Davlat xaridlari tizimida elektron savdoni tashkil etish usullari
Download 0.69 Mb.
|
DAVLAT XARIDLARI TIZIMIDA ELEKTRON
DAVLAT XARIDLARI TIZIMIDA ELEKTRON SAVDONI TASHKIL ETISH USULLARITayorlovchi: Murodullayev G’olibjonFakultet: Tatbirkorlik va boshqaruvGuruh: 5MM-21Yo’nalishi: “Moliya”Fan: MoliyaQabul qiluvchi: Nasriddinov BREJA;
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan elektron davlat xaridlarining oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash natijalari va kelajakdagi istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda elektron davlat xaridlarining afzalliklari va imkoniyatlari, joriy yilda belgilangan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
2011-2016-yillarda byudjet mablag‘larining tejalishi 7 barobarga ko‘tarildi. «D-Xarid» elektron tizimida faol bo‘lgan kichik biznes subyektlari 5 mingdan 42 mingtaga oshdi. 2017-yilning birinchi choragida elektron davlat xaridlarining umumiy qiymati 2016-yilning mos davriga nisbatan 28 foizga o‘sib, 114 milliard so‘mni tashkil etdi. Davlat xaridlari bo‘yicha elektron auksion savdolar birjaning www.uzex.uz maxsus axborot portalida o‘tkazilishi byudjet tashkilotlari tomonidan tovar va xizmatlarni xarid qilish jarayonida oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlashning muhim mezoni hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyuldagi qaroriga asosan birja portalining ochiq qismida xaridlar to‘g‘risida e’lonlar, ularning reja-jadvali, elektron savdo natijalari va boshqa ma’lumotlar joylashtirib boriladi. Bu davlat xaridlari o‘tkazilishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishini ta’minlaydi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling