Davlat va jamiyat hayotini barcha sohalarini liberallashtirish isloh qilish va modernizatsiyalashda davlat va huquq nazariyasi fanining roli
Download 73.11 Kb.
|
1 2
Bog'liqDAVLAT VA JAMIYAT HAYOTINI BARCHA SOHALARINI LIBERALLASHTIRISH ISLOH QILISH VA MODERNIZATSIYALASHDA DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING ROLI
DAVLAT VA JAMIYAT HAYOTINI BARCHA SOHALARINI LIBERALLASHTIRISH ISLOH QILISH VA MODERNIZATSIYALASHDA DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING ROLI Jamiyat haqida tushuncha Davlat haqida tushuncha Davlat va jamiyat hayotini liberallashtirish Jamiyat, jamiyat va inson, jamiyat va davlat masalalari qadim zamonlardan ilm ahli tomonidan o`rganib kelinayotgan masalalardir. Arastu (Aristotel), Forobiy kabi mutafakkirlar asarlarida inson, davlat va jamiyatning bir-biriga bo`lgan munosabati bayon qilingan. Ularning hammasi to`g`risida to`xtalib o`tishning zaruriyati yo`q, deb o`ylaymiz. Biz ham, ta`bir joiz bo`lsa, o`zimizning ana shu o`ta murakkab masalalar xususida xulosalarimizni, tushunchalarimizni keltiramiz. Birinchidan, jamiyat - odamlar o`rtasida sodir bo`ladigan ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Ikkinchidan, odamlarni jamoaga birlashtirgan bir butun organi zm bo`lib, uning mohiyati iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy kabi ijtimoiy aloqalar munosabatlarda namoyon bo`ladi. Uchinchidan, insonlarni birlashitirgan jamiyat murakkab, tobora takomillashib boradigan oilaviy, milliy, sinfiy, ayrim guruhlar o`rtasidagi munosabatlar, manfaatlar asosida quriladi. Jamiyat tabiiy qonunlar va inson tomonidan qabul qilingan qonunlar asosida tashkil topadi va idora qilinadi. Jamiyat ilmiy adabiyotlarda ko`p jihatdan ijtimoiy munosabatlar tizimi nuqtai nazaridan o`rganiladi, uning negizini iqtisodiy munosabatlar tashkil yetishi va uning asosida turli ustqurmalar, masalan, siyosat, davlat, huquq, san`at, adabiyot va boshqalar qurilishi e`tirof etiladi. Jamiyat tarixiy nuqtai nazardan o`rganilganda ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga: quldorchilik, feodal, kapitalistik va kommunistik bosqichlarga bo`lib o`rganiladi. Bizning fikrimizcha, tarixiy jihatdan jamiyatni o`rganishda qadimiy dunyo, o`rta asrlar, yangi tarix kabi davrlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi. Jamiyat insonsiz bo`lishi mumkin emas. Inson jamiyatning tuzilishida va uning rivojlanishida asosiy rolni o`ynaydi. Jamiyat insonlarning bir-birlari bilan jamoa bo`lib yashashga tabiiy ehtiyojlari asosida paydo bo`lgan. Jamiyat paydo bo`lginidan boshlab bugungi kunga qadar rivojlanishda murakkab, turli shakllar va tarixiy bosqichlardan o`tdi. Masalan, ilk bor jamiyatning paydo bo`lishini oladigan bo`lsak, uni adabiyotlarda ibtidoiy jamoa tuzumi deb yuritadilar. Ibtidoiy jamoa tuzumi uzoq yillar davomida murakkab bo`lmagan, ya`ni tabaqa, sinflarga bo`linmagan oddiy shaklda amal qildi. Bugungi kundagi jamiyat o`ta murakkab ko`rinishda bo`lib, ularning ko`pchiligi bir millat asosida boshqa millatlar vakillarini birlashtirgan, masalan, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Frantsiya, Olmoniya, O`zbekiston kabi mamlakatlarda. AQShni oladigan bo`lsak, bunday jamiyatlar turli-tuman millatlar ittifoqidan tashkil topginini ko`ramiz. Download 73.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling