Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng g'allachilik, meva-sabza- votcliilik, g'o'za seleksiyasi va chorvacliilik seleksiyasiga alohida e'tibor beril- moqda


Download 32 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi32 Kb.
#234974
Bog'liq
Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so


Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng g'allachilik, meva-sabza- votcliilik, g'o'za seleksiyasi va chorvacliilik seleksiyasiga alohida e'tibor beril- moqda. O'zbekistonlik seleksioner olimlar tomonidan g'alla ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv talab qiladigan navlari yaratildi. Bu- lardan ayniqsa, mamlakatimiz sharoitiga mos serhosil «Ulug'bek-бОО» va «Sanzor» navlari diqqatga sazovordir.Mamlakatimiz olimlari ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan sabza- votlar va mevali daraxtlarning navlarini uzoq yillardan buyon yangilab kelmoqdalar. Mashhur olim, akademik Mahmud Mirzayev va uning shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari yaratildi. Shulardan 100 ga yaqini hozirgi kunda mamlakatimizning turli hududlarida ekilib, ulardan mo'l hosil olinmoqda.Hozirgi zamon seleksiyasining erishgan yutuqlaridan biri duragaylarning turlararo bepushtligini bartaraf qilish yo'llarini ishlab chiqish bo'ldi. Dastlab bu usulni o'tgan asrning 20- yillarida rossiyalik olim G.D. Karpyechenko karam bilan turpni chatishtirishda qo'llashga muvaffaq bo'ldi. Inson tomonidan yaratilgan bu yangi o'simlik karamga ham, turpga ham o'xshamagan. Ularning mevasi 2 qismdan iborat bo'lib, yarmi karamga, yarmi turpga o'xshardi.
Qushlar insonning yaqin yordamchisi va do’stidir. Shu jixatdan tarixga nazar tashlasak, 1762 yili Hind okeanining g’arbiy qismidagi Mavrikiy orolini qizil chigirtka qoplab olgan. Dexqonlar shakar qamishni saqlash maqsadida barcha choralarni qo’llaganlar, biroq chigirtkani daf qilishni iloji bo’lmagan, keyin olimlarni tavsiyasi bilan 1762 yili Hindistonda keltirilib chigirtkaga qarshi qo’llaganlar. Natijada qizil chigirtkani zarari asta sekin kamayib borib 1770 yilga kelib, bu hasharotning zararlash xafi kuzatilmagan. O’tgan asrda ham (1933, 1962 64 yil) chigirtka ko’p bo’lgan maydonlarni mayna yordamida tozalashda muvaffaq bo’lindi, yoki Gavayda ham chigirtkaga qarshi kurashish uchun Xindistondan keltirilgan mayna tufayli uni bartaraf qilishga erishildi. Shunday qilib Hind maynasini chigirtkaga qarshi iqlimlashtirishning dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli o’tdi. Bu chumchuqsimon qush O’zbekistonda dastlab 1912 yili Surxandaryo viloyatining termiz tumanida tabiatshunos N.A. Zarudni tomonidan kuzatilgan bo’lib, aslida bu qush Afg’onistondan o’tgan. Xozirgi kunda mayna faqat O’zbekistondagina emas, hatto Markaziy Osiyo respublikalarida ham keng tarqalgan. Endilikda mayna o’troq qushlarimiz qatoriga kirib, o’simliklar zararkunandalarini qirishda katta foyda keltiribgina qolmay, u uy hayvonlari bilan ham bevosita bog’langandir. Bu qush mollar o’t o’lan bilan oziqlanayotganida, ularni cho’chitadigan hasharotlar bilan oziqlanadi, parazitlik qilib, gemosporidoz kasalligini yuqturuvchi kanalarni ham mollardan terib yeydi.

O’simliklar zararkunandalarini sonini kamaytirishda qushlarning faolyati to’g’risida batafsilroq to’xtalsak. Bu borada, ya’ni qushlarning ahamiyati to’g’risida o’tgan asrning 40, yillaridan boshlab shu kunlargacha respublikamiz olimlari R. N. Melkunbursev, T. Z. Zoxidov, A. K. Sagitov, D. Y. Qoshqarov, S. Boqoev va boshqalar yirik ishlarni amalga oshirdilar. Bunday ilmiy asoslangan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, Farg’ona vodiysi daraxtzorlaridan yig’ilgan 113 turdagi 708 ta qushning 62 tur oshqozonida qishloq ho’jalik ekinlarining zararkunandalar qoldiqlari topilgan. Yoki turli landshaftlarda in qurib yashovchi 14 turdagi – saman tentak qush, ko’k qarg’a, sassiqpopishak, qishloq qaldirg’ochi, qorabosh jiblajibon, uzun dumli va bo’z qarqunoqlar, chug’urchuq, mayna, moyqut, jik – jik to’qay bulbuli va buxoro chittaki qushlarning 174 jig’ildonida hamda, ular o’z bolarini boqish davomida ko’zatilganda, qushlar oziqasining ko’p qismini hasharotlar turkumlarining quyidagi vakillari: qattiqqanotlilardan asosan, uzun burun, plastinka mo’ylabli, qoratanli, vizildoq, donxo’r qo’ng’izlar; yarim qattiqqanotlilardan, asosan qalqonli qandalalar; tanga qanotlilardan, asosan tunlamlar, ayiq kapalaklar, arvoh kapalaklar va ikki qanotlilardan esa pashshalar, chivinlar so’nalar va boshqalar tashkil etgan.
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling