Davlat va huquq nzariyasi
Download 21.8 Kb.
|
DHN 2
Davlat va huquq nzariyasi 2. Kazus Davlatning o‘ziga xos xususiyatlari davlatlarni boshqa siyosiy tashkilotlardan yoki davlat maqomiga yaqin bo‘lgan boshqa tashkilotlardan farqlash imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, shuni ta'kidlash kerakki, har bir suveren davlat, davlat belgilaridan tashqari, davlat ramzlariga ega - qurol-yarog ', bayroq, gimn. Ammo ayrim olimlarning fikricha, ushbu belgilardan tashqari, majburiy xususiyatga xalqaro hamjamiyatning toʻliq aʼzosi hisoblanishi uchun davlatning boshqa davlatlar tomonidan tan olinishidir. Davlat belgilari va ramzlari toʻgʻrisida tushuncha asosida ushbu holatga huquqiy baho bering. Davlatning asosiy va qo‘shimcha xususiyatlarini ochib bering. Ushbu kazusni yechishdan avval, mazkur kasuzda qanday masalalarni yechishimizni ajratib olishdan boshlasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, birinchi o‘rinda, davlat tushunchasiga ta`rif beramiz, ikkinchi o‘rinda davlat belgilariga to‘xtalmiz, uchinchi o‘rinda davlat ramzlari haqida so‘z yuritamiz, to‘rtinchi o‘rinda davlat belgilar va davlat ramzlari toʻgʻrisida tushuncha asosida yuqoridagi holatga huquqiy baho beramiz, beshinchi o‘rinda esa davlatning asosiy hamda qo‘shimcha xususiyatlarini keltirib o‘tamiz. Endi yuqoridagi qisman reja asosida kazusni yechishni boshlaymiz. Eng birinchi navbatda “davlat” tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsam, davlat bu majburlov aparatiga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot. Turli olimlar soha vakillarining fikrlari turli xil bo‘lishi davlatga ta’rif boshqa so‘zlar bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin, lekin asosiy mazmun yuqoridagi ta’rif sanaladi. Xususan qadimgi rim faylasufi Mark Tulliy Sitseron “Davlat-bu umumiy huquqiy tartibotdir; davlat-bu xalqning ish faoliyati, xalqqa munosib ishdir”. 1 Rim faylasufi Sitseron xalq deganda kishilarning har qanday jamoasini emas, balki ko‘pchilikning huquq tartibot masalalaridagi o‘zaro kelishuvi va manfaatlar umumiyligi asosidagi birlashuvi sanaladi. Davlat juda keng tushuncha bo‘lgani bois, uning ta’rifi ko‘p va turli xil. Shuningdek, davlat belgilari haqida so‘z ketganda ham olimlarning fikrlari turli xil. Ba’zi olimlarning fikr mulohazalari ba’zan kesishadi, ya’ni umumiy bir xillik mavjud bo‘ladi. Endi bevosita davlat belgilari haqida so‘z yuritamiz. Fredrix Engels Davlatning sosiy belgilari sifatida belgilari sifatida aholining hududiy bo‘linishi, ommaviy-siyosiy hokimiyat hamda soliqlr tizimini joriy etilishini ko‘rsatib o‘tgan. 2 Men Engelsning fikrini yoqlamayman. Chunki davlatning asosiy belgilari sifatida birinchi navbatda aholining hududiy birlashganligi, boshqaruv apparatining mavjudligi, huquq tizimining mavjudligi, soliq tizimiga egaligi, suverenitetga egaligi sanaladi. 1 Цицерон М.Т. О государстве // Мухаев Р.Т. Хрестоматия по теории государства и права, политологии, истории политических и правовых учений. – М., 2000. – С.74. Z.M.Islomov esa o‘zining asarlarida davlatning umume’tirof etilgan belgilari sifatida quyidagilarni sanab o‘tadi: -fuqarolik; -suveren hokimiyat; -yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar; -davlat funksiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan moddiy vositalar; -mamlakatda qonuniylik va huquqiy-tartibotni o‘rnatuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar(sud, prokuratura, politsiya va boshqalar); -hududiy yaxlitlikni ta’minlovchi qurolli kuchlarni sanab o‘tadi.[3] Endigi navbatda davlatning belgilariga bevosita birma-bir to‘xtalib o‘tamiz. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek davlatning asosiy belgilaridan birinchisi- bu aholining hududiy birlashganligidir. Aholining hududiy birlashganligi- davlat hududi haqida so‘z borganda, suv, quruqlik, havo hamda yer ostini ham qamrab oladi. Hozirgi zamonaviy huquqshunoslik fanida davlat hududi tushunchasi uning bevosita suverenitetini amalga oshiriladigan doirasini ifodalaydi. Davlatning ikkinchi asosiy belgisi sifatida boshqaruv apparatining mavjudligini ko‘rib chiqamiz. Har bir davlat borki u tarixan paydo bo‘lgan, rivojlanadi, o‘z istiqboli tomon harakatda bo‘ladi. Davlatning o‘z oldiga qo‘ygan muayyan maqsadlariga erishishi uchun albatta boshqaruv mexanizmi kerak bo‘ladi. Masalan, yaqin kunlarda yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan turli jamoaviy musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqalarda jamoadagi har bir talaba o‘zi alohida o‘z xohishiga ko‘ra tayyorgarlik ko‘radigan bo‘lsa, butun jamoada umumiy maqsad yo‘lida birlashish o‘rniga parokandalik yuzaga keladi hamda mag‘lubiyat tomon yetaklaydi. Davlat boshqaruvi bo‘lmasa, har bir jamiyatda yuqoridagi kabi rivojlanish bo‘lmaydi. Davlat boshqaruvini jamiyatdagi maxsus davlat xizmatchilari amalga oshiradi. Davlat boshqaruvining boshqa jamiyat tuzilmlaridan farqi shundaki, davlat boshqaruvi-qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis: Senat va Qonunchilik palatalari), ijro etuvchi (Vazirlar Mahkamasi) hamda sud (Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud) hokimiyatidan iborat bo‘ladi. Davlat hududi hamda boshqaruvi bo‘lganidan keyin tabiiy ravishda ushbu boshqaruvni amalga oshirish uchun qonun-qoidalar, normalar ya’ni huquq tizimi kerak bo‘ladi. Davlat o‘z boshqaruvini qonuniy tashkil etadi va amalga oshiradi. Huquqsiz davlat paydo bo‘la olmaydi. Davlat boshqaruvi huquqiy bo‘lmasa, jamiyat zo‘ravonlik bilan boshqariladi, ushbu vaziyatda inson va fuqarolarning huquq-erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetadi. 2 Davlat va huquq nazariyasi: Darslik/ X.T.Odilqoriyev, I.I.Tulteev va boshq.; professor X.T.Odilqoriyev tahriri ostida. – Toshkent.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2009. – 582-b.{70-bet ikkinchi sarlavha} 3 Islomov.Z.M Davlat va huquq nazariyasi Toshkent., 2007, 180-181-b; Davlat va huquq nazariyasi // professorlar X.B. Boboyev va H.T. Odilqoriyevlarning umumiy tahririda. Toshkent., 2000. 76-b. ) Soliq tizimi- faqatgina davlat qonuniy soliqlarni yig‘ish huquqiga ega hisoblanadi. Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlarni to‘lashga majburdirlar. Har qanday sohaning rivojlanishi moliyaviy bazaga borib taqaladi. Davlatdgi soliq tizimi asosida davlat organlari faoliyati, , ekologiya, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot hamda boshqa turdagi ijtimoiy sohalar moliyalashtiriladi. Davlat belgilarining ohirgisi lekin asosiylaridan biri sirasiga kiradigan davlat suverenitetidir. Davlat suvereniteti- davlat hokimiyatining xususiyati sifatida uning mustaqilligi hamda ustuvorligini ta’minlaydi, aniqroq aytadigan bo‘lsam davlat suvereniteti-ma’lum bir hududni oliy hokimiyatga egaligi, ya’ni davlatning ichki siyosati hamda xalqaro munosabatlarda ham to‘la huquqli subyekt bo‘la olishi mustaqilligidir. Har bir davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z davlat ramzlarini qabul qiladi. Davlat ramzlar- bayroq, gerb, madhiya hamda pul birligidan (milliy valyuta) iborat bo‘lishi mumkin. Davlat ramzlari - ma’lum bir davlatning milliy suverenitetini ifodalaydigan, tarixan qaror topgan ya’ni unda bevosita xalq yohud millatning qadriyatlari, an’analari, hayoti, ruhiyatidagi eng muhim belgilari sanaladi. “O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari- bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.” ( O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-moddasi). Davlat ramzlari bo‘yicha qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib hisoblanadi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi (Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning X sessiyasida qabul qilingan), O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi (Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan), O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi (Qonun 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning XI sessiyasida qabul qilingan) Qonunlar qabul qilingan. Mening fikrimcha davlat ramzlari qatoriga milliy valyutamiz ya’ni pul birligimiz bo‘lmish “so‘m”ni ham kiritsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki pul birigimizni davlat ramzlari qatoriga kiritilish natijasida milliy valyutamiz qadrlanishi yana bir pag‘onaga ko‘tariladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pul birligiga huddi maxsus ishlab chiqarilgan savdo qilish vositasi bir qog‘oz sifatida qarash shakllangan. Hech bir chet davlatlari o‘z valyutasini bizning yurtdoshlarimiz kabi yirtib, g‘ijimlab, ustilariga rasmlar chizib, yozib tashlamaydi. Bu o‘z navbatida o‘z milliy pul birligiga bo‘lgan behurmatlikni ifoda etadi. Download 21.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling