Davlatning ijtimoiy himoya organini iqtisodiyotimizdagi o’rni va funksiyalari


Download 26.84 Kb.
bet3/5
Sana21.06.2023
Hajmi26.84 Kb.
#1644695
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyot fakulteti hisobot

Jamg‘armaning maqsadi
Majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlardan tushgan mablag‘larni jamlash yo‘li bilan ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish, shuningdek mablag‘larning pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiyalarni to‘lashga maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish Jamg‘arma faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish manbalari va tartibi
Jamg‘arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:

  • Majburiy ajratmalar va badallar:

Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov tushumlarining belgilangan miqdori;

  • Alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari;

Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari;

  • Fuqarolarning ish haqidan sug‘urta badallari;

Qo‘shilgan qiymat solig‘I va aksiz solig‘I chiqarib tashlangan holda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tovarlar sotish (ishlar, xizmatlar ko‘rsatish) hajmidan ajratmalari. Bunda uzoq muddatli aktivlar va o‘zi foydalanadigan boshqa mol-mulkni sotish majburiy mablag‘ ajratish obyektiga kiritilmaydi.
Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan o‘zaro hamkorligi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va uning hududiy organlari quyidagilarni ta’minlaydi:
Majburiy ajratmalar, badallar va manbalar bo‘yicha boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, Jamg‘armaga to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;

Jamg‘armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni to‘lovchilar bo‘yicha hisobga olib borish;


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Jamg‘armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishini, shuningdek Jamg‘arma bilan o‘zaro hisob-kitoblarning holatini tekshirish;
Majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni hisoblash tartibini va to‘lash muddatlarini buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llanish;
Badallarni har bir shaxs bo‘yicha hisobga olish hamda mehnat daftarchalari yuritish uchun har chorakda tegishli ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan to‘langan badallar miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasiga:
Tushgan majburiy ajratmalar, badallar va to‘lovlar to‘g‘risidagi, Jamg‘armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlar turlari bo‘yicha qarzlar to‘g‘risidagi tezkor hisobotni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha;
Majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni hisoblash va to‘lash to‘g‘risidagi hisobotni yuridik shaxslar tomonidan yil choragi va yillik hisobot taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning joylardagi organlari:
Pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlarini (kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha — budjet tashkilotlaridan tashqari) o‘z vaqtida tayinlaydilar va to‘laydilar;

Download 26.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling