Davlatning monopoliyaga qarshi faoliyati


Download 136.5 Kb.
bet1/5
Sana26.01.2023
Hajmi136.5 Kb.
#1124919
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1739 Monopoliya


Davlatning monopoliyaga qarshi faoliyati


Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi ma’lum o’rinni tutib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga dunyodagi turli xil iqtisodiy tizimlar bir-biridan iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlat va bozor rolini nisbati bo’yicha keskin farq qiladi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko’proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali tartiblashga ustunlik qiladi. Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi rolini cheklash va uni tartiblashda bozor mexanizmidan foydalanish masalasi A. Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning “ Xalqaro boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A. Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozor davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishlari zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bunda bnozor vositasida tartibga solish , har qanday chetdan aralashishlarsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir- oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib qoidalari milliy iste’molchilarga zarar keltirishi mumkin. Xaqiqatdan ham importga boj to’lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib,ularning chet ellik sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobilyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatdaishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo’lgan milliy iste’molchilar yutqazadi.
Davlatning iqtisodiyotfdagi rolini oshirish masalasi Djon M. Keynsning : Ish bilan bandlik, protsent va pulning umumiy nazariyalari” nomli kitobida o’z aksini topdi (1936 yil). Bu kitobda muallif davlat fiscal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini ifodalaydi
Bozor xo’jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatlaridagi tadbirlar tizimidan iborat bo’ladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’yektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va capital to’planishi ma’lum darajaga erishganda vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanishda qiyinchiliklar o’sib va ziddiyat;ar to’planib borishi bu imkoniyatlarni haqiqatga aylantirishni zarur qilib qo’yadi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo’llab quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin.
Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mustahkamlash ( mamlakat ichida va xalqaro maydonda) va o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular tarkibiga, iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo’jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish; atrof muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin. Bozor xo’jaligi sharoitida davlatningiqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo’lishdir. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • Bozor tizimini samarali amal qilishiga imkon yaratuvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni yaratish;

  • Raqobatni himoya qilish.

Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy qoidalaridan kelib chiqadi:

  • Daromad va boylikni qayta taqsimlash;

  • Resurslarni qayta taqsimlash;

  • Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni inflyatsiya va bandlik darajasi ustidan nazorat o’tkazish va iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish.

Davlatning huquqiy asosni ta’minlash vazifasiga ko’ra, xususiy korxonalarga huquqiy maqomini berish, xususiy mulkchilik huquqini aniqlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash, korxonalar, resurslar, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarni qonuniy tartibga soluvchi qonunlar, bitimlar va shu kabilarni ishlab chiqishdan iborat. O’zbekiston Respublikasida mustaqillikga erishgandan so’ng mulklarni o’z egalariga berish, ya’ni xususiylashtirish keng amalga oshirildi. Xususiylashtirish jarayoning qanday amalga oshirilishi, mulk davlat tasarrufidan chiqanida uni qanday mulkchilik shaklida faoliyat yuritishi, mulkdorlarni himoya qiluvchi, endigina xususiylashtirilgan korxona, tashkilotlarni o’z faoliyatini tiklab olish uchun barcha sharoiylarning yaratilishi qonun, xujjatlar bilan tasdiqlangandir. Va xatto, bu vazifalarni bajarish uchun mas’ul Davlat Mulk Qo’mitasi ham tashkil etilgandir.
Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta’minlash o’z ichiga mamlakat ichida ichki tartib va barqarorlikning bo’lishi, mahsulot sifati va og’irligini o’lchashga andozalar belgilash tovarlar va xizmatlar ayirboshlanishini yengillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga kiritish kabilarni o’z ichiga oladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotining asosiy belgilaridan biri deb ta’riflasak ham bo’ladi. Raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchilar doimo xaridorlar yoki iste’molchilarning ehtiyojlarini oldindan bilib, ularning moliyaviy ahvoliga mos mahsulot ishlab chiqarilishini talab qiladi. Bundan bizga ma’lum bo’ladiki, demak raqobat sharoiti ishlab chiqaruvchilarni xaridorlarga bo’ysunishiga olib kelar ekan. Raqobat sharoitida ko’plab xaridorlar bildirgan talab va sotuvchilarning taklifi bozor narxlarini belgilaydi. Raqobat sharoitida xaridorlar shox, ishslb chiqaruvchilar ularning xizmatkoridir. Ammo monopoliyada aksincha jarayon kuzatiladi. Ya’ni endi bozor xaridorlarning hohish istagi emas, balki ishlab chiqaruvchining xoxish istagi asosida amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda monopol hukumdor, xaridor unga bo’ysunuvchidir.

Download 136.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling