning mavqeiga qarab (erkin shaxs, qul, erkak, ayol, bolalar) belgilashda, imtiyozlarning qonunlashtirilishida ifodalangan. Bibliyada, masalan, «kimdir biror shaxsni urganda u vafot etsa, о`limga hukm qilinsin. Agar, u о`z qulini yoki xizmatkorini tayoq bilan urganda ular qazo qilsa, bunday shaxs jazolanishi lozim» — deb kо`rsatilgan.
Jazolarning bunday tabaqalanishi ilk sinfiy jamiyatlarda keng tarqalgan. Sotsiologiya fani ma`lumotlariga qaraganda, ilk huquq, uchun quyidagi holat xosdir: ilk sinfiy jamoaning undan yettisida bir xildagi jinoyat uchun oddiy jamoa a`zolari yuqori tabaqa vakillariga nisbatan qattiqroq jazolangan, bittasida barobar va faqat ikkitasida — masala aksincha hal qilingan. Ilk huquq, sanksiyalari — mulkiy jarima, pul jarimalari, tan jarohati, о`lim jazosi qat`iy о`rnatila boshlagan.
Yurish-turish qoidalari ya`ni normalar aniq mantiliy tuzilishga ega bо`la boshlagan. Sanksiyalar diniy elementlardan xolis bо`la boshlagan. Bunda boshqacha sanksiyalar koxinlar va din xizmatchilari tomonidan emas, balki davlat tomonidan, uning maxsus apparati tomonidan qо`llangan. Shart (gipoteza) ni, qoidaning о`zi (dispozitsiya) ni va oqibat (sanksiya)ni bir normada berish (normativ) tartibga solish tizimining rivojlanishida, huquq о`rnatilishida muhim bosqich hisoblanadi.
Huquqning mazmuni, uni qо`llash usullari ifodalash shakllari, jarayoni, ta`minlash usullar, hamda yangi huquq normalari haqida axborot berish tizimi haqidagi holatlarni hisobga olish bilan о`zlashtiruvchi jamiyatning sotsial normalari о`rtasidagi farqlarni, jamiyatda huquq va boshqa regulyatorlar о`rtasidagi farqlarni aniqlab olish mumkin.
Shunday qilib, huquq — ilk sinfiy jamiyat tashkil topayotgan bosqichdagi ishlab chiqaruvchi xо`jalikni, erkin jamoachi dehqonlar va hunarmandlar mehnatini tartibga soluvchi normativ usul sifatida vujudga kelgan. Huquqning kelib chiqishi qishlok, xо`jalik mehnati jarayonini va uning natijalarini tatssimlashni tartibga soluvchi maxsus qoidalarning tashkil topishi bilan bog`liqdir. Bu qoidalar dehqon taqvimlari shaklida maxsus belgilangan. Shu bilan birga bu normalar haqida axborot beruvchi, ularning ijrosini nazorat qiluvchi mustaqil tizim ham rivojlanib borgan.
Shahar-davlatlarning, sinflarning kelib chiqishi jarayonida huquq shahar-davlatlarning funkpiyalarini ta`minlash usuli edi. Dehqonchilik jamoalarining tabaqalanishi, sinfiy jamiyatning rivojlanishi, xususiy mulk va pul tovar munosabatlarining kelib chiqishi bilan huquq aniq sinfiy harakterga ega bо`la boshlagan. Endi u sotsial guruhlarning iqtisodiy va boshqa manfaatlariga xizmat kila boshlagan. Bu mulkni himoya qiluvchi sanksiyalarni kuchaytirish orqali amalga oshirilgan.


Xulosa


Xulosa shuki, davlat o‘ta murakkab, ko‘p qatlamli ijtimoiy tuzulma, sistemadir. U kishilarning oddiy jamlamasi emas, balki umumiy ehtiyoj uchun moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, mahsulotlarni taqsimlash va ayirboshlash, iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan turli tuman mulkiy, iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy, huquqiy, oilaviy aloqalar, ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Demak, jamiyat – insonlarning oila, tabaqa, guruhlar o‘rtasidagi murakkab, jo‘shqin aloqalar, ijtimoiy ahamiyatga molik munosabatlar tizimi. Jamiyat odamlarning shunday uyushmasiki, unda irsiy qonunlar emas, balki ijtimoiy qonunlar hukmronlik qiladi.
Falsafiy lug‘atlar talqiniga ko‘ra, jamiyat odamlar o‘rtasida vujudga keladigan axloqiy, diniy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning, tarixan qaror topgan oila, axloq, din, davlat va shu kabi ijtimoiy institutlarning majmuasidir. Jamiyat hayotining barcha yuqorida sanalgan sohalari bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ularni boshqarish va rivojlantirishda davlat, partiyalar, turli jamoat tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqaruv organlari muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatning axloqiy-ma’naviy salohiyati, ijtimoiy-huquqiy saviyasiga muvofiq ravishda siyosiy boshqarish usuli shakllanadi va faoliyat yuritadi.
Umume’tirof etilgan ta’rifga ko‘ra, jamiyat – ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy munosabatlar mahsuli (mujmui). Uni bunday tahlil etish, birinchidan, unga tarixiy jihatdan yondashish (jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini farqlash);
ikkinchidan, ijtimoiy hayot asosiy sohalarining o‘ziga xos (iqtisodiy, ma’naviy) xususiyatlarini aniqlash, uchinchidan, ijtimoiy munosabatlar subyektlari (shaxs, oila, millat, davlat, sinflar va boshqalar)ning nomlarini ta’kidlash imkonini beradi. Demak, jamiyat insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, hamkorlik, ijtimoiy munosabatlar tizimi, umumiy turmush kechirishning muayyan tashkillashgan tarzi bo‘lib, uning mohiyati odamlar, ularning uyushmalari, birliklari o‘rtasidagi iqtisodiy, axloqiy, siyosiy, madaniy va boshqa turli-tuman munosabatlar mazmunidan iborat.
Davlat jamiyatdan ajralib chiqadigan uning bir bo‘lagi bo‘lib, jamiyatni boshqarish bilan mashg‘ul bo‘ladi. «Jamiyat va davlat nisbatini tavsiflagan holda aytish mumkinki, tarixiy ma’noda davlat paydo bo‘lishi bilan jamiyat bamisoli ikki qismga – davlat va boshqa, ya’ni nodavlat sohaga ajralgandek bo‘ladi, aynan shu ikkinchi qismni fuqarolik jamiyati deb atamoq lozim. Davlatni tarkib toptiruvchi jamiyatda, bir tomondan, davlat, ikkinchi tomondan, fuqarolik jamiyati ajralib tursa, davlat va jamiyat nisbati masalasi, aslida fuqarolik jamiyati va uning siyosiy hokimiyati nisbati muammosiga aylanadi».
Jamiyat o‘z hayotini turli-tuman ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy institutlar faoliyatisiz tashkil etolmaydi. Bunday tashkilot (institut) va uyushmalarning mavjudligi ijtimoiy munosabatlar turiga va umuman tizimiga barqarorlik baxsh etadi. Masalan, davlat jamiyatning muhim siyosiy instituti bo‘lib, asosan, siyosiy-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, zarur vaziyatlarda iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat paydo bo‘lgunga qadar, ya’ni ibtidoiy jamiyatda ham o‘ziga xos institutlar, tashkiliy tuzilmalar bo‘lgan. Xususan, urug‘, qabila; ular tarkibida boshqaruv funksiyasini bajaruvchi ijtimoiy hokimiyat institutlari bo‘lgan (urug‘ yoki qabila oqsoqoli, jamoaning umumiy yig‘ini va huquqk.). Jamiyat muayyan hokimiyatsiz boshqarilishi mumkin emas. Ijtimoiy hokimiyat shunday uyushgan (tashkillashgan) kuchki, u o‘z irodasiga o‘zgalarning, ya’ni urug‘, ijtimoiy guruh, jamoa ahlining irodasini bo‘ysundiradi. Iroda har qanday ijtimoiy hokimiyatning mag‘zini, markaziy elementini tashkil etadi. Hokimiyat munosabatlarida bir tomonda – hukmron, ustun iroda, ikkinchi tomonda – bo‘ysunuvchi, tobe iroda mavjud bo‘ladi.
Jamiyatni faqat iroda kuchi bilan birlashtirib, yo‘naltirib bo‘lmaydi. Kishilarni bir jamoaga, guruhga, qolaversa, yaxlit bir butun jamiyatga birlashishiga sabab bo‘luvchi omil – bu yagona maqsad va manfaatdir. Aynan manfaatlar umumiyligi, ehtiyojlar mushtarakligi kishilarni bir jamiyat bo‘lib maydonga chiqishini va birgalikda turmush kechirishini ta’minlaydi.


Download 327.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling