Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash vazifalari Iqtisodiy xavfsizlik


Download 14.46 Kb.
Sana05.01.2023
Hajmi14.46 Kb.
#1079694
Bog'liq
Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash vazifalari


Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash vazifalari
Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda I.x.ni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni bajaradilar (qarang Marketing). I.h.ni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni i. ch., harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy xavfsizlik - bu iqtisodiyotning shunday holatidirki, bunda uning barqaror o'sishi, ijtimoiy ehtiyojlarining maqbul darajada qanoatlantirilishi, boshqaruvning yuksak sifati, iqtisodiy manfaatlarni milliy va xalqaro darajada himoyalash ta'minlanadi.[1]
I.x. milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi.
I.x.ning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi. Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi. Milliy iqtisodiyot darajasida I.x.ning muhim 3 yoʻnalishi (oziq-ovqat, yoqilgʻi-energetika, eksport) mavjud. Mamlakat aholisining oziqovqatga boʻlgan talabini qondirilishi 80%, mamlakatning energiya omillariga boʻlgan talabining oʻz hisobidan 70—80% ga qondirilganda xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi. Eksport xavfsizligi mamlakat eksport salohiyatini amalga oshirish imkoniyati bilan belgilanadi. Eksport tarkibida isteʼmolga tayyor mahsulotlar, birinchi navbatda, ishlov beruvchi sa-noat mahsulotlari boʻlishi talab etiladi. Eksportning cheklangan turdagi tovarlarga, ayniqsa, jahon bozorida narxi tez-tez oʻzgarib turadigan xom ashyo va energiya omillariga bogʻliq boʻlib qolishi eksport xatarini tugʻdiradi, narxlar pasaygan paytda eksport tushumidagi yoʻqotishlar mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltiradi.
Iqtisodiyot globallashgan, eksport va importning milliy iqtisodiyotga taʼsiri kuchaygan sharoitda I.x.ni oʻz ishlab chiqarishi bilan taʼminlab boʻlmaydi. Shunday sharoitda eksport-import aloqalarining muntazamligini strategik sherikchilik asosida taʼminlash I.x.ni kafolatlaydi.
Istiklol yillari Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar tufayli don mustaqilligiga erishildi, mamlakat ehtiyojining 90% oʻz doni bilan taʼminlandi (2002-yil). Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish natijasida shu sohadagi talab-ehtiyojlarni ham, asosan, oʻz ishlab chiqarishi hisobidan qondirishga erishildi.
Download 14.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling