Davlatning narx siyosatini iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug’iga ko’ra tahlil qilish. Reja
Naflik va chekli naflik, chekli naflikni kamayish qonuni
Download 209.18 Kb.
|
Davlatning narx siyosati
Naflik va chekli naflik, chekli naflikni kamayish qonuni
Reja: Naflik tushunchasi 2.Chekli naflik nimani anglatadi 3. Chekli naflik qonuni Naflilik — moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi ya’ni tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs oladigan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. Naflik darajasi — subʼyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga — ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har qanday neʼmatlarning naflik darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq. Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari sifatini yaxshilash lozim.Masalan , buyumning sifati yaxshilanib xizmat qilish muddati 2 marta ortsa, uning nafliligi 2 marta ortib, oldingisiga nisbatan 2 marta koʻproq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham iqtisodiy oʻsishning muhim omili mahsulot sifati va uning naflik darajasini oshirishdir. Ayrim tovarlardan qoniqish yakka qoniqishdir, ammo tovarlarni isteʼmol etishda umumiy qoniqish ham paydo boʻladi. Umumiy naflik — isteʼmol qilinadigan boyliklarning barcha tarkibiy qismlari boʻyicha nafliligidir. Umumiy naflik tovarlar guruhiga daxldor va kishilar talabini tez oʻzgartiradi. Umuman olganda tovarlar xilma-xil boʻlganda naflik pasayishga moyil boʻladi. Tovarlarning naf keltirish xususiyati — isteʼmol etish jarayonida isteʼmolchida qoniqish hosil eta olishi, yaʼni xaridorning individual didiga qarab ehtiyojni qondira olishidir. Tovarning naf keltirishi qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik narxning qiymatdan uzilishi ham yuz beradi. Ammo bunday hol kam uchraydi, chunki tovarlar gʻoyat koʻp boʻlganidan ayrim tovarlar nafliligi oʻta yuqori boʻlmaydi, oʻrinbosar tovarlardagi naflik uni tutib turadi. Narxning tovar nafliligiga monand oshib borishi cheksiz emas. Chunki naf keltirish meʼyorining ham eng oxirgi chegarasi boʻladi. Shu chegaradan oʻtgach, tovarning nafligi pasaya boradi. Shundan soʻng , xarid etilgan va isteʼmol qilingan tovar nafligi pasayadi. Chunki, xarid narxining cheklanganligi tufayli xaridor oʻz qoʻlidagi puliga yuksak qoniqish hosil qiladigan tovarlarni oladi. Bu nafning yuqori nuqtasi ya’ni maksimizatsiyasi deyiladi. Bozor sharoitida isteʼmol tanlovining asosiy chegaralari tovarning narxi va isteʼmolchining daromadi hisoblanadi. Shu sababli, nafaqat tovarning nafliligi, balki nafning mazkur tovar narxi bilan nisbati ham ahamiyatga ega. Bunday nisbat chamalangan meʼyoriy naflik deyiladi. Jamiyat rivojlanishida moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning naflik juda muhim masala boʻlganidan iqtisodiy tafakkur tarixida obʼyektiv va subʼyektiv nuqtai nazarlarda turadigan bir qancha naflik nazariyalari paydo boʻldi. Naflik muammosiga siyosiy iqtisoddagi avstriya maktabi vakillari E. Byom-Baverk, F. Vizer, K. Menger, shuningdek, G.Gossen va boshqa katta eʼtibor berganlar. Ularning fikricha, kishilar neʼmatlarni naflikga ega boʻlgani uchungina qadrlaydilar, isteʼmolchi nazarida qadrli boʻlgan narsagina qadr-qimmatga egadir. Kishilar muayyan tovarlarni qadrlaganlarida uning faqat obʼyektiv yoki subʼyektiv naflikni ya’ni uni isteʼmol etishdan olinadigan qoniqishni, nafni hisobga olish bilan cheklanmasdan, uning mehnat natijasi ekanligi, ijtimoiy mehnatning mujassam ekanligini, yaʼni muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligini ham hisobga oladilar, tovarni obʼyektiv naflik va ijtimoiy qiymat birligidan iborat mahsulot sifatida qadrlaydilar. Neʼmatning suʼyektiv qadr-qimmati uning obʼyektiv qadr-qimmatining , obʼyektiv nafligi va ijtimoiy qiymati birligining insoniy ehtiyoj, farovonlik nuqtai nazaridan qadrlanadigan subʼyektiv ahamiyatidir Chekli naflilik (Mariginal utility) – bir birlik qo‘shimcha iste’mol natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilikdir. CHekli naflik - bu naflik funktsiyasidan biror bir ne’mat o’zgaruvchisi bo’yicha olingan xususiy hosiladir. , bu yerda - -ne’mat miqdori; - -ne’mat bo’yicha chekli naflik. CHekli naflik - bu biror ne’matdan qo’shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida (boshqa ne’matlar iste’moli o’zgarmaganda) iste’molchi tomonidan olinadigan qo’shimcha naf. Odatda, biror-bir ne’matni iste’mol qilish oshganda (boshqa ne’matlar iste’moli hajmi o’zgarmaganda), umumiy naflik o’sadi. Demak chekli naflik musbat. . Lekin, shu bilan birga, biror-bir ne’matdan har bir birlik qo’shimcha iste’mol (boshqa ne’matlar iste’molga hajmi o’zgarmaganda) oldingisiga nisbatan kamroq naf beradi va ne’matning bu xususiyatiga chekli naflikning kamayish qonuni deyiladi. Matematik tilda bu naflik funktsiyasining ikkinchi tartibli hosilasi noldan kichik degani: .Talabni aniqlashning asosida chekli nafligining kamayish qonuni yotadi. Ma’lumki, iste’molchi uchun ne’matning chekli nafligi kamayib boradi va ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha birlik mahsulot sotishlari uchun ne’mat narxini pasaytirishlari kerak bo’ladi. Umumiy naflik bilan chekli naflikning o’zgarishi quyidagi rasmda keltirilgan. Umumiy naflik va chekli naflikning o’zgarishi ko’rinib turibdiki, ne’mat miqdori ning oshishiga, umumiy naflik ning oshishi to’g’ri keladi (a-rasm). Ne’mat miqdori oshganda umumiy naf oshgani bilan, chekli naf ( - har bir qo’shimcha birlik ne’matning nafi) kamayib boradi (b-rasm). Maksimal naflik nuqtada erishilganda, bu nuqtada chekli naflik ( ) nolga teng bo’ladi. Iste’molchining eng yaxshi iste’mol ne’matlar majmuini tanlashini, ne’matlar turi ikkita bo’lgan hol uchun qaraymiz. Umuman olganda bu tahlilni keskin darajada cheklamaydi. CHekli almashtirish normasi. Befarqlik egri chizig’ining pastga tomon yotiqligi ne’matni ne’mat bilan chekli almashtirish normasini ifodalaydi. CHekli almashtirish normasi odatda bilan belgilanadi. CHekli almashtirish normasi ning miqdori gorizontal o’q bo’yicha ifodalangan ne’matning bir birligi uchun, vertikal o’q bo’yicha ifodalangan ne’matning qancha miqdoridan voz kechish mumkinligini ko’rsatadi. Daromad samarasi va uning iste’molchi talabiga ta’siri. Iste’molchi bozorda o’ziga ma’qul bo’lgan ishni qiladi. Ammo uning harakatini cheklaydigan omillar ham bor.Bu uning daromadi, xarid qobilyati va bozor narxidir. U hamyoniga qarab o’zining talab – ehtiyojini imkoni boricha ko’proq qondiradigan tovarlarni xarid qiladi. Iste’molchining nimani afzal ko’rishi birinchi navbatda uning daromadiga, ya’ni xarid qobilyatiga bog’liq. Xaridor say xarakatining umumiy qoidasi bor: cheklangan daromad sharoitida tovarlar xaridi xaridorga eng yuqori darajada nafli bo’lishi shart. O’z didiga binoan xaridor tovarni xush ko’radi yoki qadrlamaydi, binobarin, narx past bo’lgani bilan tovar xarid qilinmasligi yoki narx yuqori bo’lgani holda baribir sotib olinishi mumkin. Tovar arzon bo’lgani bilan puli yo’q odam unga talab bildirmaydi.Aksincha, tovar qimmat bo’lsada, puldor odam uni sotib olishi mumkin, shu o’rinda bir maqolni keltirish o’rinli: “tuya bir tanga, qani bir tanga, tuya ming tanga mana ming tanga”. Download 209.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling