Davlat xususiy sherikligining mexanizmini samarali shakllantirishda davlat siyosati
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
Download 31.6 Kb.
|
DAVLAT XUSUSIY SHERIKLIGINING MEXANIZMINI SAMARALI SHAKLLANTIRISHDA DAVLAT SIYOSATI
1.2 Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarni aniqlash maqsadida doimiy asosda tahlil o‘tkazadi va natijalari bo‘yicha ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi; davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga har tomonlama ko‘maklashadi; jismoniy va yuridik shaxslarning Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqadi; o‘z vakolati doirasida Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga doir zarur harakatlarni amalga oshiradi; byurokratizm, Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish muddatlarini cho‘zish holatlarini aniqlaydi va bartaraf etadi; j) davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan loyihalarga jalb qilingan budjet tizimi mablag‘laridan foydalanilishini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish sohasida: davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish va ular doirasida mablag‘lar o‘zlashtirilishini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik sohasidagi dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalarni muntazam monitoring qilib boradi; tegishli tarmoqlarda ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olingan holda, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari mutaxassislari, shuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qiladi; davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qiladi, bunday sheriklikni tashkil etishning xususiy sektor uchun oshkoralik va jozibadorlikni ta’minlaydigan yangi shakllari hamda uslublarini joriy etish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan normalarni takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida budjet mablag‘lari va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘laridan maqsadli, oqilona hamda samarali foydalanish monitoringini olib boradi; qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda budjetdan mablag‘ ajratish uchun davlat-xususiy sheriklik sohasidagi ustuvor loyihalarning prognoz parametrlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga axborot kiritadi; Download 31.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling