Davlati V a h u q u q I tarihi


Download 16.39 Mb.
Pdf просмотр
bet1/58
Sana22.12.2019
Hajmi16.39 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
76958

H aydarali  M uham edov

XORIJIY 

MAMLAKATLAR 

DAVLATI  V A  

H U Q U Q I  TARIHI

qism


O  ZBEK ISTO N   R E SPU BLIK A SI AD LIYA  VA ZIR LIG I 

TO SH K E N T D A V L A T Y U R ID IK  INSTITUTI

H a y d a r a li  M U H A M E D O V

XORIJIY MAMLAKATLAR 

DAVLATI VA HUQUQI TARIXI

( 0 ‘rta asrlar davlati va huquqi tarixi)

II qism

0 ‘zbekiston R espublikasi Oliy  va o ‘rta m axsus ta'lim  vazirligi 

tom onidan huquq y o ‘nalishi va tarix y o ‘nalishi b o ‘yicha O liy o ‘quv 

yurtlari talabalari uchun  darslik sifatida tavsiya etilgan

|BN***»

iNAi


I  Ahb

MANGAN  DAVLAT 

UNIVERSITETi 

orot-resurs  markazl

\ j ■

-1



n ’

, ! О * 


c

Toshkent-2005

67.3 

М 96

Mas’ul muharrir: A.X.Saidov, huquqshunoslik fanlari  doktori, professor.

Taqrizchilar:  Sh.Z.O‘razayev,  huquqshunoslik fanlari doktori,  professor,

0 ‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi.



H.B.Boboyev,  huquqshunoslik fanlari doktori, professor,

O.T.Xusanov, huquqshunoslik fanlari doktori, professor,

Muhamedov  H.  Xorijiy  mamlakatlar 

davlati va huquqi tarixi: (O‘rta asrlar davlati va 

huquqi  tarixi):  Oliy  o ‘quv  yurtlari  talabalari 

uchun  darslik/Mas’ul  muharrir:  A.X.Saidov. 

Qism 2.  - Т.:  Toshkent Davlat yuridik instituti 

nashriyoti, 2005. - 480 bet.

Sarlavhada: 

0 ‘zbekiston 

Respublikasi 

Adliya vazirligi.

Darslik  «Xorijiy  mamlakatlar  davlati  va  huquqi  tarixi»  fani  dasturi 

asosida  huquqiy  va  tarixiy  fanlaming  eng  so‘nggi  yutuqlarini  hisobga  olgan 

holda  yozildi.  Unda  o ‘rta  asrlarda  G ‘arbiy,  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa 

mamlakatlari:  Franklar  davlati,  Fransiya,  Germaniya,  Angliya,  Vizantiya, 

Rossiya  hamda  Sharq  mamlakatlaridan  Arab  xalifaligi,  Xitoy,  Yaponiya  va 

Hindistonda  davlat  va  huquqning  rivojlanishi  xususiyatlari  va  qonuniyatlari 

xronologik  izchillikda  yoritildi.  Darslik  oliy  o‘quv  yurtlarimng  huquq,  tarix 

yo‘nalishlari  talabalari,  magistrlari,  o'qituvchilari  va  jahon  mamlakatlari 

davlatchiligi  va huquqi  tarixi bilan qiziquvchi keng  kitobxonlar ommasi uchun 

moijallangan.



BBK 67. 3ya73 

UDK 340(09) (100)

© Haydarali Muhamedov.

© Toshkent Davlat yuridik instituti, 2005 y.

SO‘Z BOSHI

M a’lumki,  tarixshunoslik  ilmida  o ‘rta  asrlar  tarixi  uzoq  davmi  - 

milodning  V-XVII  asrlarini  o ‘z  ichiga olib, uni  dunyo xalqlarining deyarli 

hammasi  o ‘z  boshidan  kechirgan.  Qadimgi  dunyo  davlati  va  huquqi 

tarixida  k o ‘rib  chiqilganidek,  qadimgi  dunyo  quldorlik  jamiyati  Sharq 

dunyosida  vujudga  kelib,  Misr,  Bobil,  Hindiston,  Xitoy  mamlakatlarida 

o'zining  yuksak  taraqqiyotiga  erishgan.  Uning  so‘nggi  davrida  yuksak 

rivojlanish markazi asta-sekin G ‘arb dunyosiga k o ‘chdi.

Feodalizm  jamiyati  esa  xuddi  shu  insoniyat  madaniyati  tarixida 

muhim  o ‘rin  tutgan  Yevropa  mamlakatlarida  ayniqsa  tez  rivojlanib,  katta 

muvaffaqiyatlarga  erishdi.  Biz  quldorlik  jam iyati  g ‘oyalarining  yuksa- 

lishini,  unda  paydo  b o ig a n   qarama-qarshiliklarni,  uning  tanazzulini 

milodning  V  asridan  boshlab,  asosan,  Rim  quldorlik  imperiyasi  misolida 

o ‘rganamiz.  O 'rta  asrlar  tarixidagi  eng  muhim  voqealar  qatorida  xristian 

va islom dinlarining paydo b o iish i  va keng tarqalishini  alohida ta’kidlash 

lozim.


G ‘arb  mamlakatlari  feodal jamiyati,  davlatchiligi  hamda  huquqshu- 

nosligida  xristian  dinining  hukmron  dinga  aylanishi  qanchalik  ahamiyat 

kasb  etgan  b o isa ,  islom  dinining  yaratilishi  va  tarqalishi  ham  Sharq 

dunyosidagi  yuksak  madaniyatning  vujudga  kelishida  shunchalik  hissa 

qo‘shdi.  0 ‘rta  asrlar Renesansi,  U yg‘onish davrining jahon xalqlari mada- 

niyatiga qo ‘shgan hissasi benihoya katta.

О ‘rta  asrlarda  dunyoning  turli  qismlarida  k o ‘pdan-ko‘p  va  turli 

ijtimoiy-iqtisodiy,  davlat-huquqiy  jarayonlar  sodir  b o ig an .  Bu  davrda 

feodalizmning  butun  dunyo  miqyosida  o ‘matilishi  quldorlik  va  ayniqsa, 

ibtidoiy-jamoa tuzumiga nisbatan progressiv hodisa b o id i.

Feodalizmning kelib  chiqishi  dunyoning  turli  mintaqalarida  mazmu- 

ni,  shakli  va  paydo  b o iish   vaqti  b o ‘yicha  turlicha  yuz  bergan.  Dastlab 

qadimgi  sivilizatsiya  markazlari  va  tegishlicha  davlatlar:  Xitoydagi  Xan 

podsholigida,  Hindistondagi  Guptalar  davlatida,  О ‘rta  Osiyodagi  Kushon 

podsholigida,  Erondagi  Sosoniylar podsholigida va Mesopatamiyada asta- 

sekin yangi ishlab  chiqarish usuli rivojlandi.  Yevropada esa avvalo kechki 

Rim  imperiyasida  qulchilik  munosabatlari  yemirildi  va  ilk  feodal 

elementlar tu g ildi.

B a’zi xalqlar feodalizmga va feodal davlatga bevosita ibtidoiy-jamoa 

tuzumidan  quldorlikni  chetlab  o ‘tgan.  Bu  jarayon  kelt,  german,  slavyan, 

turk,  m o‘g ‘ul  va  ko'pgina boshqa  qabilalarda  yuz  bergan.  Mazkur xalqlar 

mamlakatlarining  tabiiy  sharoitlari  qadimgi  sivilizatsiya  mintaqalarinikiga

3


qaraganda  ancha  noqulay  edi.  Bu  xalqlarda  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar 

ortiqcha  mahsulotning  paydo  bo ‘lishini  ta’minlash  darajasiga  erishgan 

paytda  ularda  aholining  o ‘sishi  boshlangan,  sinfiy  jam iyat  va  davlatning 

tug'ilishi sezilib qolgan.

Feodalizm  asoslarining  shakllanishi  quldorlik  va  urug‘doshlik  iami- 

yatlari  negizlarida  vujudga  kelgan  “ilk  feodal”  elementlami  sintez  qilish 

y o ‘li  bilan  ham  amalga  oshgan.  Bu  holat  sobiq  Rim  imperiyasining 

q o ‘shni qabilalar tomonidan bosib olingan provinsiyalarida yuz bergan edi. 

Bu  yerlarda,  bir  tomondan,  quldorlik  munosabatlarining,  ikkinchi  tomon­

dan,  bosqinchi  qabilalarda  urug'chilik  munosabatlarining  yemirilishi 

natijasida ilk feodal elementlaming shakllanishi yuz berdi.

Bosqinchi  qabilalar  Rimdagi  dastlabki  feodal  munosabatlarga  duch 

kelib unga moslashib ketgan  edi.  Feodalizmning  vujudga kelishi insoniyat 

taraqqiyotining  dastlabki  davrlarida  ishlab  chiqaruvchi  kuchlaming 

umumiy  taraqqiyotida ijobiy rol  o ‘ynadi.  Lekin jarayonning  salbiy tomoni 

bosqinchi qabilalar tomonidan ishlab chiqaruvchi kuchlaming  ancha izdan 

chiqarilganligida,  natural x o ‘jalikka qaytishda,  aholining katta qismi umu­

miy  madaniy-ma'rifiy  darajasining  ancha pasayganligida namoyon  b o ‘ldi. 

Buning  oqibatlari  uzoq  vaqt  mamlakat  rivojiga  salbiy  ta’sir  k o ‘rsatdi  va 

faqat bir necha asrlar mobaynidagina tugatildi.

Shuning  uchun  XV-XVII  asrlardagi  Yevropaning  gumanist  olimlari 

bu  vaqtni  Yevropa  tarixining  ’’tongotari”  deb  hisoblab,  uni  Antik  va 

U yg‘onish davrlari oralig‘idagi ”o ‘rta” davr deb ataydilar.  Oqibatda, ”o ‘rta 

asrlar”  degan  ibora  kelib  chiqib,  u  tarix  fanida  V-XVII  asrlarga  nisbatan 

qo ‘llaniladigan b o ‘lib qoldi.

Tarix  fanida  o ‘rta  asrlami  feodalizm1  davri  deb  atash  ham  qabul 

qilingan.

Ushbu  darslik  muallif  tomonidan  1999  yilda  e’lon  qilingan  Xorijiy 

mamlakatlar  davlati  va  huquqi  tarixi  (Qadimgi  dunyo  davlati  va  huquqi 

tarixi)  I  qism  darsligining  mantiqiy  davomi  hisoblanadi.  Kezi  kelganda 

shuni  ta’kidlash  joizki,  u  2000  yilning  eng  yaxshi  darsliklaridan  biri 

sifatida respublika tanlovida sovringa sazovor b o ‘lgan edi.

0 ‘rta asrlar davlati va huquqi tarixiga bag‘ishlangan mazkur darslik- 

da  g'arbiy,  markaziy  va  sharqiy  Yevropa  mamlakatiaridan  Franklar  dav­

lati,  Fransiya,  Germaniya,  Angliya,  Vizantiya  hamda  Rossiyada,  Sharq 

mamlakatlaridan  Arab  xalifaligi,  Xitoy,  Yaponiya  va  Hindistonda  о ‘rta 

asrlardagi  davlatchilik tarixi,  huquqning  rivojlanishi  masalalari  batafsil  va

1  « F eodalizm » iborasi birinchi m arta  1789 yilgi Fransiya burjua inqilobi davrida fransuz adabiyotlarida 

qo'llanilgan  va eski germ an term ini  «fedum »dan kelib chiqib, yer mulki ma'nosini anglatadi.

4


izchil,  xronologik tartibda 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va o ‘rta maxsus 

ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida bayon qilinadi. Bun­

da  har  bir  mamlakatning  davlat va  huquqi  rivojlanishining  o ‘ziga xos  xu­

susiyatlari, turkum mamlakatlar davlati va huquqi rivojlanishining umumiy 

qonuniyatlarini yoritishga harakat qilinadi.

Darslikni  yozishda  fanning  eng  so‘nggi  yutuqlaridaif,  juda  ko ‘p 

huquqshunos  olimlaming  asarlaridan,  o ‘quv  qoilanm alari,  darsliklar,  tari- 

xiy-huquqiy  yodgorliklardan  foydalanildi.  Ushbu  darslik  o ‘zbek  tilida 

birinchi  ishlardan boiganlig i  sababli  ayrim kamchiliklardan xoli boim as- 

ligi  mumkin.  Umid qilamizki,  kitobxonlar bu haqdagi o ‘zlarining xolisona 

fikr va mulohazalarini m uallif bilan samimiy bahamlashadilar.

5


B I R I N C H I   B O ‘L IM

О ‘RTA ASRLARDA  YEVROPA MAMLAKATLARI 

DAVLATI VA  HUQUQI

I  BOB. YEVROPADA 0 ‘RTA ASRLAR DAVLATI VA 

HUQUQI  XUSUSIYATLARI

Avvalo  shuni  aytib  o ‘tish  kerakki,  G ‘arb  va  Sharq  mamlakatlarida 

feodal  yer  mulkchiligini  quldorlik  davridagi  mulkchilikdan  farqlaydigan 

o'ziga  xos  xususiyatlari  bor.  Masalan,  G ‘arb  mamlakatlarida  yerning  oliy 

egasi  monarx  (qirol,  knyaz,  imperator) hisoblanib,  boshqa  feodallar undan 

xizmat  evaziga  yoki  boshqa  shartlar bilan  yer  olganlar.  Ular  esa bu  yerni 

uchinchi  shaxsga  m aiu m   shartlar  evaziga  berganlar.  Yer  bergan  feodal 

syuzeren,  olgani  esa  vassal  deb  atalgan.  Shunday  qilib,  G 'arbiy  Yevropa 

mamlakatlarida  yerga  egalik  qilishning  o ‘ziga  xos  xususiyatlari  uning 

ierarxik  (pog‘onama-pog‘ona)  xarakterida b o iib ,  bu  hodisa maxsus  shart­

nomalar  (investitura)da  ifodalanadigan  syuzerenitet-vassalitet  munosabat­

larini tug'dirgan.

Sharq  mamlakatlarida  bunday  egalik  b o im a y ,  yer  davlat  mulki 

hisoblanardi.  Yirik  yer  egalari  davlatga  b o ‘ysunardilar,  dehqonlar  va  hu­

narmandlar esa bevosita davlatga renta-soliq toiardilar.

Yerga nisbatan  davlat mulkchiligining  mavjudligi  о ‘rta  asr  Sharqida 

davlatning nisbatan markazlashishida muhim omil  hisoblangan, lekin XVI- 

XVIII  asrlarga  kelib  kapitalistik  ishlab  chiqarish munosabatlarining  rivoj­

lanishiga to ‘siq b o iib  qolgan.

Jamiyatning bazisida feodal munosabatlar o ‘rin olgach, uning siyosiy 

ustqurmasida  ham  bazisning  xarakterini  ifodalaydigan  o'zgarishlar  ro ‘y 

berdi.


Feodal  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  taraqqiy  etishi  bilan 

davlatchilik ham rivojlandi.  Yevropada bu jarayon asosan quyidagi to ‘rtta: 

ilk  feodal  monarxiyasi,  senorlik  monarxiyasi  (feodal  tarqoqlik),  tabaqa- 

vakillik  monarxiyasi  va  mutlaq  monarxiya  bosqichlaridan  o ‘tdi.  Biroq  bu 

bosqichlami  hamma  Yevropa  mamlakatlari  bir  vaqtda  va  to iiq   bosib 

o ‘tmadi.  Har  bir  mamlakat  milliy  tarixining  o'ziga  xos  xususiyatlari  ham 

ana shundan kelib chiqadi.

Shuni  k o ‘rsatib  o ‘tish  joizki,  Sharq  mamlakatlari  o ‘z  taraqqiyotida 

bunday  davrlarni  to iiq   bosib  o ‘tmadi.  K o‘pchilik  olimlar  k o ‘rsatishicha,

6


Sharq  feodal  davlatlari  tashkil  topgan  vaqtidan  boshlaboq  mutlaq  monar­

xiya shaklida b o ‘lib, bu davr uzoq  davom etdi.

Feodal jam iyatida va uning  siyosiy tashkilotlarida cherkov mafkurasi 

katta rol  o ‘ynab,  dindorlar imtiyozli  tabaqa hisoblangan.  Sharqiy  va G 'ar­

biy  Yevropada  xristianlik,  Osiyoning  bir  qancha  mamlakatlarida  islom, 

Xitoy,  Yaponiyada  konfutsiylik  va  buddizm  hukmron  diniy  mafkura  hi­

soblangan.

Xristianlik  Yevropada  yagona  din  bo'lib,  u  kishilaming  butun 

hayotini  o'ziga  bo'ysundirgan,  kishilar  tug'ilganidan  to  vafot  etganlariga 

qadar  cherkov  nazorati  ostida bo'lganlar.  Xristianlik,  garchi  kam bag'al  va 

qullaming  dini  sifatida  vujudga  kelgan  b o'lsa  ham,  keyinchalik  u  butun 

G 'arbiy  Yevropaga yoyildi.  325 yilda xristian  cherkovning birinchi  sobori 

(yig'ilishi) chaqirildi.  1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlari o'rta- 

sidagi  asriy  nizolar  tugab,  xristianlikda  uzil-kesil  ikkita  cherkov,  ikkita 

mazhab-pravoslaviye  va  katolitsizm  qaror  topdi.  1232  yilda  Rim  papasi 

dahriylarga  oid  ishlaming  barchasini  dominikan-monaxlar  jam oasi  hal 

etishi to'g'risida farmoyish chiqardi.

1252  yilda  endigina  shaklianayotgan  inkvizitsiya  -  cherkov  sudiga 

tergov  qilishda  qiynash  usulini  qo'llashga  ruxsat  berildi.  Ana  shu  tariqa 

o 'rta   asr  cherkov  inkvizitsiyasi  (sudi)  tashkil  topdi  va  u  dahriylik,  folbin- 

lik, dindan qaytish,  yaqin qon-qarindoshlaming nikohga kirishlari, bevafo- 

lik,  yolg'on  guvohlik,  tuhmat,  hujjatlami  qalbakilashtirish,  og'irlik  va 

uzunlik  o'lchovlarini  soxtalashtirish,  sudxo'rlik,  shuningdek,  nikoh-oila 

munosabatlaridan  kelib  chiqadigan  barcha  ishlami  o 'z   sudloviga  oldi. 

Inkvizitsiya  sudi,  ayniqsa,  o'rta  asr  Ispaniyasida ko'plab  odamlami  yoqib 

yuborishga hukm etdi2.

1481  yilda  Ispaniyada  ’’ilohiy  tribunal”  tuzildi.  Bosh  inkvizator 

Chorkvemada  faoliyat  ko'rsatgan  15  yil  ichida  8220  kishi  dahriylikda 

ayblanib, yoqib yuborildi,  89326 kishi boshqa jazolarga hukm qilindi.  Vol- 

teming  m a’lumotlariga  qaraganda,  G'arbiy  Yevropada  100  mingdan  ortiq 

kishi  folbinlik,  xudosizlikda  ayblanib  yoqib  yuborildi.  Bulaming  ichida 

Fransiyaning  milliy  qahramoni  Janna  D ’Ark,  Uyg'onish  davrining  buyuk 

olimi Jordano Bruno, chex gumanisti Yan Gus va boshqalar bor3.

G 'arbiy Yevropa shaharlari X-XI asrlarda savdo va hunarmandchilik 

markazlariga  aylanadi.  Shaharlar  dastlabki  vaqtlarda  diniy  va  dunyoviy 

feodallar  yerlarida  tashkil  topganligi  uchun  ularga  qaram  edi.  K o'p  vaqt



2 Q arang:  Хрестоматия памятников феодального государства и права.-М.:Госюриздат,  1961.-505- bet.

* Qarang:  Анашкин Г.С.  Смертная казнь в капиталистических государствах. Историко-правовой очерк.- 

М.:Госюриздат,  1971.-25-bet.

7


o'tm ay  ular  o 'z  erkinliklarining  siqib  q o ‘yilishiga  qarshi  kurash  natijasida 

mustaqillikni  q o ig a   kiritadi  va  ayrimlari  hatto  respublika  shaklidagi  sha- 

har-davlatlarga  aylanadi  (Italiyada).  Ayrimlari  o ‘zini-o‘zi  boshqarish 

huquqini  q o ig a   kiritadi  (Angliyada),  ayrimlari  esa  imperiya  erkin 

shaharlari  maqomini  oladi  (Germaniyada).  Shaharlarning  eng  muhim  yu- 

tug‘i barcha fuqarolar erkinligining tan olinishi edi.

«Agar krepostnoy,  -  deyiladi  shahar  yorliqlarida,  -  shaharda bir yilu 

bir  kun  yashasa,  shu  vaqt  uning  x o ‘jayini  unga  b o ig a n   egalik  huquqini 

da’vo qilmasa, u ozod hisoblanadi».

Dvoryanlardan o ‘zini himoya qilish hamda shahar soliqlarini tengroq 

taqsimlash  maqsadida  shahar  aholisi  ittifoqlarga  birlasha  boshlaydi.  Hu­

narmandlar  o ‘zlarining  sexlarini,  savdogarlar  esa  o ‘z  gildiyalarini  tuza- 

dilar.  О ‘rta  asr  sexlari  bir kasbdagi  Hunarmandlar  ittifoqidir.  Har bir  sex, 

gildiya  o ‘z  ustavi  va  oqsoqoliga,  shuningdek,  sudiga  ega  edi.  Sexlarning 

tuzilishi  feodalizmning  qonuniy  natijasidir.  Shuning  uchun  ham  sexlar 

faqat  G 'arbiy  Yevropa  mamlakatlaridagina  emas,  Yaponiya,  Xitoy,  О ‘rta 

Osiyoda ham o ‘ziga xos k o ‘rinishlarda uchraydi.

Yevropada  XVI  asrga  kelib  feodalizmning  inqirozi  belgilari  na- 

moyon b o ia  boshlaydi.  Antifeodal  inqiloblaming  yaqinlashishi bilan  dav­

lat va huquq tizimining yangi demokratik tamoyillarini  asoslovchi va bun­

da  k o ‘pincha  antik  demokratiya  tajribasini  misol  tariqasida  k o ‘rsatuvchi 

siyosiy-huquqiy ta’limotlar rivojlandi.

G ‘arbiy  Yevropa mamlakatlari  davlatlarining rivojlanishi  bilan  birga 

ulaming  huquqiy  tizimlari  ham  rivojlanib  bordi.  Feodal  tarqoqlik  davrida 

bu  jarayonning  muhim  belgisi  huquq  «partikulyarizmi”4,  ya’ni  butun 

mamlakat  uchun  yagona  huquqning  yo ‘qligi  edi.  Huquq  ’’partikul- 

yarizmi”ning  bartaraf etilishi,  ayniqsa,  tabaqa-vakillik  monarxiyasi  davri­

dan  boshlab jadallashdi.  G'arbiy  Yevropaning  qit’a  qismi  mamlakatlarida 

huquq shakllarining o ‘zaro yaqinlashuvi yuz beradi. Angliya feodal huquqi 

alohida,  mustaqil  holda  rivojlanib  bordi.  Shu  tariqa,  tez  orada  G'arbiy 

Yevropa  huquqi  ikkiga:  ingliz-sakson  huquqi  va  qit’a  huquqiga  ajralishi 

belgilari  namoyon b o ia  boshladi.

Sharqda  o'rta  asrlardagi  yirik  mamlakatlarning  feodal  davlati  va 

huquqi  tarixi  boshqacharoq  b o ig an .  Bu  yerda  asosan  kuchli  byurokratik 

davlat  apparatiga  asoslangan  despotik  boshqaruv  shakli  saqlanib  qoldi. 

Monarx hokimiyatini amalga oshirishdagi ba’zi milliy farqlar asosan uning



4 Partikulyarizm  -  lotincha “b o 'la k ”,  “qism ” so'zlaridan olingan b o 'lib , bu yerda b ir mam lakat ichidagi 

provinsiyalar, knazliklar v a shaharlar huquqining turli-tum anligi  va xilma-xilligi  m a’nosida ishlatilmoqda.



mazmuni va mohiyatini o ‘zgartirmasdi.  Bu yerda davlat boshlig'i  umuman 

har  doim  mamlakatdagi  butun  yerlarning  oliy  egasi  sifatida  maydonga 

chiqdi.  Uning  bu  huquqi  avloddan-avlodga  meros  tariqasida  o'tib  turardi. 

Bundan  tashqari,  Sharqda  yer  egaligi  munosabatlarida jam oa  yer  egaligi- 

ning uzoq vaqt saqlanib qolganligi  va turg'un xarakterga ega bo'lganligini 

kuzatish  mumkin.  Ekspluatatsiyaning  asosiy  shakllari,  birinchi  navbatda 

polizchi-dehqonlardan  hukmron  sinf  foydasiga  renta  solig'i  olish  teng 

darajada saqlanib qolgandi.

Shaharlarda  kustar  ishlab  chiqarish  va  savdo  rivojlandi.  O 'sha  vaqt 

uchun  takomillashgan  buyumlar,  yirik  arxitektura  inshootlari  va  boshqa 

shoh  san’at  asarlari  yaratildi,  k o 'p   ixtirolar  qilindi.  Hatto  bu  sohada  o 'z 

davridan odimlab ketish hollarini ko'ram iz. Lekin shahar mahsuloti asosan 

hukmron  sinf ehtiyojlarini  qondirish  va  tashqi  savdo  uchun  ketgan.  Qish­

loq jam oalari  asosan  natural,  turg'un  xo'jalik  yuritib,  faqat  ichki  bozorni 

rivojlantirgan,  tovar  ishlab  chiqarishning  o'sishiga  moslashmagan  va 

oqibatda yangi ijtimoiy munosabatlarning  shakllanishiga to'sqinlik qilgan. 

Bu,  albatta,  mutlaq  turg'unlikni  anglatmaydi, jam iyat asta-sekin bo'lsa-da 

rivojlanishda davom etdi.

Tabiiyki, feodalizm taraqqiyoti davri faqat ijobiy voqealardan tashkil 

topmadi.  Insoniyat  tarixidagi  hech  qanday jamiyatda  hukmron  sinf vakil- 

larining  shaxsiy  erkinliklari  va  huquqlari  feodal jamiyatdagi  kabi  cheksiz 

xudbinlik  darajasiga  ko'tarilmagan.  O 'z  navbatida,  hech  qachon  oddiy 

fuqarolaming  ahvoli  ham  feodalizmdagi  kabi  o g 'ir  va  tahqirli  bo'lmagan. 

Insoniyat  tarixidagi  hech  bir  davrda  mavjud  qonunlar  va  tartiblar  feoda­

lizmdagi  kabi  faqat  zaiflar  tomonidan  bajarilishi  talab  qilingan jamiyatni 

uchratmaymiz.  O 'rta  asrlarda  jahon  xalqlari  o 'z  boshlaridan  ko'plab 

kulfatlami:  ocharchilik,  o'latlar,  urushlar va talonchiliklarni  kechirdi.  Ular 

o'zlarining  tahqirli,  og 'ir  hayotlarini  o'zgartirish  uchun  qo'zg'olonlar 

uyushtirdilar.  Bulaming  oqibati  o'laroq  o'rta  asrlarga  va  o 'z   navbatida, 

absolut  monarxiya  tuzumiga  chek  qo'ygan  ingliz  va  fransuz  inqiloblari 

singari inqiloblar natijasida insoniyat yangi davrga qadam qo'ydi.

9


II BOB. FRANKLAR DAVLATI VA HUQUQI 

(V asr - IX asrning birinchi yarmi)

-  Franklar davlatining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari.

■  Franklar davlatining ijtimoiy tuzumi.

•  Franklarning davlat tuzumi.

■  Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari.

1. Franklar davlatining tashkil topishi va 

taraqqiyot bosqichlari

M a’lumki,  varvarlaming  Rim  imperiyasiga  b o ‘lgan  munosabati  IV 

asr oxirlariga kelib juda keskinlashib ketgan  edi.  Imperiyaning  zaiflashuvi 

varvar  qabilalariga  imperiya  chegarasidan  deyarli  bemalol  o ‘tib,  uning 

hududini  egallab olish uchun imkon berdi.  Imperiya varvarlaming siquvini 

yana bir oz  vaqt to ‘xtatib  tura olar edi,  lekin u  ittifoqchilar tarzida xizmat 

qilayotgan  varvarlaming  o ‘zini  yordamiga  tayangan  chog‘dagina  shunday 

qila  olar  edi.  Ammo  ittifoqchilaming  dushmanga  aylanishi  oson  edi:  bu- 

ning oldini  olish  uchun imperiya ularga tobora ko'proq  yon berishga m aj­

bur b oim oqda edi.

German  qabilalari  II-IV  asr  o'rtalarida  o ‘zlarining  ishlab  chiqarish 

kuchlarini  ancha  rivojlantirdilar.  Ular  o ‘z  yerlarini  Sezar  va  Tatsit  zamo- 

nidagidan  yaxshiroq  ishlay  boshladilar.  Ularda  hayvonlaming  nasli  (jum­

ladan,  odarning  nasli)  yaxshilandi.  Hunarmandchilik  taraqqiy  etdi.  Che­

gara  viloyatida  yashovchi  germanlar  rimlik  savdogarlar  bilan  savdo-sotiq 

qila  boshladilar.  Varvarlaming  aholisi  tobora  ko'payib  borayotganligi 

sababli  yer  masalasi juda  keskin  masala  bo'lib  qoldi.  Varvarlar  aholining 

oshib-toshib ketayotganligini  sezmoqda edi.  Ular imperiyaning  serhosil va 

qisman  butunlay  ishlov  berilmagan  yerlarini  ishg‘ol  qilishga  intildilar. 

Butun bir varvar qabilalarining Rim imperiyasiga qarshi keskin kurash olib 

borishiga olib kelgan eng muhim va asosiy sabab yer tanqisligi edi.

Bu vaqtga kelib german qabilalarining ichida katta o'zgarishlar sodir 

b o id i.  German jamiyatining  tobora  ko'proq  tabaqalanib  borishi  -   zoda- 

gonlaming  ajralib  chiqishi,  ularga  qaram  b o ig a n   kishilar  sonining 

к о ‘payishi  va hokazolar bilan bir qatorda,  qabilalarning katta-katta ittifoq- 

larga  birlashuvi  jarayoni  ham  yuz  bermoqda  edi.  Quyi  Reynda  ham 

birlashuv jarayoni  vujudga  kelayotgan  edi.  Quyi  Reynda  hamda  Yutlan- 

diya  yarim  orolida  ingliz-saks  qabilalari  birlashmasi;  О ‘rta  Reynda  frank 

qabilalari  ittifoqi;  Yuqori  Reynda  allemanlar  ittifoqi;  Elbada  va  Elbaning

10


narigi  tomonida  langobardlar,  vandallar,  burgundlarning  ittifoqlari  tashkil 

topdi.  Bundan  ilgariroq  gotlarning  ikkita  ittifoqi  -  vestgotlar  ittifoqi  va 

ostgotlar  ittifoqi  vujudga  kelib,  bulaming  har  biri  Dunay  va  Qora  dengiz 

bo ‘yi hududida k o ‘p qabilali davlat tashkil qilgan edi.

IV  asming  oxirlaridan  boshlab  va,  ayniqsa,  V  asrda  varvarlar 

yoppasiga  Rim  imperiyasi  hududiga  qarab  y o ‘1  olib,  uni  asta-sekin  istilo 

qila  boshladilar.  T o‘g ‘ri,  bu  istilo  qilish  qariyb  butun  bir  asrga  cho'zildi. 

G ‘arbiy  Rim  imperiyasi  tobora  qulab  borayotgan  edi.  Chunki  varvarlar 

imperiyani  istilo  etish  bilan  bir  vaqtda  imperiya hududiga  o'zlarining  bu­

tun oilalari, uy anjomlari,  sigir-buzoqlari va hokazolari bilan к о ‘chib kelib, 

o ‘rnashayotgan  edi.  Shuning uchun IV  asrning  oxiri  va V  asrning hamma- 

sini  o ‘z  ichiga  olgan  bu  davrni  tarixchilar  odatda  Xalqlaming  buyuk k o ‘- 

chishi davri deb ataydilar.

V  asr  oxiriga  kelib  germanlar  G ‘arbiy  Rim  imperiyasi  hududiga: 

vandallar  Shimoliy  Afrikaga,  vestgotlar  (G'arbiy  gotlar)  Ispaniyaga,  ost­

gotlar  (sharqiy  gotlar)  Italiyaga,  franklar  Galliyaga,  inglizlar bilan  sakslar 

Britaniyaga  joylashdilar.  Germanlar  shu  joylarda  o ‘z  davlatlarini  barpo 

qildilar.

Rim  imperiyasi  hududida  tuzilgan  varvar  qirolliklari  ichida  eng 

kattasi  va  kuchlisi  franklar  qirolligi  edi.  Franklar  bora-bora  burgundlami 

b o ‘ysundirdilar.  Galliyadan  vestgotlami  surib  chiqardilar.  Italiyada  lango- 

bardlami  zabt  etdilar  va  Reynning  narigi  tomonidagi  german  qabilalari- 

ning deyarli hammasini o ‘zlariga itoat ettirdilar.

Franklaming  o'zlari  ham  dastlab  Reynning  narigi  tomonida  yashar 

edilar.  Ularning  ota-bobolari  Tatsitning  asarida  har  xil  nomlar  bilan, 

chunonchi,  xamavlar,  sukabrlar,  batavlar  va  boshqa  nomlar  bilan  atalgan. 

"Frank”  degan  nom  (bu  so'zni  ’’jasur”,  ’’erkin”  deb  tarjima  qilishadi)  III 

asming  o'rtalaridagina  paydo  bo'lib,  qandaydir  bitta  qabila  emas,  balki 

Reynning o 'rta va quyi oqimlarida yashagan butun bir gum h german qabi- 

lalariga  taalluqli  umumiy  bir  nom  edi,  bu  qabilalar  dastlab  Reyn 

daryosining o ‘ng qirg‘og‘ida yashardilar.  Dastlab ular rimliklarga nisbatan 

dush-manlik  munosabatida  bo'ldilar,  keyin  bu  munosabat  ancha  do‘stona 

munosabatga  aylandi.  451  yildagi  Katalaun jangida  ittifoqchilar federatlar 

sifatida rimliklar tarafida  turib  gunnlarga  qarshi  urushdilar.  O 'sha  vaqtda- 

yoq  ular katta-katta  ikki  guruhga  boMingan  bo'lib,  bir  gumhi  (ular Reyn­

ning  quyi  oqimida  yashardilar)  dengiz  bo ‘yi  franklari  yoki  sali  franklari 

deb  (lotincha  ’’salum”  -  dengiz  so'zidan),  ikkinchi  guruhi  Reynning  o'rta 

oqimida  (har  ikki  qirg'oqda)  yashagan  franklar  -  qirg‘oq  franklari  yoki

11


ripuar franklari deb (lotincha “ripa”- qirg‘oq so‘zidan) atalar edi.  Bulardan 

eng kuchlisi sali franklari bo'lib, ular Galliyaning G ’arbiga qarab bordilar.

Franklar  milodning  IV  asrlarida Rim  imperiyasining  Galliya viloya- 

tiga ko'chib  kela boshlagan.  V  asrda G 'arbiy  Rim imperiyasining  ag'dari- 

lishi bilan franklar uning hududida o 'z  qirolliklarini barpo etib,  o 'z hudud- 

larini kengaytirib boradilar.  Rim yeriarini bosib olish natijasida franklarda 

davlatning tashkil topish jarayoni  nihoyasiga yetadi. Biroq bu yerda urug'- 

doshlik tuzumi birdaniga yo'qolib ketmadi.

Franklar bosib  olgan  yerlami  boshqarish  uchun  boshqaruv  organlari 

tashkil  etishlari  zarur bo'lib  qoldi.  Endilikda  eski  urug'doshlik organlari  - 

oqsoqollar  kengashi,  xalq  lashkarboshilari  Rim  imperiyasi  yerlarim  bosh- 

qarishga  to 'g 'ri  kelmay  qolgan  edi.  Lashkarboshining  hokimiyatini  ku- 

chaytirish  zamriyati  kelib chiqadi.  Oddiy  lashkarboshi  endi  haqiqiy  yakka 

hokimga  -  qirolga  aylana  boradi.  Qirol  urug'doshlik  tuzumi  sharoitidagi 

urug' jamoalariga tegishli mol-mulklami  o'ziniki qilib ola boshlaydi.  Xalq 

mulkini  tortib  olib,  hadya va mukofot  sifatida  o 'z   yaqinlariga,  askarlariga 

va xizmatkorlariga ulashib beradi.

Sali franklarining  Merovinglar sulolasiga mansub qiroli Xlodvigning 

podsholik  tarixi  (481-511 yillar)  franklar  hayotida  ro 'y   bergan  katta-katta 

o'zgarishlar  bilan  bog'liq.  Xlodvig  barcha  frank  qabilalarini  birlashtirib, 

486 yilda Galliyani istilo qiladi.  Rimming bu viloyati hali varvarlar tomoni­

dan  zabt  etilmagan  bo'lib,  Rim  imperiyasi  qulagandan  keyin  Shimoliy 

Galliyaning  amalda  qiroli  bo'lib  qolgan  Siagriy  degan  rimlik  mahalliy 

magnat tomonidan idora qilinardi,  bu  viloyatning  markazi  Parij  edi.  Siag­

riy  franklarga  sal  bo'lsa-da,  jiddiy  bir  qarshilik  ko'rsata  olmadi.  Suasson 

shahriga  yaqin  joyda  shiddatli  jang  bo'ldi.  Rim  qo'shinlari  franklar 

tomonidan tor-mor etildi.

Xlodvig katta va muhim hududni  -  Sena va Luara daryolari havzasini 

zabt  etib,  franklarga  m o 'l-k o'l  yemi  taqsimlash  imkoniga  ega  bo'ldi. 

Daryolari juda  ko'p,  yeri  serhosil,  dehqonchilik  uchun  qulay  va  qayinzor 

o'rm onlarga boy bo'lgan keng, lekin rimliklar vaqtida huvullab  qolgan  bu 

hududga boshdan-oyoq franklar ko'chib keldi.

90-yillaming  o'rtasida  Xlodvig  va  uning  drujinasi  tomonidan, 

keyinroq esa oddiy franklar va ulaming oila a’zolari tomonidan xristianlik- 

ning  qabul  qilinishi  Franklar qirolligining  yanada  rivojlanishi  uchun  katta 

ahamiyatga  ega  bo'ldi.  Galliya  va  Rimdagi  e’tiborli  mahalliy  ruhoniylar 

Xlodvigni va boshqa Frank qirollarini z o 'r berib qo'llab-quvvatladilar.  Bu 

narsa  franklaming  Galliya  janubidagi  qolgan  yerlami  -  Vestgotiya  va 

Burgundiyani bo'ysundirishini  ancha osonlashtirib,  franklaming  o 'z  orasi-

12


dan ham  qirol  hokimiyati  ta’sinning  ortishiga yordam berdi.  Xlodvig  qol­

gan  barcha  sali  va ripuar qirollarini  sekin-asta qira borib, juda katta yangi 

qirollikning  yakkayu  yagona  qiroli  b o ‘lib  oldi,  u  (Reynning  narigi 

tomonidagi  yerlardan tashqari)  Galliyaning to ‘rtdan uch qismini o ‘z ichiga 

olar edi.

Xlodvigning o ‘g ‘il  va nevaralari qirollikni tez-tez taqsimlab va qayta 

taqsimlab  turishlariga,  doimo  o ‘zaro  urushlar  olib  borishlariga  qaramay, 

qirollikning  chegaralarini  kengaytirishni  davom  ettirdilar.  534  yilda  ular 

Burgundiyani zabt etdilar,  542 yilda vestgotlaming Galliyadagi oxirgi yer­

lari  ham  bosib  olindi,  Reynning  narigi  tomonida  esa  Alemaniya,  Tyurin- 

giya,  Bavariya  hamda  saks  qabilalarining  ba’zilari  franklarga  bo‘ysundi.

VI  asrning  ikkinchi  yarmida  Franklar  qirolligi  barcha  varvar  qirolliklari 

ichida eng katta qirollik edi.  Ilgari Teodorix davrida ostgotlar q o iid a  b o i ­

gan gegemonlik endi franklar q o ‘liga o ‘tdi.

Merovinglar  sulolasi  deb  nom  chiqargan  Xlodvig  sulolasi  o ‘zaro 

urushlar  natijasida  zaiflashib  bordi.  Ayniqsa  bu  Xlodvigning  nevara  va 

evaralari  o ‘rtasidagi  qirq yillik urushda juda bilinib  qoldi.  Qirol Dagoberg 

(629-639-yillar)  mamlakatni  qisqa  vaqt  birlashtirib  turishiga  qaramay, 

franklar  monarxiyasi  inqirozga yuz  tuta  boshladi.  Qirol  davlat yerlarining 

tobora  tarkana  qilishi,  o ‘z  askarlariga  taqsimlayverishi  natijasida  uning 

hokimiyati  kuchsizlanib,  yer  egalarining  (yer  magnatlarining)  hokimiyati 

kuchayib  ketdi.  Dagoberg  oigan id an  keyin  shunday  bir  davr boshlandiki, 

639-751  yillar  o ‘rtasidagi  butun  bir  davmi  o'sha  vaqtdagi  kishilaming 

o'zlari ham “yalqov qirollar” davri deb atagandilar.

VII-VIII  asrlarda  Merovinglar  faqat  nomigagina  qirol  b o iib ,  ular- 

ning haqiqiy hokimiyati yo‘q edi.  Ulaming q o iid a  qirol yerlarining ozgina 

qismigina  qolgandi.  Butun  m a’muriy,  sud  va harbiy hokimiyatni  mahalliy 

magnatlar  tortib  oldi.  Neystriya,  Burgundiya  va  Avstraziyada  eng  yirik 

zodagon xonadonlar yetishib chiqib,  ular o ‘z yurtlarida qirol mayordamlari 

sifatida butun hokimiyatni o ‘z qo ilarig a oldilar.  Bir vaqtlar,  ya’ni dastlab­

ki  Merovinglar  davrida  qirol  saroyida  eshik  o g ‘asi  lavozimida  ishlagan 

kishi  mayordam  (lug‘aviy  m a’nosi:  ’’xonadon  o g ‘asi”),  ya’ni  saroy  bosh­

l i g i   deb  atalardi.  Endi  esa  mayordamlik  haqiqatda  parchalanib  ketgan 

Frank  davlatining  ayrim  bo iaklarida  joriy  etilgan  eng  yuqori  m a’muriy 

mansab b o iib  qolgandi.

Davlatni  boshqarishda  mayordamlar  -  saroy  boshqaruvchilari  hal 

qiluvchi  rol  o ‘ynay  boshladilar.  Mamlakatni  chuqur  inqirozdan  saqlab 

qolishda Avstraziya mayordamlari  -  Pipinidlar katta  rol  o ‘ynadi.  Ayniqsa, 

mamlakatni  siyosiy jihatdan  qayta  birlashtirishda  mayordam  Karl  Martell

13


(”T o ‘qmoq”)  hal  qiluvchi  o ‘rin  tutdi.  U  715  yildan  741  yilgacha  mam- 

lakatni  idora  etib,  qirol  hokimiyatini  mustahkamlash  borasida juda  katta 

ishlar  qilgan,  bir  qancha  islohotlar  o'tkazgandi.  Natijada  qirol  hokimiyati 

ancha kuchaydi va mamlakatning qurolli kuchlari mustahkamlandi.

Karl  Martellning  taxt  vorisi  Pipin  III  Pakana  (741-768  yillar)  ham 

avval faqat mayordam unvoni bilan yurdi.  Meroving qirollari odatdagi tar- 

tib bilan  biri  o ‘m iga ikkinchisi kelib turdi,  lekin  ular davlatni  idora qilish­

da hech bir qatnashmas  edilar.  Nihoyat,  Pipin  davlat o ‘zgarishi  yasab,  har 

qanday  hokimiyatdan  mahrum  b o ‘lgan  eski  sulolani  taxtdan  tushirdi.  Bu 

o ‘zgarish Rim papasining faol yordami bilan amalga oshirildi.

751  yilda Suasson shahrida frank zodagonlari yig‘ilishida Pipin frank 

qiroli  deb  e’lon  qilindi.  Shu  vaqtdan  boshlab  yangi  sulola  -  Korolinglar 

sulolasiga  asos  solindi.  Pipin  o ‘z  siyosati  bilan  frank qirolligining  ravnaqi 

uchun zamin tayyorladi.  Uning  o ‘g ‘li Buyuk Karl davrida Franklar davlati 

imperiyaga aylandi.

Buyuk  Karl  Karolinglar  sulolasining  eng  atoqli  namoyandasi  edi 

(sulola  ham  uning  nomi  bilan  atalgan).  U  46  yil  (768-814  yillar)  hukm- 

ronlik qildi.  Buyuk Karl katta  sarkarda  va istilochi  edi.  Tarkib  topayotgan 

Franklar davlati  Buyuk Karl davrida juda katta agressiv  siyosat yurgizildi. 

Juda k o ‘p joylam i istilo qilib, Buyuk Karl ulkan va qudratli davlatga bosh- 

liq  bo'ldi.  Rim  imperiyasi  qulagandan  keyin  G ‘arbiy  Yevropada  Buyuk 

Karl  davlatidek katta  davlat dunyoga kelmagan  edi:  bu  davlat  franklardan 

tashqari o ‘nlab boshqa qabila va xalqlami o ‘z ichiga olgandi.

Frank  qiroli  q o ‘li  ostidagi  yerlarning  juda  kengayib  ketishi,  tabiiy, 

Buyuk Karl va uning maslahatchilarini qirol unvonini (titulini) o'zgartirish 

to ‘g ‘risida  o ‘ylashga  majbur  qildi.  800  yilda  Buyuk  Karl  Rimda  b o ‘lgan 

vaqtida  papa  unga  ’’rimliklar  imperatori”  tojini  kiydirdi  va  shu  tariqa Bu­

yuk Karl imperator deb e’lon qilindi.  Ammo bu uncha mustahkam imperi­

ya emas edi.  814 yilda Buyuk Karl 72 yoshida vafot etganidan so‘ng uning 

imperiyasi uzoq  umr k o ‘rmadi.  Bu  ilk о ‘rta  asr harbiy-feodal monarxiyasi 

b o ‘lib,  unda chinakam markazlashuv uchun  yetarli  darajada iqtisodiy baza 

yo‘q  edi.  Natural  x o ‘jalik  hukmronligi,  ayrim  viloyat  va  tumanlaming  va 

hatto,  ayrim  pomestelammg  ham  biqiqligi,  shaharlar  va  savdoning  kam 

rivojlanganligi  imperiyaning  muqarrar  tarzda  parchalanib  ketishiga  sabab 

b o ‘ldi.

843  yilgi  Verden  shartnomasiga ko ‘ra Franklar davlati b o ‘linib ketdi 

va .Galliya. (Fransiya), Bovariya va boshqa yerlar imperiyadan ajralib chiq- 

di.  Oqibatda  bu  yerlar  Germaniya  va  nihoyat  Italiya  davlatlari  tarkibiga 

kirdi.  Franklar davlati shu tariqa o ‘z umrini o ‘tab b o ‘ldi.

14


Shunday  qilib,  franklaming  bosqinchilik  urushlari  ularda  davlatning 

tashkil  topish jarayonini  tezlashtirdi.  Franklarda  davlat tashkil  topishining 

asosiy  sabablari  erkin  jamoaning  yemirilishi,  uning  sinfiy  tabaqalanishi 

bo‘ldi.  Ularda  bu  jarayon  yangi  eraning  birinchi  asrlaridayoq  boshlanib 

ketgan edi.

Franklar  davlati  boshqarish  shakli  bo'yicha  ilk  feodal  monarxiyasi 

edi.  U  ibtidoiy  jam oa  tuzumidan  qulchilikni  chetlab,  feodal  jamiyatga 

o ‘tish  yo'li  bilan vujudga keldi.  Shu  sababli  franklar jam iyati  ko'p  uklad- 

liligi  (quldorlik,  urug'doshlik, jamoachilik,  feodal  munosabatlaming  qo‘- 

shilib ketganligi),  feodal jam iyat asosiy  sinflarining tashkil topish jarayoni 

nihoyasiga yetmay qolganligi bilan tavsiflanadi.  Shu tariqa ilk feodal  dav­

latda  eski  jam oa  tashkilotlarining  muhim  qoldiqlari,  qabilaviy  demok- 

ratiya muassasalari saqlanib qolgan edi.

Franklar davlati o 'z rivojlanishida ikkita asosiy bosqichni bosib o'tdi. 

Birinchi bosqich V asrning oxiridan VII asrning oxirigacha bo'lgan davmi, 

ikkinchi  bosqich  esa  VIII  asrdan  IX  asming  o'rtasigacha  bo'lgan  davmi 

o 'z   ichiga  oladi.  Bu  ikki  davr  faqat  ikki  hukmron  sulolaning  almashishi 

(Merovinglar  o'rniga  Korolinglaming  kelishi)  bilangina  ajralib  turmaydi. 

Ikkinchi  bosqich  frank  jamiyatining  chuqur  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy 

qayta  qurilishini  boshlab  bergan  yangi  bosqich  bo'lganligi  bilan  tavsif­

lanadi. Buning natijasida asta-sekin  senorlik monarxiyasi shaklidagi feodal 

davlati shakllandi.

Ikkinchi  davrda  asosan  yirik  feodal  yer  egaligining,  feodal jam iyat­

ning  ikki  asosiy  sinflari:  feodallar  va  ularga  qaram  dehqonlaming  tashkil 

topishi nihoyasiga yetadi.




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling