Davlat xaridi va narxlar
Download 93.7 Kb.
|
1-mavzu DAVLAT XARIDI VA NARXLAR
“DAVLAT XARIDI VA NARXLAR” FANINING PREDMETI VA IQTISODIY AXAMIYATI “Davlat xaridi va narxlar” fanining predmeti va iqtisodiy moxiyati, Fanning о‘rganish obyektlari, “Davlat xaridi va narxlar” fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi, Davlat xaridi va narxlar – moliyaviy boshqarish tizimining asosiy elementi sifatida. Iqtisodiyotda davlat xaridini rivojlanish bosqichlari, davlat xaridining obyektlari va subyektlari. Bugungi kunda davlat va korporativ xaridlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan voqelik bo’lib, ular davlat tashkilotlarini, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalaridan mablag’ oluvchilarni zarur va maqbul narxlardagi tovarlar va xizmatlar bilan o’z vaqtida ta’minlashning muhim omili bo’lib xizmat qilmoqda. Davlat xaridlarining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati borasida Prezident I.A.Karimov: “birjada savdo ishtirokchilarining yuqori darajadagi raqobatini va teng ishtirokini ta’minlaydigan, elektron savdo shaklida amalga oshiriladigan zamonaviy davlat xaridlari tizimi joriy etilgani har tomonlama e’tiborga va qo’llab-quvvatlashga loyiqdir”1 deb ta’kidlagan fikrlarini keltirish o’rinli. Davlat xaridi tizimini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari bu qonuniy va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amaldagilarini takomillashtirish, budjet tashkilotlarida xarid jarayonini tashkil etish va yuritish bo’yicha uslubiy bazani yaratish, budjet tashkilotlarida xarid jarayoniga mas’ul bo’lgan xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, davlat xaridlari mexanizmini mukammallashtirishdan iboratdir. Bu yo’nalishda ayniqsa “Davlat xaridlari to’g’risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish zaruratini ham ilmiy doiralar, ham biznes vakillari tasdiqlamoqda. Ma’lumki, davlat xaridlarining tender savdolari, tanlov, elektron auksion va elektron katalog orqali savdolar, to’g’ridan-to’g’ri shartnoma tuzish, kapital qurilish bo’yicha tanlov savdolari kabi turlari mavjud. Shu boisdan ishlab chiqiladigan qonuniy hujjatlar davlat xaridlarining alohida turi qaysi holatlarda qo’llanilishini aniq ko’rsatishga, har bir tur davlat xaridlarida bajariladigan jarayon tartiblarini aniq bayon qilishga, elektron savdolarning aniqlashtirilgan tartibini hamda elektron xaridlarning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga xizmat qilishi kerak Download 93.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling