Davlat xizmatlari yonalishida aktual savol
Download 213.77 Kb.
|
Maqola1
🔰Davlat xizmatlari yonalishida aktual savol ❓Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar qaysi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida"gi 693-son qarori asosan Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish tartibi belgilangan. Fuqarolar ariza berish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki my.gov.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tgan holda onlayn ariza berishi mumkin. Ariza berish bepul. Ushbu xizmatdan ya’ni Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar quyidagi shaxslar toifasiga beriladi: 🔹urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar; 🔹halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari); 🔹respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar; 🔹Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar; 🔹yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar; 🔹I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs; 🔹o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar; 🔹yoshga doir pensiya oluvchilar. Download 213.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling