Davlat xaridlaridagi korrupsiyadan qanday qutilish mumkin? 14 mart kuni Oliy Majlis
Endi esa tender ishtirokchilari (tadbirkorlar) o‘rtasidagi til biriktirish holatlarini ko‘rib chiqamiz
Download 34.31 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. «Uch mushketyor».
- 2. Navbatli g‘oliblik.
- 3. Passiv ishtirok.
Endi esa tender ishtirokchilari (tadbirkorlar) o‘rtasidagi til biriktirish holatlarini ko‘rib chiqamiz.
Buyurtmachining aloqasi yo‘q holatda tadbirkorlar o‘rtasida ham tenderdagi narxni oshirish yoki g‘oliblik bo‘yicha kelishuvlar bo‘lishi mumkin. Bunda ham insofsiz tadbirkorlar qonun talablarini chetlab o‘tish maqsadida turli xil sxemalardan foydalanishadi. 1. «Uch mushketyor». Bu sxema uchun uchta ishtirokchi kerak bo‘ladi, ulardan ikkitasi narx tushuruvchi rolini bajarib, narxni iqtisodiy jihatdan foydasiz chegaraga (30−70%) tushiradi. Bunda affillangan yoki soxta firmalar mushketyor rolida ishtirok etishi ham mumkin. Natijada insofli tadbirkorlarning tender yoki auksionga qiziqishi so‘nib, tanlovni tark etishga majbur bo‘lishadi. Tanlovning so‘nggi daqiqalarida uchinchi «mushketyor» narxni raqobatchi narxidan biroz pastroq beradi. Arizalarning ikkinchi qismlarini ko‘rib chiqish paytida narxlarni keskin tushirgan «mushketyor"lar atayin ariza hujjatlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘yishadi va shu sababli ularning takliflari buyurtmachi tomonidan rad etiladi. Natijada uchinchi «mushketyor» g‘alaba qozonadi. 2. Navbatli g‘oliblik. Ushbu sxemaga ko‘ra tenderdagi g‘oliblik navbatma-navbat bo‘ladi. Tenderda tadbirkorlar kelishgan bo‘lsa, narxlar arzimagan miqdorgagina (0,5−1%) pasayadi. Foyda esa ko‘pincha kelishuv ishtirokchilari o‘rtasida subpudrat shaklida deyarli teng taqsimlanadi yoki boshqa mukofot variantlari ham qo‘llanilishi mumkin. 3. Passiv ishtirok. Bunda qo‘g‘irchoq firmalar jalb qilinadi va ular atayin yutish ehtimoli past bo‘lgan takliflarni (yuqori narxlar, bajarib bo‘lmaydigan shartlar) taqdim etadilar va natijada kerakli firma g‘alaba qozonadi. Shuningdek, ayrim firmalar tomonidan ishtirok etish uchun ariza beriladi, lekin narx bo‘yicha takliflar taqdim etilmasligi ham mumkin. Odatda bunday qo‘g‘irchoq firmalarning arizalarini ham bitta kerakli firmaning o‘zi tayyorlab topshiradi. Shuning uchun amaliyotda turli firmalarning hujjatlari bir xil IP adres orqali topshirilganligi yoki hujjatlarda bir xil xatoliklar (orfografik, hisob-kitobdagi xatolar) mavjudligi dalil sifatida qo‘llanilganligini kuzatish mumkin. Yuqoridagi hiylalardan kelib chiqib, O‘zbekistonda davlat xaridlaridagi korrupsiyaga qarshi kurash samarasini oshirish uchun quyidagi takliflarni bildirmoqchiman: 1. Data-skrining imkoniyati ega barcha davlat xaridlari o‘tkaziladigan yagona portal yaratish va data-skrining amaliyotini yo‘lga qo‘yish. Taklif etilayotgan data-skrining davlat dasturida nazarda tutilgan nafaqat davlat xaridlaridagi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni, balki korrupsiyaning boshqa yashirin belgilari (narxlar keskin (20−50% gacha) tushishib ketishi, arizalarni rad etish, narxlarni arzimagan 0−1% gacha pasayishi kabi holatlar) asosida ham shubhali tenderlarni tezda aniqlash imkonini beradi. Data-skriningning ushbu me’zonlarini o‘rnatishda Ruminiya va Janubiy Koreya davlatlari tajribasi qo‘l kelishi mumkin. 2. Davlat xaridlarida teng raqobat muhitini ta’minlash maqsadida hukumat qarorlari asosida tender o‘tkazmasdan Download 34.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling