Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati “Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda obyektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko‘rsatishini anglatadi. Moliyaviy tizim doirasida moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish har doim muayyan bir maqsadlarga erishishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ma’lum bir tarzda boshqaruv tizimini tashkil etishni taqozo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko‘rinishda boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadga yo‘naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |