Davlatning byudjet siyosati
Download 81 Kb.
|
Davlatning byudjet siyosati
Davlatning byudjet siyosatiReja: Kirish 1. Byudjet-soliq siyosatining mohiyati. 2.Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat. 3. Byudjet defitsiti va uni moliyalashtirishXulosa 1. Byudjet-soliq siyosatining mohiyati. Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiskal siyosat orqali erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda toliq bandlilikni, tolov balansining muvozanatini va iqtisodiy osishni taminlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini ozgartirishni oz ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turgunlik yoki pasayish davrida bolgan vaziyatlarda davlat tomonidan ragbatlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Iqtisodiyotda toliq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bolgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bolmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy osishini chegaralashdan iborat. Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol oynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bolsa, davriy pasayishni tugatish uchun oz xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq boladi. Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bolsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy kotarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yol hisoblanadi. 2.Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat. Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya suratlari va tolov balansi holatini ozgartirishga yonaltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldigini maqsadli ozgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskretsion fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni ragbatlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. Oz navbatida davriy kotarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi. Diskretsion fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol oynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalambor, vaqt oraliqlari bilan bogliq. Nodiskretsion fiskal siyosat davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldigini avtomatik ozgartirishni kozda tutadi. Nodiskretsion fiskal siyosat ornatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda ornatilgan barqaror-lashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi oynaydi. Nodiskretsion fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun huqumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling