Davlatning tashqi funksiyalari bajardi: Mamadiyev a qabul qildi: Kunisheva n angren 2023
Download 198.5 Kb.
|
DAVLATNING TASHQI FUNKSIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning asosiy tashqi funksiyalariga quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz
- Davlatlararo iqtisodiy hamkorlikda
Ekologik funksiya. Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi ko‘proq darajada ekologik xavfsizlik muammosi sifatida tushunilmoqda. Shundan kelib chiqib, aytish kerakki, biz davlat ekologik funksiyasining quyidagi ta’rifini taklif qilishni lozim topdik: davlatning ekologik funksiyasi deganda, jamiyatning talab va ehtiyojlarini yanada to‘liqroq ta’minlash va jamiyat a’zolarining yashash sharoitlari, mehnat va dam olishini yaxshilash, atrof tabiiy muhitni muhofaza etish vazifalarini hal qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni tiklash va ko‘paytirishga oid faoliyati tushuniladi.
Davlatning asosiy tashqi funksiyalariga quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz: boshqa davlatlar bilan hamkorlik funksiyasi mudofaa funksiyasi Boshqa davlatlar bilan hamkorlik – bu ushbu davlatning manfaatlarini barcha davlatlarning alohida va umumiy manfaatlari bilan uyg‘unlashtiradigan teng huquqli iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan davlatning xilma-xil faoliyatidir. Jamiyat rivojlanishining zamonaviy darajasi barcha taraqqiy etgan davlatlarning xo‘jalik, siyosiy va madaniy turmushini integratsiyalashtirish, har bir davlatning alohida ichki muammolari hamda butun jahon hamjamiyati muammolarini yanada samarali hal qilish uchun ularning umumiy sa’y-harakatlarini birlashtirishni obyektiv ravishda talab etadi. Bunday hamkorlik integratsiya masalalariga keng va o‘zaro foydali yondashuvni, nafaqat ushbu mamlakat, balki hamkorlikning boshqa ishtirokchilari manfaatlariga ham javob beradigan ratsional yechimlarni umumiy harakatlar bilan topa bilishni nazarda tutadi. Davlatlararo iqtisodiy hamkorlikda xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni kooperatsiyalashtirish va ixtisoslashtirish, eng yangi texnologiyalarni almashish, tovar aylanishini muvofiqlashtirish, moliya-kredit aloqalarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni umumiy muvofiqlashtirishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari amalga oshiradi. Jumladan, BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi tarkibida jahon hamjamiyati miqyosida davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish bilan shug‘ullanadigan qator organlar ish olib boradi, bular: Savdo-sotiq va rivojlanish kengashi, Iqtisodiy komitet, mintaqaviy iqtisodiy komissiyalar, turar joy masalasi, qurilish va loyihalash, tabiiy resurslar, fan va texnika komitetlari. Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalari bilan BMTning Xalqaro mehnat tashkiloti, oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki singari va boshqa tashkilotlari shug‘ullanadi. Hududiy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan davlatlar hamjamiyati doirasida iqtisodiy hamkorlik samarali amalga oshirilmoqda. Bunga Yevropa hamjamiyatini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu hamjamiyatning maqsadi iqtisodiy, siyosiy va harbiy sohalarda har tomonlama hamkorlikka erishish; barqaror va bir maromda rivojlanish; aholi turmush darajasini tezroq oshirish; bu hamjamiyatga kiruvchi davlatlarning xalqlari o‘rtasida yanada yaqin aloqalar o‘rnatish hisoblanadi. Bu davlatlar savdo-sotiq sohasida mavjud bo‘lgan barcha o‘zaro cheklovlarni olib tashlash, uchinchi mamlakatlar bilan savdo-sotiqda umumiy bojxona tarifini joriy qilish, odamlar, sarmoyalar va xizmatlar erkin harakat qilishi uchun to‘siqlarni olib tashlash, transport, energetika va xo‘jalik sohalarida umumiy siyosat olib borish, umumiy raqobat qoidalarini o‘rnatish va boshqa masalalar bo‘yicha kelishib oldilar. Yevropa hamjamiyati o‘zi yaqin hamkorlik qiladigan boshqa qit’alardagi mamlakatlar bilan qator konvensiyalar tuzdi. So‘nggi vaqtda Yevropa hamjamiyati a’zolari iqtisodiy-valyuta va siyosiy ittifoqlar tuzish haqidagi yangi shartnomalarni ma’qulladilar. Hamjamiyat doirasida vazifasi umumiy iqtisodiy va ijtimoiy siyosat tadbirlarini moliyalashtirishdan iborat bo‘lgan qator kredit muassasalari (Yevropa investitsiya banki, Yevropa taraqqiyot banki va boshqalar) faoliyat ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy hamkorlik shuningdek davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar asosida ham amalga oshirilmoqda. Biroq, bunday hamkorlik faqat ushbu davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlari bilangina chegaralanadi. Download 198.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling