Daʼvogar Ye. E. Episkop javobgar Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi


Download 147.81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.11.2020
Hajmi147.81 Kb.
#153981
Bog'liq
njfpk


KАZUS 

 

Daʼvogar  Ye.E.Episkop  javobgar  Oʼzbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi 



huzuridagi  Majburiy  ijro  byurosi  Nukus  shahar  boshqarmasiga  nisbatan  buyruqni 

bekor qilish va ishga tiklash haqidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etgan. 

Javobgar vakili ish yuritishni tugatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi. 

 

Ish sudda koʼrilgach, quyidagi mazmunda hal qiluv qarori chiqarilgan: 



 

QАROR QILАDI: 

 

Daʼvogar Yevgeniy Yepiskop Yenaevich javobgar Oʼzbekiston Respublikasi Bosh 



prokuraturasi  huzuridagi  Majburiy  ijro  byurosi  Nukus  shahar  boshqarmasiga 

nisbatan  buyruqni  bekor  qilish  va  ishga  tiklash  toʼgʼrisidagi  daʼvo  arizasi  − 

qanoatlantirilsin. 

Majburiy  ijro  byurosi  Nukus  shahar  boshqarmasining  2019  yil  27  yanvardagi 

daʼvogar  Ye.E.Episkopni  lavozimidan  ozod  qilish  haqidagi  99-sonli  buyrugʼi 

gʼayriqonuniy deb topilsin va bekor qilinsin. 

Daʼvogar Daʼvogar Yevgeniy Yepiskop Yenaevich Oʼzbekiston Respublikasi Bosh 

prokuraturasi  huzuridagi  Majburiy  ijro  byurosi  Nukus  shahar  boʼlimiga  elektr-

energiya  va  tabiiy  gazdan  foydalanish  tartibini  nazorat  qilish  shoʼʼbasi  davlat 

inspektori lavozimiga ishga tiklansin.  

Javobgar  Oʼzbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  huzuridagi  Majburiy  ijro 

byurosi  Nukus  shahar  boshqarmasi  Daʼvogar  Yevgeniy  Yepiskop  Yenaevich 

foydasiga  


Hal qiluv qaroridan norozi tomonlar 20 kun muddat ichida shu sud orqali fuqarolik 

ishlari  boʼyicha  Qashqadaryo  viloyat  sudiga  apellyatsiya  tartibida  yoki  olti  oy 

muddat  ichida  kassatsiya  tartibida  shikoyat  qilishga,  prokuror  protest  keltirishga 

haqli. 


 

 

 



Raislik qiluvchi:   

 

(imzo) 



 

 FIO 


Nusxasi asliga toʼgʼri, sudьya   imzo)  FIO 

 

 



Аmmo hal qiluv qarori ustidan daʼvogar Ye.E.Episkop sudga darhol ariza berib, hal 

qiluv qarorining qaror qismiga ikkita masalani qoʼshishni soʼraydi:  

• 

“Hal  qiluv  qarorining  ishga  tiklash  qismi  darhol  ijro  etilishi  lozim”ligini 



kiritib berishni; 

• 

Tashkilot aybi bilan majburiy bekor yurganlik uchun daʼvogarga yetkazilgan 



olti oylik zararni MIB hisobidan undirib berish majburiyatini yuklashni qoʼshishni. 

 

SАVOL??? 



 

• 

Daʼvogar Ye.E.Episkop arizasiga sudьya qanday javob beradi? 



• 

Ish boʼyicha sud xarajatlarini undirish masalasini tahlil qiling. 

• 

Hal  qiluv  qarori  ijrosini  taʼminlash  yuzasidan  qanday  harakatlar  amalga 



oshiriladi? 

• 

Byuro va uning xodimlari oʼrtasidagi mehnat shartlari va ijtimoiy kafolatlarni 



belgilab beruvchi lokal xujjat Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 

maydagi PQ-3016 sonli “Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi 



majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi qarori va ushbu qaror 

bilan  tasdiqlangan  “Oʼzbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  huzuridagi 

majburiy ijro byurosida xizmatni oʼtash toʼgʼrisida”gi Nizom bilan tanishing, 2020 

yil 01 avgust holatiga koʼra Byuroda qanday islohotlar amalga oshirildi? 

• 

Daʼvo arizasini qanoatlantirishga asos boʼlgan dalillarni koʼrsating. 



• 

Sudga murojaat qilgan javobgar vakilining eʼtirozlarini tahlil qiling. 

• 

“Ishga  tiklash  va  majburiy  bekor  yurganlik  oqibatida  yetkazilgan  zararni 



undirish haqida”gi daʼvo arizasi loyihasini tayyorlang. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

 

Yechim 



 

QАROR QILАDI: 

 

Daʼvogar Yevgeniy Yepiskop Yenaevich javobgar Oʼzbekiston Respublikasi Bosh 



prokuraturasi  huzuridagi  Majburiy  ijro  byurosi  Nukus  shahar  boshqarmasiga 

nisbatan  buyruqni  bekor  qilish  va  ishga  tiklash  toʼgʼrisidagi  daʼvo  arizasi  − 

qanoatlantirilsin. 

Majburiy  ijro  byurosi  Nukus  shahar  boshqarmasining  2019  yil  27  yanvardagi 

daʼvogar  Ye.E.Episkopni  lavozimidan  ozod  qilish  haqidagi  99-sonli  buyrugʼi 

gʼayriqonuniy deb topilsin va bekor qilinsin. 

Daʼvogar Daʼvogar Yevgeniy Yepiskop Yenaevich Oʼzbekiston Respublikasi Bosh 

prokuraturasi  huzuridagi  Majburiy  ijro  byurosi  Nukus  shahar  boʼlimiga  elektr-

energiya  va  tabiiy  gazdan  foydalanish  tartibini  nazorat  qilish  shoʼʼbasi  davlat 

inspektori lavozimiga ishga tiklansin 

 

 

 



Bizga taqdim etilgan muammoli vaziyatda hal qiluv qarori ustidan daʼvogar 

Ye.E.Episkop  sudga  darhol  ariza  berib,  hal  qiluv  qarorining  qaror  qismiga  ikkita 

masalani qoʼshishni soʼraydi:  

1. “Hal qiluv qarorining ishga tiklash qismi darhol ijro etilishi lozim”ligini kiritib 

berishni soraydi.  

 Fuqarolik  Protsessual  kodeksining  260  Ish  bo‘yicha  hal  qiluv  qarori  o‘qib 

eshittirilganidan keyin shu qarorni qabul qilgan sudning o‘zi uni bekor qilishga yoki 


o‘zgartirishga haqli emas, sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarori 

va yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorini bekor 

qilish bundan mustasno. 

 Fpk 251 Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  qanday  holatlar  aniqlanganligini  va  qandaylari 

aniqlanmaganligini,  bu  ish  bo‘yicha  qanday  qonun  yoki  boshqa  qonun  hujjati 

qo‘llanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki 

lozim emasligini aniqlaydi. 

Sud,  shuningdek  sud  xarajatlarini  ham  taqsimlaydi,  hal  qiluv  qarorini  ijro  etish 

muddati va tartibini belgilaydi, boshqa qo‘shimcha masalalarni hal qiladi. 

Agar  ish  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  yangi  holatlarni  aniqlash  yoki  yangi 

dalillarni tekshirish zarur bo‘lib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul qilmasdan, sud 

muhokamasini tiklaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi 

faqat qo‘shimcha tekshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlar doirasida olib borilad 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2019-yil  24-maydagi  12-sonli 

“Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 16-bandining uchinchi xatboshisi, Hal 

qiluv qarorini ijro qilishda qiyinchiliklar tug‘dirmasligi uchun, sud tomonidan FPK 

251-moddasida ko‘rsatilgan boshqa masalalar ham hal qilinishi lozim. O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2018-yil  19-maydagi  14-sonli  “Birinchi 

instansiya  sudi  tomonidan  fuqarolik  protsessual  qonun  normalarini  qo‘llashning 

ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi ikkinchi xatboshisi. Qidiruv ishi 

bo‘yicha qilingan xarajatlarni undirish masalasi sud tomonidan FPK 251-moddasiga 

muvofiq hal qiluv qarori qabul qilinayotganda hal etiladi. 

 Fpk  255  Sud  hal  qiluv  qarorini  ijro  etishning  muayyan  tartibi  va  muddatini 

belgilagan yoki hal qiluv qarori darhol ijro etilishini zarur deb topgan yoxud uning 

ijrosini  taminlashga  doir  choralar  ko‘rgan  hollarda,  bu  haqda  hal  qiluv  qarorida 

ko‘rsatiladi. 


260-modda. Ish bo‘yicha hal qiluv qarori o‘qib eshittirilganidan keyin shu qarorni 

qabul qilgan sudning o‘zi uni bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli emas, sirtdan 

ish  yuritish  tartibida  qabul  qilingan  hal  qiluv  qarori  va  yangi  ochilgan  holatlar 

bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorini bekor qilish bundan mustasno. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2019-yil  24-maydagi  12-sonli 

“Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 25-bandi. Hal qiluv qarori, darhol 

ijro etish holatlaridan tashqari, u qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ijroga qaratiladi 

(FPK 266-moddasi). 

Hal  qiluv  qarori  qonun  bo‘yicha  (FPK  266-moddasi)  darhol  ijro  etilishi  lozim 

bo‘lgan hollarda yoki hal qiluv qarorining darhol ijroga qaratilishi sud tomonidan 

yo‘l  qo‘yilgan  bo‘lsa  (FPK  267-moddasi),  bu  haqda  hal  qiluv  qarorining 

asoslantiruvchi va xulosa qismida ko‘rsatiladi. Sudning havolasi bo‘yicha hal qiluv 

qarorini  darhol  ijroga  qaratish  zaruriyati, hal  qiluv qarorining  ijrosini  kechiktirish 

undiruvchi uchun ko‘p zarar keltirishi mumkin bo‘ladigan yoki ijro etish mumkin 

bo‘lmay  qoladigan  holatlar  keltirilgan  holda  asoslantirilishi  lozim  (masalan, 

davogarga undirilgan mulkning yo‘qotilishi yoxud begonalashtirilishi). 

Zarur  hollarda  sud,  davogarning  roziligi  bilan  sudning  hal  qiluv  qarori  bekor 

qilinganda,  uning  qaytarma  ijrosini  taminlash  choralarini  ko‘rishi  mumkin  (FPK 

106-moddasi). 

Sud hal qiluv qarorini darhol ijroga qaratish masalasini u qabul qilinganidan so‘ng 

ham, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda sud majlisida ko‘rib 

chiqishi  mumkin.  Biroq,  ularning  kelmaganligi  ushbu  masalani  hal  qilish  uchun 

to‘sqinlik qilmaydi. 

Hal qiluv qarorini darhol ijroga qaratish haqidagi ajrim maslahatxonada chiqariladi 

va ishga qo‘shib qo‘yiladi. 

Fpk  265  Sudning  hal  qiluv  qarori  qonuniy  kuchga  kirganidan  keyin  ijro  etiladi, 

bundan  darhol  ijro  etish  hollari  mustasno.  266  modda  4  mehnat  shartnomasi 

g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa 



ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi, shuningdek mehnat 

shartnomasini  bekor  qilish  asoslarining  tarifini  o‘zgartirish  to‘g‘risidagi; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2019-yil  24-maydagi  12-sonli 

“Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 25-bandi, Hal qiluv qarori, darhol 

ijro etish holatlaridan tashqari, u qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ijroga qaratiladi 

(FPK  266-moddasi).  Muammoli  vaziyatda  Yepiskop  sudg  davo  arizasi  bilan 

murojaat qilgan.  

Keyingi o`rinda, ishning fuqarolik ishlari bo`yicha sudga tegishlimi yoki  

yoqmi  shu  masalani  ko`rib  chiqamiz.  Fuqarolik  Prostsessual  kodeksining  26  -

moddsiga binoan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir: 

1) fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to‘g‘risidagi va boshqa  

munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha ishlar, agar taraflardan hech  

bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish  

boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno

2) Fuqarolik Protsessual Kodeksida sanab o‘tilgan alohida tartibda  

yuritiladigan ishlar; 

3) Fuqarolik Protsessual Kodeksida ko‘rsatilgan va buyruq tartibida hal  

etiladigan ishlar; 

4) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish  

to‘g‘risidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish  

uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar; 

5) chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudl arining  

(arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi  

ishlar. 


6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining  

mamuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan  

qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi)  

yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar. 

Demak, ko`rinib turibdiki ish Fuqarolik ishlari bo`yicha sudga tegishli. 

Bizga taqdim etilgan keyingi vaziyatda: “Hal qiluv qarorining ishga  

tiklash qismi darhol ijro etilishi lozim”ligini kiritib berishni soraydi. Fuqarolik  

Protsessual kodeksining 260-moddasiga muvofiq, Ish bo‘yicha hal qiluv qarori  

o‘qib eshittirilganidan keyin shu qarorni qabul qilgan sudning o‘zi uni bekor  

qilishga yoki o‘zgartirishga haqli emas, sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan  

hal qiluv qarori va yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal  

qiluv qarorini bekor qilish bundan mustasno.  

Bundan tashqari Fuqarolik Protsessual kodeksining 25-moddasiga  

muvofiq, Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish  

uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari  

aniqlanmaganligini, bu ish bo‘yicha qanday qonun yoki boshqa qonun hujjati  

qo‘llanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki  

lozim emasligini aniqlaydi. 

Sud, shuningdek sud xarajatlarini ham taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro  

etish muddati va tartibini belgilaydi, boshqa qo‘shimcha masalalarni hal qiladi. 

Agar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatlarni aniqlash yoki  

yangi dalillarni tekshirish zarur bo‘lib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul  

qilmasdan, sud muhokamasini tiklaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda  


sud muhokamasi faqat qo‘shimcha tekshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlar doirasida  

olib boriladi. 

Bunga qo`shimcha ravishda, Hal qiluv qarorini ijro qilishda qiyinchiliklar  

tug‘dirmasligi uchun, sud tomonidan FPK 251-moddasida ko‘rsatilgan boshqa  

masalalar ham hal qilinishi lozim 

Hal  qiluv  qarori  qonun  bo‘yicha  (FPK  266-moddasi)  darhol  ijro  etilishi  lozim 

bo‘lgan hollarda yoki hal qiluv qarorining darhol ijroga qaratilishi sud tomonidan 

yo‘l  qo‘yilgan  bo‘lsa  (FPK  267-moddasi),  bu  haqda  hal  qiluv  qarorining 

asoslantiruvchi va xulosa qismida ko‘rsatiladi. Sudning havolasi bo‘yicha hal qiluv 

qarorini  darhol  ijroga  qaratish  zaruriyati, hal qiluv qarorining  ijrosini  kechiktirish 

undiruvchi uchun ko‘p zarar keltirishi mumkin bo‘ladigan yoki ijro etish mumkin 

bo‘lmay  qoladigan  holatlar  keltirilgan  holda  asoslantirilishi  lozim  (masalan, 

davogarga undirilgan mulkning yo‘qotilishi yoxud begonalashtirilishi). 

Zarur  hollarda  sud,  davogarning  roziligi  bilan  sudning  hal  qiluv  qarori  bekor 

qilinganda,  uning  qaytarma  ijrosini  taminlash  choralarini  ko‘rishi  mumkin  (FPK 

106-moddasi). 

Sud hal qiluv qarorini darhol ijroga qaratish masalasini u qabul qilinganidan so‘ng 

ham, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda sud majlisida ko‘rib 

chiqishi  mumkin.  Biroq,  ularning  kelmaganligi  ushbu  masalani  hal  qilish  uchun 

to‘sqinlik qilmaydi. 

Hal qiluv qarorini darhol ijroga qaratish haqidagi ajrim maslahatxonada chiqariladi 

va ishga qo‘shib qo‘yiladi.  

O‘zbekiston  Respublikasining  29.08.2001-yildagi  “Sud  hujjatlari  va  boshqa 

organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 30, 65, 72-moddalari.  

2-savol 41-modda. Davlatga sud xarajatlarining o‘rnini qoplash 


Ishni  ko‘rish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  va  davogar  to‘lashdan  ozod  qilingan  sud 

chiqimlari hamda davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan 

qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi. 

Arz  qilingan  talablarni  qanoatlantirish  rad  etilgan  taqdirda  sudning  ishni  ko‘rish 

bilan bog‘liq chiqimlari davogardan davlat daromadiga undiriladi. 

Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan, javobgar esa sud xarajatlarini 

to‘lashdan ozod qilingan bo‘lsa, sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlari sud 

xarajatlarini  to‘lashdan  ozod  qilinmagan  davogardan  talablarining  rad  etilgan 

qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi. 

Agar har ikki taraf ham sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilingan bo‘lsa, sudning 

ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlari davlat hisobiga o‘tkaziladi. 

Javobgarni qidirish ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda elon 

qilingan taqdirda, sud qidiruv ishi bo‘yicha qilingan xarajatlarni javobgardan davlat 

daromadiga undiradi. 

Davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan davogar tomonidan taqdim etilgan davo to‘liq 

yoki qisman qanoatlantirilganda, davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning 

qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi. 

Davlat  bojini  to‘lashdan  ozod  qilingan  bir  necha  davogarlar  tomonidan  bir  necha 

javobgarlarga nisbatan taqdim etilgan davo to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganda, 

davlat boji har bir javobgardan alohida, undan undirilgan summadan kelib chiqqan 

holda davlat foydasiga undiriladi. 

Tushuntirilsinki,  davogar  arz  qilgan  talablaridan  voz  kechganda  u  qilgan 

xarajatlarning o‘rni javobgar tomonidan qoplanmaydi. 

Davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan davogar o‘z davo talablaridan ular javobgar 

tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganligi oqibatida voz 

kechganligi sababli ish yuritish tugatilgan hollarda, davlat boji javobgardan davlat 



daromadiga  undiriladi.  (“Davlat  boji  to‘g‘risida”gi  Qonun  19-moddasining  o‘n 

beshinchi qismi) 

Sudlarning  etibori  shunga  qaratilsinki,  “Davlat  boji  to‘g‘risida”gi  Qonun  19-



moddasining  yettinchi  qismiga  muvofiq  ishni  sud  muhokamasiga  tayyorlash 

muddati  tugagunga  qadar  davogar  davodan  voz  kechganligi  munosabati  bilan 

alimentlarni  undirish  to‘g‘risidagi  ish  bo‘yicha  ish  yuritish  tugatilgan  holda, 

javobgardan davlat  boji  undirilmaydi.  Sud  xarajatlari davlat  boji  va  ishni  koʼrish 

bilan bogʼliq chiqimlardan iborat boʼladi 130-modda. Daʼvoning bahosini belgilash 

tartibi 


Daʼvoning bahosi daʼvogar tomonidan koʼrsatiladi. Daʼvogar koʼrsatgan baho talab 

qilinayotgan  mol-mulkning  haqiqiy  qiymatiga  muvofiq  emasligi  yaqqol  boʼlsa, 

daʼvoning bahosini sudьya belgilaydi. 

Daʼvo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin boʼlsa, davlat bojining 

miqdorini sudьya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish chogʼida 

sud  belgilagan  daʼvo  bahosiga  muvofiq,  davlat  bojining  toʼlanmagan  qismi 

undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi. 

Bundan  tashqari  ushbu  holotda  FPKning  13-bobi  132-moddasida  ishni  korish 

chogidagi chiqimalar belgilangan bolib quydagilar shular jumlasidandir: 

1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga toʼlanishi lozim boʼlgan 

summalar; 

2) joyida koʼzdan kechirish bilan bogʼliq boʼlgan xarajatlar; 

3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish 

uchun qilingan xarajatlar; 

31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʼliq pochta xarajatlari; 

4) sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida oʼtkazish bilan bogʼliq xarajatlar; 



5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar. 

Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy 

hisoblash  miqdorining  oʼndan  bir  qismidan  oshmasligi  kerak  va  sudning  depozit 

hisobvaragʼiga kiritilishi lozim. 

 

3-savolga javob 



266-modda. Darhol ijro etilishi lozim boʼlgan hal qiluv qarorlari 

Sudning quyidagi: 

1) alimentlar undirish toʼgʼrisidagi; 

2)  xodimga  uch  oylik  ish  haqidan  ortiq  boʼlmagan  ish  haqini  undirib  berish 

toʼgʼrisidagi; 

3)  mayib  boʼlganlik  yoki  sogʼliqqa  boshqacha  tarzda  shikast  yetkazilganligi, 

shuningdek boquvchisi vafot etganligi natijasida koʼrilgan zararning oʼrnini qoplash 

uchun toʼlovlar undirish toʼgʼrisidagi; 

4)  mehnat  shartnomasi  gʼayriqonuniy  ravishda  bekor  qilingan  xodimni  yoki 

gʼayriqonuniy  ravishda  boshqa  ishga  oʼtkazilgan  xodimni  avvalgi  ishiga  tiklash 

toʼgʼrisidagi,  shuningdek  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asoslarining  taʼrifini 

oʼzgartirish toʼgʼrisidagi; 

5)  sil  kasalligining  yuqumli  shakliga  chalingan  shaxsni  sil  kasalligiga  qarshi 

kurashish  muassasasining  ixtisoslashtirilgan  boʼlinmasiga  gʼayriixtiyoriy  tartibda 

yotqizish toʼgʼrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish 

toʼgʼrisidagi; 

6) sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar daʼvoni butunlay yoki qisman tan 

olganligiga qarab, toʼliq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar boʼyicha chiqarilgan 

hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak. 


Yuqoridagi kazusda hal qiluv qarorida quydagi ishla amalga oshirilishi kerak bular 

FPKning 266-moddasning 2 va 4 bandlarini darxol ijro qilishi kerak bular; xodimga 

uch oylik ish haqidan ortiq boʼlmagan ish haqini undirib berish toʼgʼrisidagi; mehnat 

shartnomasi  gʼayriqonuniy  ravishda  bekor  qilingan  xodimni  yoki  gʼayriqonuniy 

ravishda  boshqa  ishga  oʼtkazilgan  xodimni  avvalgi  ishiga  tiklash  toʼgʼrisidagi, 

shuningdek  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asoslarining  taʼrifini  oʼzgartirish 

toʼgʼrisidagi; 

 

 



• 

 

Daʼvogar Ye.E.Episkop arizasiga sudьya qanday javob beradi? 



Fuqarolik  protsessual  kodeksining  266-moddasiga  muofiq  mehnat  shartnomasi 

g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa 

ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi, shuningdek mehnat 

shartnomasini bekor qilish asoslarining tarifini o‘zgartirish to‘g‘risida chiqarilgan 

hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak. , Hal qiluv qarori qonun bo‘yicha (FPK 

266-moddasi) darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hollarda yoki hal qiluv qarorining 

darhol ijroga qaratilishi sud tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa (FPK 267-moddasi), 

bu haqda hal qiluv qarorining asoslantiruvchi va xulosa qismida ko‘rsatiladi. Ammo 

Fuqaolik  kodeksining  260-moddasiga  muofiq  Ish  bo‘yicha  hal  qiluv  qarori  o‘qib 

eshittirilganidan keyin shu qarorni qabul qilgan sudning o‘zi uni bekor qilishga yoki 

o‘zgartirishga haqli emas. 

 O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2019-yil  24-maydagi  12-sonli 

“Sudning  hal  qiluv  qarori  haqida”gi  qarori  20-bandining  birinchi  xatboshisi. 

Sudlarning  etibori,  qonunga  ko‘ra  (FPK  260-moddasi)  hal  qiluv  qarori  o‘qib 

eshittirilganidan keyin shu qarorni qabul qilgan sud tomonidan bekor qilinishi yoki 

o‘zgartirilishi mumkin emasligiga qaratilsin. 

Shu  bilan  birga, sud quyidagi hollarda o‘zi qabul qilgan hal  qiluv  qarorini  bekor 

qilishga haqli: 



ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilganda (FPK 286-moddasi); 

qonuniy  kuchga  kirgan  hal  qiluv  qarorini  yangi  ochilgan  holatlar  bo‘yicha  qayta 

ko‘rishda (FPK 443-moddasi); 

fuqaroni  bedarak  yo‘qolgan deb  topish  yoki vafot  etgan deb  elon qilish  haqidagi 

ariza ko‘rilganda (FPK 309-moddasi). 

• 

Hal  qiluv  qarori  ijrosini  taʼminlash  yuzasidan  qanday  harakatlar  amalga 



oshiriladi? 

Fuqarolik  protsessual  kodeksining  266-moddasiga  muofiq  mehnat  shartnomasi 

g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa 

ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi, shuningdek mehnat 

shartnomasini bekor qilish asoslarining tarifini o‘zgartirish to‘g‘risida chiqarilgan 

hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak. , Hal qiluv qarori qonun bo‘yicha (FPK 

266-moddasi) darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hollarda yoki hal qiluv qarorining 

darhol ijroga qaratilishi sud tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa (FPK 267-moddasi), 

bu  haqda  hal  qiluv  qarorining  asoslantiruvchi  va  xulosa  qismida  ko‘rsatiladi. 

Yuqoridagi kazusda hal qiluv qarorida quydagi ishla amalga oshirilishi kerak bular 

FPKning 266-moddasning 2 va 4 bandlarini darxol ijro qilishi kerak bular; xodimga 

uch oylik ish haqidan ortiq boʼlmagan ish haqini undirib berish toʼgʼrisidagi; mehnat 

shartnomasi  gʼayriqonuniy  ravishda  bekor  qilingan  xodimni  yoki  gʼayriqonuniy 

ravishda  boshqa  ishga  oʼtkazilgan  xodimni  avvalgi  ishiga  tiklash  toʼgʼrisidagi, 

shuningdek  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asoslarining  taʼrifini  oʼzgartirish 

toʼgʼrisidagi; 

• 

Byuro va uning xodimlari oʼrtasidagi mehnat shartlari va ijtimoiy kafolatlarni 



belgilab beruvchi lokal xujjat Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 

maydagi PQ-3016 sonli “Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi 

majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi qarori va ushbu qaror 

bilan  tasdiqlangan  “Oʼzbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  huzuridagi 



majburiy ijro byurosida xizmatni oʼtash toʼgʼrisida”gi Nizom bilan tanishing, 2020 

yil 01 avgust holatiga koʼra Byuroda qanday islohotlar amalga oshirildi? 

2020  yil  1  avgustdan  boshlab  Majburiy  ijro  byurosining  quyidagi  vazifalari  va 

vakolatlari quyidagilarga oʻtkaziladi: 

a) Energetika vazirligiga: 

• 

elektr energiyasi va tabiiy gaz istemolini nazorat qilish va hisobga olishning 



zamonaviy 

avtomatlashtirilgan 

tizimlari, 

shuningdek, 

muqobil 

energiya 

manbalarining joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring 

oʻtkazish; 

• 

energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini taminlash tizimini kompleks 



tahlil  qilish,  tizimli  muammolarni  aniqlash,  takomillashtirish  boʻyicha  takliflar 

ishlab chiqish; 

• 

"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va "Hududgaztaminot” AJ bilan birgalikda - 



elektr  energiyasi  va  tabiiy  gazni  ehtiyot  qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanish 

yuzasidan  istemolchilarning  huquqiy  madaniyati  va  masuliyatini  oshirish 

choralarini koʻrish; 

b)  "Hududiy  elektr  tarmoqlari”  AJning  hududiy  korxonalariga  va 

"Hududgaztaminot” AJning hududiy gaz taminoti tashkilotlariga: 

• 

elektr  energiyasi  va  tabiiy  gaz  uchun  toʻlovlarning  oʻz  vaqtida  va  toʻliq 



undirilishini  taminlash,  istemolchilarning  qarzdorligi  kamaytirish,  shuningdek, 

elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va istemolini hisobga olish; 

• 

tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda  - elektr va gaz 



taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini aniqlash, bartaraf 

etish va oldini olish. 

  

Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi 2021 yil 



oxiriga  qadar  barcha  turdagi  istemolchilar  uchun  toʻliq  joriy  etilishi  kerak. 

Energetika vazirligiga "Oʻztransgaz" AJ va "Hududgaztaminot" AJ bilan birgalikda 

topshiriq berildi. 

 • 

Daʼvo arizasini qanoatlantirishga asos boʼlgan dalillarni koʼrsating. 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 

SUD  HUJJATLARI  VA  BOSHQA  ORGANLAR  HUJJATLARINI  IJRO  ETISH 

TO‘G‘RISIDA  

30-modda.  Majburiy  ijro  etish  muddatlari  qonunga  xilof  ravishda  mehnat  

shartnomasi bekor qilingan yoki qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan 

xodimni  ishga  tiklash  to‘g‘risidagi,  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asosining 

tarifini o‘zgartirish to‘g‘risidagi talablar; 

110-modda. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli ish haqini ish 

beruvchi tomonidan to‘lash muddatlari 

• 

Mehnat  shartnomasi  ish  beruvchining  tashabbusi  bilan  bekor  qilinganda 



xodimga tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo bo‘lmasa: 

• 

1) mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga qadar ishlayotgan xodimga, — 



mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni; 

• 

2)  mehnat  shartnomasi  bekor  qilingan  kuni  ishlamayotgan  xodimga,  —  u 



hisob-kitob qilishni talab etgan kuni to‘lanishi kerak. 

• 

Mehnat  shartnomasi  xodimning  tashabbusi  bilan  bekor  qilinganda  unga 



tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo bo‘lmasa: 

• 

1) qonun bo‘yicha  yoki shartnomaga  muvofiq  mehnat shartnomasini bekor 



qilish  haqida  ish  beruvchini  ogohlantirishi  shart  bo‘lgan  xodimga,  — 

ogohlantirishiga  ko‘ra  u  ishni  tashlab  ketishga  haqli  bo‘lgan  kundan 

kechiktirmasdan; 


• 

2)  mehnat  shartnomasini  bekor  qilishi  haqida  ish  beruvchini  ogohlantirishi 

shart  bo‘lmagan  xodimga,  —  ishdan  ketgan  kunining  ertasidan  kechiktirmasdan 

to‘lanishi lozim. 

• 

Mehnat  shartnomasi  bekor  qilinganda  xodimga  tegishli  haqning  miqdori 



yuzasidan nizo chiqqan taqdirda, xodimga shak-shubhasiz tegadigan summani ish 

beruvchi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan muddatlarda 

to‘lashi shart. 

 

111-modda. Ishga tiklash 



Mehnat  shartnomasi  g‘ayriqonuniy  ravishda  bekor  qilingan  yoki  xodim 

g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‘zi, 

sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim. 

Nizoni  ko‘rish  vaqtida  ish  beruvchiga  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  yoki 

xodimni  boshqa  ishga  o‘tkazishning  asosliligini  isbotlab  berish  masuliyati 

yuklatiladi. 

Agar  jamoa  kelishuvi  yoki  jamoa  shartnomasida  mehnat  shartnomasini  ish 

beruvchining  tashabbusi  bilan  bekor  qilishni  kasaba  uyushmasi  qo‘mitasi  yoki 

xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib olish nazarda tutilgan 

bo‘lsa, sud kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining 

oldindan roziligi olingan-olinmaganligini aniqlaydi. 

65-modda.  Qarzdorning  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to‘lovlardan  ushlab 

qolinadigan summalar miqdorini hisoblab chiqarish 

Qarzdorning  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to‘lovlardan  ushlab  qolinadigan 

summalar  miqdori  soliqlar  ushlab  qolingandan  keyin  qolgan  summadan  hisoblab 

chiqariladi. 

72-modda. Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish 


Xodimni  ishga  tiklash  to‘g‘risidagi  ijro  hujjati,  basharti  u  bilan  tuzilgan  mehnat 

shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga xilof ravishda 

boshqa ishga o‘tkazilgan bo‘lsa, darhol ijro etiladi. 

Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini 

bekor qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish haqidagi o‘zining noqonuniy farmoyishini 

bekor  qilish  to‘g‘risida  buyruq  chiqarib,  xodim  ilgarigi  mehnat  majburiyatlarini 

bajarishga amalda qo‘yilgan vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi. 

80-modda. Undiruvlar navbati 

Birinchi navbatda: budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha 

talablar;  mehnatga  oid  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  talablar;  alimentlar 

undirish  bo‘yicha  talablar;  mualliflik  shartnomalari  bo‘yicha  haqlarni  to‘lash 

bo‘yicha  talablar;  hayotga  yoki  sog‘liqqa  yetkazilgan  zararni  qoplash  bo‘yicha 

talablar; advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam haqini to‘lash bo‘yicha 

talablar qanoatlantiriladi. 

Ikkinchi  navbatda:  ijtimoiy  sug‘urta  bo‘yicha  talablar;  jinoyat  yoki  mamuriy 

huquqbuzarlik oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan 

zararni qoplash bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi. 

Uchinchi navbatda majburiy sug‘urta organlarining talablari qanoatlantiriladi. 

Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) bo‘yicha solingan ijro yig‘imlari ushbu 

moddaning  birinchi  —  oltinchi  qismlarida  belgilangan  tegishli  talabni 

qanoatlantirish  uchun  mo‘ljallangan  ketma-ketlikka  muvofiq  undiriladi.  Bunda 

qarzdorga nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bo‘yicha solingan ijro yig‘imlari, 

shuningdek  qonunda  belgilangan  muddatda  realizatsiya  qilinmagan  mol-mulk 

mulkiy  xususiyatdagi  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  undiruvchiga  o‘tkazilgan  hollarda 

birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi. 

• 

Sudga murojaat qilgan javobgar vakilining eʼtirozlarini tahlil qiling. 



 

124-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari 

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar: 

1) ish sudga taalluqli bo‘lmasa; 

2)  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudning,  iqtisodiy  sudning  yoki  mamuriy  sudning 



yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet 

to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal 

qiluv qarori yoki davogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish 

to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud 

bo‘lsa; 

3)  davogar  arz  qilingan  talablaridan  voz  kechgan  va  sud  bu  voz  kechishni  qabul 

qilgan bo‘lsa; 

5) hakamlik sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va 

ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan sud 

hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasini 

berishni rad etgan hollar mustasno; 

6) ish bo‘yicha taraflardan biri bo‘lgan fuqaroning vafotidan so‘ng nizoli huquqiy 

munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa; 

7) ish bo‘yicha taraf bo‘lib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan bo‘lsa. 

 

 

Fuqarolik ishlari boʼyicha ____________________ tumanlararo sudiga 



 

Daʼvogar: Yevgeniy Yepiskop Yenaevich 

 

 

 



 (F.I.Sh) 

manzil:_______________________________________ 

telefon:______________, E-mail _________________ 

 

 

Javobgar: Majburiy ijro byurosi Nukus shahar boshqarmasi 



 

 

  



 

manzil:_______________________________________ 

telefon:______________, E-mail _________________ 

 

Uchinchi shaxs: qobilov.S.A 



 

Daʼvo arizasi 

ishga tiklash va majburiy bekor yurganlik uchun daʼvogarga yetkazilgan olti oylik 

zararni 


undirish toʼgʼrisida 

 

__________________________ filialining “_____”2019 yil 27 yanvar kungi “99”-



sonli buyrugʼi asosida Majburiy ijro byurosi Nukus shahar boʼlimiga elektr-energiya 

va  tabiiy  gazdan  foydalanish  tartibini  nazorat  qilish  shoʼʼbasi  davlat  inspektori 

vazifasiga ishga kabul kilinganman. 

Shu kunga kadar oʼzimga biriktirilgan xizmat vazifalarimni bajarib kelmokda edim. 

Biroq “2014” 26-dekabr kungi “56” sonli buyruq bilan men bilan tuzilgan mehnat 

shartnomasi  Oʼzbekiston  Respublikasi  MKning  “100”-moddasiga  asosan  bekor 

kilindi.  Buyruqqa  asos  qilib,  ichki  tartib  qoidalarining  “6”  bandini  buzganligim 

olingan.  



Biroq men mehnat vazifalarimni shu kunga qadar halol, vijdonan bajarib kelganman. 

Ish beruvchining buyrugʼiga asossiz ravishda Ichki mehnat tartib qoidalarining “6” 

bandini buzganligim olingan boʼlib, buyruq hech qanday asosga ega emas. 

Korxona jamoa shartnomasiga muvofiq, ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat 

shartnomasini bekor qilishda albatta kasaba uyushmasining roziligi talab etiladi. 

Biroq men bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda yuqoridagi qoidaga 

zid  ravishda  elektr-energiya  va  tabiiy  gazdan  foydalanish  tartibini  nazorat  qilish 

shoʼʼbasining yozma roziligi olinmagan. 

Bundan  tashqari  ish  beruvchi  Ichki  tartib  qoidalarida  koʼrsatilgan  mehnat 

vazifalarini bir marotaba qoʼpol tarzda buzganligim haqidagi holatni isbotlab bera 

olmagan. 

Mutaxasisligim  boʼyicha  turli  lavozimlarda  ishlab  kelganligim,  jamoada  obroʼ-

eʼtiborga  ega  ekanligim,  ishdan  asossiz  boʼshatilganligim  natijasida  ruhan  ezilib, 

maʼnaviy zarar koʼrdim. 

Yukorida kayd etilganlarga kura kuyidagilarni 

 

S Oʼ R А Y M А N : 



 

1. 


«Majburiy  ijro  byurosi  Nukus  shahar  boʼlimiga  elektr-energiya  va  tabiiy 

gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish shoʼʼbasi davlat inspektori» «2019» yilgi 

«99» -sonli buyru-ini bekor qilishni  

2.  meni  «Majburiy  ijro byurosi  Nukus  shahar boʼlimiga  elektr-energiya  va  tabiiy 

gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish shoʼʼbasi» «davlat inspektori» vazifasiga 

ishga tiklanishingizni. 

3.  Javobgardan  mening  foydamga  Tashkilot  aybi  bilan  majburiy  bekor  yurganlik 

uchun daʼvogarga yetkazilgan olti oylik zararni undirib berishingizni. 



 

 

Daʼvogar (vakil) Yevgeniy Yepiskop Yenaevich 



 

 (imzo) 


 

“____” ___________ ________ yil. 



Download 147.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling