Davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar


SAVDO TURILI BO’YICHA HISOBOT


Download 1.61 Mb.
bet9/12
Sana09.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1344533
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
DAVLAT XARIDLARI JARAYONIGA DOIR UMUMIY TALABLAR

SAVDO TURILI BO’YICHA HISOBOT

Davlat xaridlarining

Davlat xaridlarining

asosiy prinsiplari

  • Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
  • kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik;
  • asoslanganlik;
  • moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi;
  • ochiqlik va shaffoflik;
  • raqobat va xolislik;
  • mutanosiblik;
  • davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi;
  • korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.
  • Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llanilishi kerak.

Kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik prinsipi

  • Kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik prinsipi
  • Davlat buyurtmachisi, davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilot mas’ul shaxslarining kasbiy mahorati tegishli bo‘linmalar xodimlariga nisbatan soha bo‘yicha ma’lumoti bo‘lishi, malakasini muntazam ravishda oshirishi, bosqichma-bosqich amaliy tajribaga ega bo‘lib borishi va kasbiy faoliyati to‘g‘risidagi talablarni belgilash yo‘li bilan ta’minlanadi.
  • Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni belgilashi shart.
  • Kasbiy mahoratga ega bo‘lish maqsadida xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning malakasini muntazam ravishda oshirib borish davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan o‘qitishni tashkil etish orqali ta’minlanadi.
  • Manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomilini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs bajariladigan vazifalardan chetlashtirilishi lozim.

Asoslanganlik prinsipi

  • Asoslanganlik prinsipi
  • Davlat xaridlari davlat buyurtmachisining o‘z oldida turgan vazifalarni hal etishni ta’minlaydigan haqiqiy talablari va ehtiyojlarini samarali qanoatlantirish uchun davlat xaridlarini o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi, tovarni (ishni, xizmatni) tanlashning, uning iste’mol xususiyatlari (tavsifi), sifat ko‘rsatkichlarining va qiymatining asoslanganligi hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling