Davlatning ijtimoiy himoya organini iqtisodiyotimizdagi o’rni va funksiyalari


Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasining Uychi tumanidagi bo’limi tahlili


Download 26.84 Kb.
bet4/5
Sana21.06.2023
Hajmi26.84 Kb.
#1644695
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyot fakulteti hisobot

Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasining Uychi tumanidagi bo’limi tahlili
Men amaliyot o’tash jarayonida Uychi tumanda 56ta mahalla mavjud bo’lib, ularning bir nechtasiga bitta xodimni biriktirilib, ushbu xodim o’zi biriktirilgan mahallalar fuqarolarini murojaatlarini qabul qilar ekan. Amaliyot o’tash mobaynida men o’zimga biriktirilgan amaliyot rahbarim Qodirova Feruzadan yagona interaktiv dastur bilan ishlashni, hujjat yuritishni va fuqarolarga moddiy nafaqa tayinlash bilan bog’liq ma’lumotlarni o’rgandim. Amaliyot o’tayotgan muaassamda 20dan ortiq hodimlar ishlashadi. Haftaning 5kun ishlanadi shanba kuni kelish ixtiyoriy bu yerda.Amaliyot chog’ida boshqa amaliyotchilar bilan hamkorlikda ishladik.Har kuni bizga yangi topshiriqlar va ularni bajarish tartib qoidalarini o’rgatib bordilar amaliyot rahbarim.Men asosan ijtimoiy yordam puli ya’ni nafaqa hujjatlari bilan ishladim amaliyot chog’ida.Ijtimoiy nafaqa tayinlash uchun fuqarodan quyidagi hujjatlar so’raldi:

  1. Ariza

  2. Arizachining mol-mulki haqidagi ma’lumotnoma.

  3. Arizachining oila a’zolari ro’yhati va arizachining maqomi.

  4. Arizachi va uning oila a’zolarining shaxslarini tasdiqlovchi passport ma’lumotlarin nusxasi.

  5. Arizachining nikoh guvohnomasi.

Arizalar har oyda bir qabul qilinib ularni yagona ijtimoiy reystrga kiritiladi.E’tirof etadigan bo’lsak hozirga kelib hujjatlarni ko’rib chiqish jaroyanida hech qanday inson omilini aralashmasligi bu doha faoliyatini shaffofligini yanada oshirgan.Dasturga kirib ariza yaratish bo’limiga arizachining passport ma’lumotlari va jshir( jismoniy shaxsning identifikatsion raqami ) kiritiladi agar arizachi boshqa davlat dasturining ro’yhatida bo’lsa ariza yaratilmaydu uning o’rniga ariza hujjatiga o’sha dasturning maxsus 7raqamdan iborat kodi yozilar ekan. Ariza yaratilagan ariza 10 ish kunida dastur tomonida avtomatik ravishda ko’rib chiqib tasdiqlansa yoki tasdiqlanmasa dastur tomonidan arizachini arizasida ko’rsatgan telefon raqamlariga sms yuboradi dastur. Bu dasturda tasdiqlanganlar tasdiqlanmaganlar va arizasi ko’rib chiqilayotganlarni ko’rsa bo’ladi.
Ijtimoiy nafaqa ta’yinlash arizasi quyidagi hollarda rad etiladi:

  • Oilaning har bir a’zosiga belgilangan me’yor (440 ming so‘m)dan yuqori daromadi mavjud bo‘lganda;

  • 2 va undan ortiq ko‘chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;

  • Oila a’zolarining o‘z nomiga rasmiylashtilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanayotgan ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan texnik xolati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi bo‘lganda;

  • 2 yoki undan ortiq texnik xolati soz bo‘lgan avtotransport vositasi mavjud bo‘lganda;

  • Ariza beruvchi va oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlarida ariza bergan oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorda mablag‘lar mavjud bo‘lganda;

  • ariza beruvchi va oila a’zolarining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorlarda qimmatli qog‘ozlar mavjud bo‘lganda;

  • Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlari xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a’zolari, shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;

  • Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan ta’minlanganda;

  • Oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;

  • Oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a’zosi mehnat organlarining ishga doir taklifini ikki yoki undan ortiq marotaba rad etganda;

  • Daromadning rasmiy manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi 6 oy maboynida ish izlab mehnat organlariga xisobda turmagan, o‘zini-o‘zi band shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lganda nafaqalar tayinlash rad etiladi.

Nafaqani tayinlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror inson omilisiz “Yagona reestr” tomonidan avtomatik ravishda qabul qilinadi.
Bunda fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va Pensiya jamg‘armasi xodimlari nafaqa tayinlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega emas.Nafaqani tayinlash yoki rad etish qarori haqida arizachiga SMS xabar orqali ma’lum qilinadi.
Shuni alohida takidlab o‘tish joizki, 2021 yil 1 sentabrga qadar tayinlangan ijtimoiy nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam avtomatik tarzda, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibiga asosan
nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qo‘shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasiga o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.
Nafaqani tayinlash yoki rad etish qarori haqida arizachiga SMS xabar orqali ma’lum qilinadi.
Aytib o‘tish zarurki, mazkur o‘zgarishlar amaldagi kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalarni tayinlash tizimi kamchiliklarini bartaraf etish va ijtimoiy adolatli tizimni yaratishga ko‘maklashadi.

Download 26.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling