Davlatning kelib chiqishi
Davlat va uning belgilari, shakllari
Download 60.5 Kb.
|
DAVLATNING KELIB CHIQISHI
Davlat va uning belgilari, shakllari. Davlatning mohiyatini tushunishda uch asosiy nazariy yondashuv mavjud: 1) Ijtimoiy yondashuv; 2) Sinfiy yondashuv; 3) Siyosiy-huquqiy yondashuv. Demak, davlat-umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning o`zaro munosabatini tartibga soladi – ijtimoiy yondashuv. Davlat sinflarning paydo bo`lishi bilan yuzaga kelgan, sinfiy kurash bir sinfning boshqasini bostirish quroli bo`lib xizmat qiladi – sinfiy yondashuv. Davlat jamiyatning va davlatning o`zining hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir – siyosiy-huquqiy yondashuv.
Davlat butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo`lgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo`lgan yagona siyosiy tashkilotdir. Davlat-jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi faoliyatini va o`zaro munosabatini tashkil etuvchi, yo`naltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir. Davlat-hokimiyatning bosh institutidir. Hokimiyat davlat orqali o`z siyosatini amalga oshiradi. Davlatning asosiy belgilari: 1. Davlat hokimiyatining, ya`ni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining mavjudligi. 2. Aholining hududlar bo`yicha uyushganligi. Ma`muriy-hududiy birliklarda yashash. 3. Suverenitet-ishki va tashqi siyosatda to`la mustaqil bo`lish. 4. Huquqiy ijodkorlik. Bu ijtimoiy tuzumning mohiyatidan kelib chiqadigan va davlat tomonidan mustahkamlangan, ijro etilishi umumiy majburiy bo`lgan normalar, hulq-atvor qoidalari. 5. Soliqlarning mavjudligi. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam ta`minlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni to`plash. 6. Umuminsoniy funksiyalarni bajarish. Hududni qo`riqlash, jinoyatshilikka qarshi kurash, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish. Davlatning asosiy funksiyalari: 1) Ichki funksiyalar-davlat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo`nalishlari: a) regulyativ ( tartibga solish, boshqarish); b) qo`riqlash (saqlash, muhofaza qilish). 2) Tashqi funksiyalar – davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo`nalshilari; a) Xalqaro hamkorlik-tashqi siyosiy faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat; b) Mudofaa va xavfsizlik. Davlatning shakllari: I. Boshqaruv shakli: monarxiya va respublika. Monarxiya mutlaq va cheklangan shakllarda bo`ladi (absolyut va konstitutsion). Respublika prezidentlik va parlamentar respublika ko`rinishida bo`ladi. Masalan, Saudiya Arabistoni (mutlaq monarxiya) Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya (cheklangan monarxiya, konstitutsion). AQSH, O`zbekiston Respublikasi (Prezidentlik) Avstriya, Italiya,Germaniya (Parlamentar). II. Davlat tuzumi shakli: - unitar; oddiy, yaxlit davlat. - federativ, murakkab, ittifoqdosh davlat. - konfederativ; ma`lum bir maqsad yo`lida birlashgan davlatlar ittifoqi. Masalan, AQSH, GFR, RF, Braziliya, Hindiston davlatlari – federativdir. Shveysariya ( 1848 yilgacha), Evropa Ittifoqi – konfederativ. O`zbekiston – unitar davlat. III. Siyosiy rejimga ko`ra davlat shakllari. - Demokratik ( vakillik demokratiyasi, bevosita demokratiya). - Antidemokratik (fashistik, totalitar). Davlat mexanizmi. Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat idoralari va muassasalari tizimi. Davlat idorasi ( organi) – davlat mexanizmining qonunga muvofiq ravishda o`z tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo`yisha aniq belgilangan vakolatiga ega bo`lgan hamda davlat mexanizmining boshqa qismlari bilan uzviy aloqadorlikda bo`lgan va yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismidir. Davlat idoralari 3 turga bo`linadi. 1.Vakillik idoralari: a) Qonun shiqaruvchi; b) Mahalliy hokimiyat va o`zini o`zi boshqarish idoralari. 2.Ijroiya idoralari: a) Markaziy idoralar; b) Davlat boshlig`i ( monarx, prezident); v) Hukumat; g) Vazirlik va davlat qo`mitalari; d) Mahalliy idoralar. 3. Sud, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va konstitutsiyaviy nazorat idoralari: a) sudlar; b) prokuratura; v) ichki ishlar vazirligi va uning organlari; g) adliya vazirligi; d) milliy xavfsizlik xizmati Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling