Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0020-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin


Download 30.77 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi30.77 Kb.
#1124065
Bog'liq
Hujjat (1)


DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI LOYIHALASHTIRISH, QURISH VA EKSPLUATATSIYA QILISHNING SANITARIYA QOIDALARI, NORMALARI VA GIGIYENA NORMATIVLARINI (0020-22-SON SANQVAN) TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

ID-53775 (V-3)

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 4-martda hisobga olindi, hisob raqami 70]

O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:




  1. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0020-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



  1. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0292-11-son SanQvaN, 2011-yil 5-may) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.




  1. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Boshliq B. YuSUPALIYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 21-yanvar,

0020-22-son

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 21-yanvardagi 0020-22-son qaroriga

ILOVA

Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari



Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) tibbiy faoliyatni amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar




  1. Ushbu sanitariya qoidalari mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysinuvidan qat’iy nazar barcha yangi qurilayotgan, qayta qurilayotgan va ta’mirlanayotgan davolash-profilaktika muassasalariga (bundan buyon matnda DPM deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.



  1. DPMlarni loyihalashtirishda xonalar maydonlari kattaligi bo‘yicha belgilangan normalardan 15 foizgacha chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yiladi. Bunda, bunday chetga chiqishlar sanitariya-epidemiologiya rejimiga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.




  1. DPMlarni loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishda ushbu sanitariya qoidalari hamda amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.



  1. DPMlarni loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishda foydalaniladigan tibbiy texnikalar, asbob-uskunalar, dezinfeksiya vositalari, qurilish va pardozlash materiallari va boshqa buyumlar, shuningdek qo‘llanilayotgan tibbiy texnologiyalar O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan bo‘lishi lozim.

DPMlarda klinika-diagnostika laboratoriyalari faoliyati autsorsing asosida ham amalga oshirilishi mumkin.

2-bob. DPMlarni joylashtirish va uning hududiga qo‘yiladigan talablar


  1. DPMlar turar joy yoki shahar atrofi hududlarida mavjud jamoat, sanoat va kommunal binolardan shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan uzoqlikda hamda sanitariya-himoya hududlariga qo‘yiladigan gigiyena talablariga muvofiq joylashtiriladi.



  1. Ruhiy kasalliklar shifoxonalari, yuqumli kasalliklar, shu jumladan sil kasalliklari yo‘nalishidagi DPMlar turar joy hududidan kamida 100 m uzoqlikda joylashtiriladi.

1000 va undan ortiq o‘ringa mo‘ljallangan ushbu yo‘nalishdagi DPMlar aholi yashash joylaridan kamida 500 m uzoqlikda joylashtirilishi kerak.

Faoliyat yuritayotgan yuqumli va sil kasalliklariga mo‘ljallangan DPMlarning palata korpuslari va turar-joy uylari orasidagi masofa kamida 50 m, statsionarsiz dispanserlar uchun esa kamida 20 m bo‘lishi lozim.


  1. Ko‘p tarmoqli DPMlarda yuqumli kasalliklar bo‘limlari chegaralangan hududda joylashtirilishi va alohida kirish joyiga ega bo‘lishi kerak.



  1. Yirik DPMlar (100 o‘rindan ortiq) va tug‘ruq komplekslari aholi punktining turar-joy hududida joylashtirilganda davolash va palata binolari qizil chiziqdan kamida 30 m hamda binolarning qavatlar sonidan kelib chiqqan holda turar joy binolaridan 30 — 50 m uzoqlikdagi masofada joylashtirilishi zarur.




  1. Yer uchastkasini tanlashda atrofning sanitariya-gigiyena holati hamda shamol yo‘nalishi hisobga olinishi lozim.

Axlatxona, assenizatsiya maydonlari, hayvonlarni ko‘mish joylari, qabristonlar va boshqalar sifatida foydalanilgan, shuningdek organik, kimyoviy va boshqa zaharli chiqindilar bilan ifloslangan yer uchastkalarida DPMlarni joylashtirish qat’iyan taqiqlanadi.

DPMlarning uchastkalari temir yo‘llar, aeroportlar, tez yurar avtomagistrallar, to‘y va shunga o‘xshash marosimlar o‘tkaziladigan, 100 tadan ortiq o‘tirish joyi bo‘lgan ochiq turdagi umumiy ovqatlanish korxonalari, kino va videofilmlar namoyish qilinadigan doimiy va vaqtincha pavilonlar, ochiq turdagi yozgi estrada, kinoteatrlar va raqs maydonchalaridan va boshqa kuchli fizikaviy omillar ta’sir ko‘rsatuvchi manbalaridan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan uzoqlikda joylashtirilishi lozim.

Amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq DPMlar joylashtirilishi mo‘ljallangan tuproq tarkibi sanitariya-kimyoviy, mikrobiologik va parazitologik ko‘rsatkichlari hamda radiatsion fon gigiyenik normativlarga javob berishi lozim.

Atmosfera havosidagi zaharli moddalar, infratovush, elektromagnit nurlanish, shovqin va tebranish belgilangan gigiyenik normalardan oshmasligi lozim.


  1. Ilgari silga qarshi DPMlar joylashgan yer uchastkalariga turar joy binolari, umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat sanoati, yopiq turdagi ijtimoiy, bolalar va o‘quv-tarbiyaviy muassasalar joylashtirilishi mumkin emas.



  1. DPM hududidan muhandislik va transport kommunikatsiyalari o‘tmasligi kerak.




  1. Turar-joy va jamoat binolarida, alohida kirish joyi mavjud bo‘lgan hollarda, ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sog‘lomlashtirish, qayta tiklanish va reabilitatsiya markazlari, 30 ta o‘ringacha bo‘lgan terapevtik yo‘nalishdagi shifoxonalar, shuningdek ularda yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash va sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi to‘liq rioya etish uchun sharoitlar mavjud bo‘lganda laboratoriyalarni joylashtirish mumkin.



  1. Turar-joy va jamoat binolarida alkogol va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan, shuningdek yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga yordam ko‘rsatuvchi DPMlarni joylashtirish taqiqlanadi (ambulatoriya-poliklinika sharoitida allergologik, dermatologik yordam ko‘rsatish bundan mustasno).




  1. Turar-joy binolarida hamda ulardagi xonalarda mikrobiologiya, gistologiya laboratoriyalari, dezinfeksiya stansiyalari, aholini bitga (pedikulez) qarshi zararsizlantirish uchun sanitariya-tozalov xonalari joylashtirilishi mumkin emas.



  1. Rentgen diagnostika xonalarini joylashtirishga bo‘lgan talablar amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.




  1. DPMlar va ambulatoriya-poliklinika muassasalari yer maydonlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining qarori, 22.01.2022 yildagi 0020-22-son

Date of entry into force

04.03.2022

Additional information

Share


РУС

ЎЗБ


O’ZB

O‘ZB|РУС


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING

QARORI


DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI LOYIHALASHTIRISH, QURISH VA EKSPLUATATSIYA QILISHNING SANITARIYA QOIDALARI, NORMALARI VA GIGIYENA NORMATIVLARINI (0020-22-SON SANQVAN) TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

ID-53775 (V-3)

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 4-martda hisobga olindi, hisob raqami 70]

O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:




  1. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0020-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



  1. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0292-11-son SanQvaN, 2011-yil 5-may) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.




  1. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Boshliq B. YuSUPALIYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 21-yanvar,

0020-22-son

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 21-yanvardagi 0020-22-son qaroriga

ILOVA

Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari



Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) tibbiy faoliyatni amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar




  1. Ushbu sanitariya qoidalari mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysinuvidan qat’iy nazar barcha yangi qurilayotgan, qayta qurilayotgan va ta’mirlanayotgan davolash-profilaktika muassasalariga (bundan buyon matnda DPM deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.



  1. DPMlarni loyihalashtirishda xonalar maydonlari kattaligi bo‘yicha belgilangan normalardan 15 foizgacha chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yiladi. Bunda, bunday chetga chiqishlar sanitariya-epidemiologiya rejimiga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.




  1. DPMlarni loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishda ushbu sanitariya qoidalari hamda amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.



  1. DPMlarni loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishda foydalaniladigan tibbiy texnikalar, asbob-uskunalar, dezinfeksiya vositalari, qurilish va pardozlash materiallari va boshqa buyumlar, shuningdek qo‘llanilayotgan tibbiy texnologiyalar O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan bo‘lishi lozim.

DPMlarda klinika-diagnostika laboratoriyalari faoliyati autsorsing asosida ham amalga oshirilishi mumkin.

2-bob. DPMlarni joylashtirish va uning hududiga qo‘yiladigan talablar


  1. DPMlar turar joy yoki shahar atrofi hududlarida mavjud jamoat, sanoat va kommunal binolardan shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan uzoqlikda hamda sanitariya-himoya hududlariga qo‘yiladigan gigiyena talablariga muvofiq joylashtiriladi.



  1. Ruhiy kasalliklar shifoxonalari, yuqumli kasalliklar, shu jumladan sil kasalliklari yo‘nalishidagi DPMlar turar joy hududidan kamida 100 m uzoqlikda joylashtiriladi.

1000 va undan ortiq o‘ringa mo‘ljallangan ushbu yo‘nalishdagi DPMlar aholi yashash joylaridan kamida 500 m uzoqlikda joylashtirilishi kerak.

Faoliyat yuritayotgan yuqumli va sil kasalliklariga mo‘ljallangan DPMlarning palata korpuslari va turar-joy uylari orasidagi masofa kamida 50 m, statsionarsiz dispanserlar uchun esa kamida 20 m bo‘lishi lozim.


  1. Ko‘p tarmoqli DPMlarda yuqumli kasalliklar bo‘limlari chegaralangan hududda joylashtirilishi va alohida kirish joyiga ega bo‘lishi kerak.



  1. Yirik DPMlar (100 o‘rindan ortiq) va tug‘ruq komplekslari aholi punktining turar-joy hududida joylashtirilganda davolash va palata binolari qizil chiziqdan kamida 30 m hamda binolarning qavatlar sonidan kelib chiqqan holda turar joy binolaridan 30 — 50 m uzoqlikdagi masofada joylashtirilishi zarur.




  1. Yer uchastkasini tanlashda atrofning sanitariya-gigiyena holati hamda shamol yo‘nalishi hisobga olinishi lozim.

Axlatxona, assenizatsiya maydonlari, hayvonlarni ko‘mish joylari, qabristonlar va boshqalar sifatida foydalanilgan, shuningdek organik, kimyoviy va boshqa zaharli chiqindilar bilan ifloslangan yer uchastkalarida DPMlarni joylashtirish qat’iyan taqiqlanadi.

DPMlarning uchastkalari temir yo‘llar, aeroportlar, tez yurar avtomagistrallar, to‘y va shunga o‘xshash marosimlar o‘tkaziladigan, 100 tadan ortiq o‘tirish joyi bo‘lgan ochiq turdagi umumiy ovqatlanish korxonalari, kino va videofilmlar namoyish qilinadigan doimiy va vaqtincha pavilonlar, ochiq turdagi yozgi estrada, kinoteatrlar va raqs maydonchalaridan va boshqa kuchli fizikaviy omillar ta’sir ko‘rsatuvchi manbalaridan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan uzoqlikda joylashtirilishi lozim.

Amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq DPMlar joylashtirilishi mo‘ljallangan tuproq tarkibi sanitariya-kimyoviy, mikrobiologik va parazitologik ko‘rsatkichlari hamda radiatsion fon gigiyenik normativlarga javob berishi lozim.

Atmosfera havosidagi zaharli moddalar, infratovush, elektromagnit nurlanish, shovqin va tebranish belgilangan gigiyenik normalardan oshmasligi lozim.


  1. Ilgari silga qarshi DPMlar joylashgan yer uchastkalariga turar joy binolari, umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat sanoati, yopiq turdagi ijtimoiy, bolalar va o‘quv-tarbiyaviy muassasalar joylashtirilishi mumkin emas.



  1. DPM hududidan muhandislik va transport kommunikatsiyalari o‘tmasligi kerak.




  1. Turar-joy va jamoat binolarida, alohida kirish joyi mavjud bo‘lgan hollarda, ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sog‘lomlashtirish, qayta tiklanish va reabilitatsiya markazlari, 30 ta o‘ringacha bo‘lgan terapevtik yo‘nalishdagi shifoxonalar, shuningdek ularda yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash va sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi to‘liq rioya etish uchun sharoitlar mavjud bo‘lganda laboratoriyalarni joylashtirish mumkin.



  1. Turar-joy va jamoat binolarida alkogol va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan, shuningdek yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga yordam ko‘rsatuvchi DPMlarni joylashtirish taqiqlanadi (ambulatoriya-poliklinika sharoitida allergologik, dermatologik yordam ko‘rsatish bundan mustasno).




  1. Turar-joy binolarida hamda ulardagi xonalarda mikrobiologiya, gistologiya laboratoriyalari, dezinfeksiya stansiyalari, aholini bitga (pedikulez) qarshi zararsizlantirish uchun sanitariya-tozalov xonalari joylashtirilishi mumkin emas.



  1. Rentgen diagnostika xonalarini joylashtirishga bo‘lgan talablar amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.




  1. DPMlar va ambulatoriya-poliklinika muassasalari yer maydonlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim.

Bemor o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda DPMlar maydoni quyida ko‘rsatilgan 1-jadvalga asosan belgilanadi.

1-jadval

1 ta shifo o‘rni uchun ajratiladigan yer maydoni

T/r

Sig‘imi (o‘rin soni)



1 ta bemor o‘rni uchun yer uchastkasi (m2)

1.

50 tagacha



250

2.

51 — 100



250 — 180

3.

101 — 200



180 — 140

4.

201 — 400



140 — 100

5.

401 — 800



100 — 80

6.

801 — 1000



80 — 60

7.

1000 dan ortiq



60

Izoh: 1 nafar bolalar o‘rni uchun shifoxonaga belgilangan normaning 1,5 barobari (koeffitsiyenti) qabul qilinadi.




  1. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari alohida binolarda joylashganda qizil chiziqqacha bo‘lgan masofa 15 m ni tashkil etishi kerak. Agar ambulatoriya-poliklinika turar joy va jamoat binolarida, shuningdek ushbu binolarning birinchi qavatlarida joylashtirilganda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq alohida kirish yo‘laklariga ega bo‘lishi kerak.



  1. Tez tibbiy yordam stansiyalarida (shaxobchalarida) avtotransport vositalarini joylashtirish uchun har bir mashina uchun 12,0 m2 bo‘lgan joy (boks) tashkil etiladi. Tez tibbiy yordam avtotransportlari turargohidan turar-joy uylarigacha bo‘lgan masofa kamida 50 m bo‘lishi kerak.




  1. Shifoxonalar va dispanserlar umumiy yer maydonining 50 foiz qismida qurilgan bo‘lishi, qolgan 50 foiz qismida esa ko‘kalamzorlashtirilgan maydon (daraxtzorlar, yashil maydon) bo‘lishi kerak. Shifoxonalarda ko‘kalamzorlashtirilgan hudud 1 ta o‘rin uchun kamida 25 m2 ni tashkil etishi kerak.

Tabiiy yorug‘lik va quyosh turining tushishi (insolatsiya) kamayishini oldini olish maqsadida daraxtlar 10 m dan yaqin bo‘lmagan masofada, butazorlar esa binolarning nur o‘tkazuvchi teshiklaridan 5 m masofada ekiladi.

Shifoxonalar va ambulatoriya-poliklinika muassasalari uchastkalarining perimetri bo‘ylab ikki qator baland daraxtlar va bir qator butalardan tarkib topgan kengligi 10 m va 15 m bo‘lgan daraxtzor tashkil etilishi kerak.


  1. Shifoxonalar hududida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun davolash binolari (pediatriya, psixosomatika, teri-tanosil, radiologik binolar, tug‘ruqxonalar va akusherlik bo‘limlari), patologoanatomiya binolari, bog‘-park, xo‘jalik hududi va muhandislik inshootlari kabi hududlarga ajratiladi.



  1. Ko‘p tarmoqli shifoxonalar tarkibiga kiruvchi yuqumli kasalliklar, teri-tanosil, psixosomatik, akusherlik, bolalar va radiologiya bo‘limlari alohida binolarda joylashtirilishi kerak.

Avtonom ventilatsiya tizimi va alohida kirish joyi va yo‘lagiga ega bo‘lgan binolarda ushbu bo‘limlarni boshqa bo‘limlar bilan bitta binoda joylashtirish mumkin (silga qarshi davolash muassasalari bundan mustasno).




  1. Yuqumli kasalliklar shifoxonalari va bo‘limlari uchun alohida kirish yo‘li va avtotransportlarni dezinfeksiya qilish uchun suv bilan ta’minlangan yopiq maydon tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Ushbu maydon beton bilan qoplangan, oqova suvlarni yig‘ishga mo‘ljallangan xandaq o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.



  1. DPM hududidagi korpuslar va boshqa binolar orasidagi sanitariya oraliq masofalari insolatsiya, yoritilganlik, shamollatish, shovqindan himoya qilish va boshqa optimal sharoitlarni ta’minlashi lozim.

DPMlarda xonalar derazalarining joylashishini 2-jadvalga muvofiq joylashtirish tavsiya etiladi.

2-jadval

DPMda xonalar derazalarining joylashishi

T/r

Xonalar nomi



Geografik kenglik shimoliy kenglik 45° va janubroqda*

1.

Operatsiya xonasi, reanimatsiya bo‘limi, tug‘ruq va seksion zallar



Shimolda,

Shimoliy sharqda,

Shimoliy g‘arbda

2.

Bakteriologik tekshiruvlar uchun laboratoriyalar, yuqumli kasalliklar materiallarini qabul qilish va ularni saralash uchun



Shimolda,

Shimoliy sharqda,

Shimoliy g‘arbda,

Janubiy sharqda

3.

Sil va yuqumli kasalliklar bemorlari palatalari



Janubda, janubiy sharqda, shimolda**, shimoliy g‘arbda**

4.

Intensiv terapiya palatalari



G‘arb va janubiy-g‘arb tomonga joylashtirishga ruxsat etilmaydi

5.

3 yoshga to‘lmagan bolalar bo‘limi palatalari, bolalar bo‘limidagi o‘yin xonalari



Janubda, janubiy sharqda, shimolda

Izoh: *ushbu kenglikda quyosh yoz mavsumida 15 soat 37 daqiqa, qishgi mavsumda 8 soat 45 daqiqa turadi.

**bo‘limdagi o‘rinlar umumiy sonining 10 foizidan oshmasligi kerak, g‘arbda joylashgan palatalarda xonalarni quyosh nuri ta’sirida isib ketishidan himoya qilish (jalyuzi va boshqa jihozlar) ko‘zda tutilishi kerak.


  1. Mazkur sanitariya qoidalarining 2-jadvalida ko‘rsatilmagan xonalar shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq xonalar derazalari yorug‘lik tomonlari bo‘yicha erkin joylashtirilishi mumkin.



  1. DPM binolari orasidagi masofa ushbu sanitariya qoidalari talablari asosida insolatsiya va yoritilganlikni hisoblash asosida quyidagicha bo‘lishi lozim:

3-4 qavatli binoning uzun tomonlari orasidagi masofa 25 m, 9 qavatli bino balandligida esa — 40 m dan kam bo‘lmasligi kerak;

Ushbu binolarning uzun va yon tomonlari palatalari derazalari orasidagi masofa — kamida 15 m;

Ovqat tayyorlash xizmati va patologoanatomik binolar orasidagi masofa — kamida 30 m;

Radiologiya binosi va xo‘jalik hududidagi joylashtiriladigan boshqa binolar o‘rtasidagi masofa — kamida 25 m;

Transformator podstansiyasi va palatalar orasidagi masofa — kamida 25 m.




  1. Shifoxona binolari, tug‘ruqxona va statsionarli dispanserlarni ajratib turuvchi masofasi 20 m, ulardan turar-joy binolarigacha bo‘lgan masofa kamida 30 m, shuningdek shifoxonalarning davolash-tashxis binolaridan, poliklinika, ayollar maslahatxonasi va statsionari bo‘lmagan dispanser binolaridan esa kamida 15 m uzoqlikdagi masofada tashkil qilinishi kerak.



  1. Patologoanatomik binolar palata binolaridan maksimal ravishda alohidalanishi va davolash hamda tug‘ruq majmuasi binolaridan, shuningdek DPM hududiga yaqin joylashgan turar-joy va jamoat binolari derazalaridan yaqqol ko‘rinib turmasligi kerak.




  1. DPM hududida poliklinika binosini alohida qurish ko‘zda tutilganda, uning binosi hududning chekka qismiga joylashtirilishi, aholi uchun qulay va alohida kirish yo‘liga ega bo‘lishi lozim.



  1. DPM hududida har kuni joriy tozalash ishlari o‘tkazilishi kerak. Qattiq va maishiy chiqindilarni yig‘ish uchun zich yopiladigan qopqoqli konteynerlar o‘rnatilishi kerak. Qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish konteynerlari yuvish va dezinfeksiya qilish uchun asfaltlangan yoki betonlangan maxsus maydonlarda joylashtirilishi kerak. Maydon o‘lchami konteynerlar asosining har tomonidan 1,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Maydon atrofidagi oqova va yog‘ingarchilik suvlarini chiqarib tashlash uchun tarnov o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Maishiy chiqindilar tashlash maydoni bilan palata va davolash-tashxis binolarigacha bo‘lgan masofa kamida 25 m ni tashkil qilishi lozim. Chiqindi tashlash konteynerlari muntazam ravishda yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. Qattiq va oziq-ovqat chiqindilarini olib ketilishi har kuni amalga oshiriladi.




  1. Davolash binosi hududida (har 50 metr masofada) chiqindi tashlash uchun urnalar joylashtirilishi va ular har kuni tozalanishi hamda toza saqlanishi lozim.

3-bob. Binolar, inshootlar va alohida xonalarning joylashuviga va konstruktiv yechimlariga qo‘yiladigan talablar

1-§. Shifoxona tipidagi DPMlar


  1. Davolash va tug‘ruq majmualari binolari va xonalarining arxitektura-rejalashtirish, tabiiy va sun’iy yoritilganligi va konstruktiv yechimlari optimal sanitariya-gigiyena hamda epidemiyaga qarshi rejimlarga rioya etish, bemorlar davolanishi va tibbiy xodimlarning mehnat qilishi va dam olishi uchun sharoitlarni ta’minlashi lozim (ushbu sanitariya qoidalarining 2 va 9-ilovalarga binoan).



  1. Bolalar shifoxonalari va davolash bo‘limlari (shu jumladan 3 yoshga to‘lmagan bolalar uchun onalar bilan yotadigan palatalar) binoning beshinchi qavatidan yuqori bo‘lmagan qismida, 7 yoshga to‘lmagan bolalar uchun palatalar hamda bolalar ruhiy kasalliklari bo‘limlari (palatalari) ikkinchi qavatdan yuqori bo‘lmagan qavatlarda joylashtirilishi kerak.




  1. Uch va undan ortiq qavatli binolar yuk va passajir liftlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Shuningdek, uch qavatgacha bo‘lgan binolarning bitta zinapoyasi nogironligi bo‘lgan yoki harakati cheklangan bemorlar uchun maxsus ko‘taruvchi zinapoya bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.



  1. Tibbiyot muassasalarida nogironligi bo‘lgan va harakatlanish imkoniyati cheklangan fuqarolarga amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normalari talablari asosida qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Barcha DPMlarning kirish joyida amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normalari talablarida ko‘rsatilgan talablar asosida pandus o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.




  1. Psixosomatik yo‘nalishdagi shifoxonalarning deraza oynalarida panjara o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.



  1. DPM binolari tuzilmasi va xonalarining joylashuvini rejalashtirishda “toza” va “notoza” oqimlarning kesishish yoki bir-biri bilan tutashish imkoniyatini istisno etishi lozim.




  1. Har bir davolash-tashxis bo‘linmasida ushbu sanitariya qoidalarining 18-jadvalida ko‘rsatilgan asosda bo‘lim mudiri, katta hamshira, xodimlar xonasi va boshqa yordamchi xonalar bo‘lishi kerak.



  1. Davolash-tashxis jarayonini o‘tkazishga doir optimal sharoitlarni yaratish, bemorlarning qulay yashashlari hamda tibbiyot xodimlarining mehnat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ilova qilinayotgan jadvallarda aks ettirilgan alohida xonalarning maydonlari kengaytirilishi mumkin.

Mazkur hujjatda nazarda tutilgan jadvallarda ko‘rsatilmagan xonalarning maydoni loyiha topshirig‘i bo‘yicha qabul qilinadi hamda texnologik jarayonlarning ketma-ketligiga va asbob-uskunalarning oqilona joylashtirilishi hamda bemorlar va xodimlarning erkin harakatlanishini ta’minlovchi normativ masofalarga rioya qilgan holda asbob-uskunalarning o‘lchamlari va joylashishi, xonada bir vaqtning o‘zida bo‘ladigan shaxslarning soni bilan belgilanadi.




  1. DPMda bemorlar va xodimlar uchun alohida hojatxonalar bo‘lishi kerak, bundan bir smenada 50 tagacha qatnovga mo‘ljallangan ambulatoriya-poliklinika muassasalari va 10 tadan kam o‘rinli shifoxonalar mustasno.



  1. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining o‘quv yoki ilmiy bazasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy bazalari hisoblanadigan tibbiyot tashkilotlarida talabalar va tinglovchilar uchun qo‘shimcha o‘quv xonalari, o‘qituvchilar uchun xonalar hamda davolash muassasasining asosiy funksional bo‘linmalaridan alohida joylashgan qo‘shimcha xonalarni (kiyim almashtirish xonalari, hojatxonalar, omborxona va boshqalarni) ko‘zda tutish zarur.




  1. Binolarni loyihalashtirishda palatalar derazalari ostida travmatologik punktlar, qabul-diagnostika bo‘limlari, bokslari, qabul bo‘limiga kirish joylari, avtotransportlar kirish yo‘li, yuklash, ekspeditsiya va boshqa shu kabi xonalar joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



  1. Binolarning yerto‘la va yarim yerto‘la qavatlarida bemorlar uchun palata bo‘limlari, tug‘ruq bo‘limlari, operatsiya xonalari, rentgen xonalari, muolajalar xonasi va shifokorlar xonasi, shuningdek zaharli, kuchli ta’sir qiluvchi, tez yonuvchan va yoqilg‘i suyuqliklari omborlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.




  1. Davolash-tashxis binolarining yerto‘la qismida omborxona va texnik xonalar (xo‘jalik jihozlari omborxonalari, ventilatsiya kameralari, tibbiy kislorod saqlovchi xona, issiqlik punktlari), xodimlar uchun sanitariya-maishiy xonalari (kiyinish xonalari, dushxona) joylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi.

Yarim yerto‘la qavatlarda (kommunikatsiya tizimi o‘tmagan xonalarda) quyidagi xonalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi:

Sanitariya-tozalov xonasi (sanpropusknik);

Bemorlar buyumlari saqlash xonasi;

Bufet va oshxonalar, davolash jismoniy tarbiya xonalari, massaj xonalari;

Tish-texnik laboratoriyasi va klinik laboratoriyalar;

Markazlashtirilgan sterilizatsiya bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda-MSB), avtomat kir yuvish mashinalari bilan jihozlangan kirxonalar, markaziy kirxona, yig‘ish va saralash xonalari;

Tuvak va klyonkalarni dezinfeksiya qilish xonalari va karavotlarni dezinfeksiya qilish xonalari joylashtirilishi mumkin.




  1. Shovqin va tebranish (vibratsiya) manbai mavjud texnologik asbob-uskunalarni bemorlar palatalari, davolash-tashxis hamda muolaja xonalaridan yaqin joyda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tovush bosimi va tebranish darajasi sanitariya qoidalari bilan belgilangan chegaraviy darajalardan oshmasligi lozim.



  1. Rentgen xonalari va kompyuter tomografiyasi xonalarini, nurdiagnostika va davolash, yadroviy diagnostika bo‘limlari, shuningdek radioaktiv moddalarni ishlatish bilan bog‘liq xonalarni joylashtirish rentgen xonalari, jihozlarning tuzilishi va ulardan foydalanish hamda rentgen tekshiruvlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan gigiyenik talablarga muvofiq amalga oshiriladi.




  1. Rentgen va kompyuter tomografiyasi xonalarining muolaja xonalari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bo‘lgan nur terapiyasi bo‘limlari xonalari, radioizotop diagnostika laboratoriyalari xonalarini palatalarga yaqin joylarda (gorizontal va vertikal bo‘yicha) joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.



  1. Rentgen bo‘limi (xonasi) turar-joy binolarida va bolalar muassasalarida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, quvvati 60 kilovattdan ortiq bo‘lmagan dental rentgenlar bundan mustasno.




  1. Rentgen xonalarini rentgen bo‘limlari tarkibida statsionar va ambulatoriya-poliklinika muassasasining tutashgan joyida joylashtirish maqsadga muvofiq. Shifoxonalarning yuqumli kasalliklar, sil kasalliklari va akusherlik bo‘limlari rentgen xonalari, zaruriyat bo‘lgan hollarda esa qabulxona bo‘limlari va poliklinika bo‘limlarining flyuorografiya xonalari alohida joylashtiriladi.



  1. Faqat shifoxona yoki poliklinikaga xizmat ko‘rsatuvchi rentgen bo‘limi binoning yon qismida joylashtirilishi lozim. Bo‘lim yo‘lakda joylashtirilmasligi kerak. Shifoxona bemorlari va poliklinika bo‘limiga tashrif buyuruvchilar uchun rentgen bo‘limiga kirish alohida bo‘lishi lozim.




  1. Rentgen xonalarini to‘siqlar orqali suvning sizib oqish ehtimoli bo‘lgan xonalar (basseynlar, dushxonalar, hojatxonalar va boshqalar) ostida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Rentgen xonasining muolaja xonasini palatalar bilan tutashgan holda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.



  1. Aseptik rejimda ishlovchi bo‘linmalar (xonalar), palatalar, nur diagnostika va davolash bo‘limlari, rentgen va kompyuter tomografiyasi bo‘limlari va boshqa yopiq texnologiyali bo‘limlar (laboratoriya, oshxona, MSB, dorixona, kirxona) o‘tish yo‘laklarida joylashtirilmasligi kerak.




  1. Yuqumli kasalliklar, sil kasalliklari, teri-tanosil kasalliklari yo‘nalishidagi shifoxonalari tarkibida dezinfeksiya kamera bloki bo‘lishi kerak va uning tarkibi hamda maydoni ishlov beriladigan ko‘rpa-yostiq uchun choyshablar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.



  1. DPMlarda asosiy xonalar balandligi poldan shiftgacha 2,7 m, operatsiya bloklarida esa 3,0 m. Dan kam bo‘lmasligi kerak.




  1. Shifoxonalar davolash bo‘limlari koridorlar kengligi — 2,0 m, shoshilinch yordam bo‘limlari va operatsiya bloklarida va reanimatsiya bo‘limlarida 2,4 — 2,8 m bo‘lishi kerak.



  1. Yangi va qayta qurilayotgan DPMlarni loyihalashtirishda bemorlar palatalarida chig‘anoq va unitaz bilan jihozlangan sanuzellar (yuqori qulaylikka ega bo‘lgan palatalarda esa dush) ko‘zda tutilishi kerak.




  1. Palatalardagi shovqin darajalari turar joy va jamoat binolari uchun belgilangan normativlardan oshmasligi lozim.



  1. Yuqumli kasalliklarga chalingan yoki gumon qilingan bemorlarni qabul qilish, davolash va vaqtincha alohidalash uchun bolalar shifoxonalarining qabul bo‘limlarida bokslar va bokslarga ega palatalar tashkil qilinadi.




  1. Nogironligi bo‘lgan va harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun katta kuch ishlatishni talab etmaydigan va ularga noqulayliklar yaratmaydigan eshiklarni ochish va yopish moslamalari qo‘llanilishi kerak.

2-§. Qabul-diagnostika bo‘limi




  1. Har bir shifoxona tarkibida qabul yoki qabul-diagnostika bo‘limi bo‘lishi kerak.



  1. Qabul bo‘limlari bolalar, akusherlik, ginekologiya, yuqumli kasalliklar, teri-tanosil, sil kasalliklari va ruhiy kasalliklar shifoxonalari uchun alohida bo‘lishi kerak.




  1. Boshqa bo‘limlarning qabulxonalari umumiy bo‘lishi hamda o‘rinlar soni eng ko‘p bo‘lgan asosiy binoda joylashishi kerak. Har bir qabul bo‘limida bemorlarni sanitariya-tozalov xonasi bo‘lishi kerak.



  1. Qabul bo‘limidan bemorlarni davolash bo‘limlariga yotqizish va tashish uchun qulay o‘tish yo‘llari bo‘lishi kerak.




  1. Bir sutka davomida qabul bo‘limlari orqali shifoxonaga yotqizilayotgan bemorlarning taxminiy soni shifoxona yoki tegishli bo‘limdagi o‘rinlar sonidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim.



  1. Qabul bo‘limi bemorlarni vaqtinchalik gospitalizatsiya qilish uchun palatalar tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Palatalar soni bir sutkada shifoxonaga qabul qilinadigan bemorlar sonining 10 foiz ni tashkil etishi kerak.




  1. 50 o‘ringacha mo‘ljallangan shifoxonalar yoki tarkibida anesteziologiya, reanimatologiya va intensiv terapiya bo‘limi bo‘lmagan DMP qabul bo‘limida reanimatsion shok zali tashkil etiladi.



  1. Shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalari tarkibida shoshilinch operatsiya xonasi, operatsiya oldi xonasi hamda narkoz apparaturalarini zararsizlantirish xonalari tashkil etiladi.




  1. Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida (bo‘limlarida) kirish-chiqish eshiklari, zinapoyalar va liftlar bemorlarni qabul qilish va chiqarish uchun alohida bo‘lishi lozim. Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida (bo‘limlarida) bemorlarni qabul qilish uchun qabul-ko‘ruv bokslari (izolyatorlar) ko‘zda tutilishi lozim va ularning soni bo‘limdagi o‘rinlar soniga qarab quyidagicha belgilanadi:

60 tagacha — 2 ta boks;

61 tadan 100 tagacha — 3ta boks;

100 tadan ortiq — 3 ta boks va bo‘limdagi har bir 50 ta bemor o‘rinlari (koykalari) uchun 1 ta qo‘shimcha boks bo‘lishi lozim.




  1. Yuqumli kasalliklar shifoxonalari (bo‘limlarida) bolalarni qabul qilish uchun bokslar va qabul-ko‘ruv bokslari (izolyatorlar) tashkil etiladi. Bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limida qabul-ko‘ruv bokslari (izolyatorlar) soni o‘rinlar sonining 5 foiz ni, bokslar soni esa — 3 foiz ni tashkil etishi kerak.



  1. Tug‘ruq kompleksi qabul bo‘limi tarkibida tug‘ruq zali tashkil etiladi.




  1. Qabul bo‘limida bemorlar oqimi quyidagicha tartibga solinadi:

Silga qarshi shifoxonalar va sog‘lomlashtirish shifoxonalarida — 800 ta o‘ringa 1 ta qabul bo‘limi;

Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — 600 ta o‘ringa 1 ta qabul bo‘limi;

Shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalarida — 150 ta o‘ringa 1 ta qabul bo‘limi;

Bolalar va boshqa shifoxonalarida — 250 ta o‘ringa 1 ta qabul bo‘limi.

Har bir oqimga 1 tadan ko‘rish xonasi va 1 ta sanitariya-tozalov xonasi tashkil etilishi kerak.




  1. Qabul bo‘limi xonalari maydonlari ushbu sanitariya qoidalarining 3-jadvaliga muvofiq bo‘lishi lozim.

3-jadval


Shifoxonalar qabul bo‘limi xonalarining tarkibi va maydoni

T/r


Xonalar nomi

Xonalar maydoni, m2

Koykalar soni

31 — 50


51 — 100

101 — 200

201 — 300

301 — 400

401 — 500

501 — 600

601 va undan �rtiq

1

2



3

4

5



6

7

8



9

10

1.



Vestibyul, kutish zali

6

12



12

16

18



20

22

24



2.

Ro‘yxatxona

-

6

6



6

8

8



8

8

3.



Sanitariya-tozalov xonasi (barcha turdagi statsionarlar uchun)

Sanitariya uzeli*

3x2

Dush va kiyim almashtirish xonasi ham bo‘lgan dush yoki vanna



12

4.

Qabul — ko‘rish boksi alohida kirish joyi bilan



Yuqumli kasalliklar shifoxonalari (har bir infeksiya turi uchun alohida)

-

12+1,5



5.

Muolaja xonasi

Barcha statsionarlar uchun

12

6.



Bakteriologik tahlil uchun material olish xonasi

Yuqumli kasalliklar va bolalar statsionarlarida

-

10

7.



Shok palatasi

Shoshilinch tibbiy yordam va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi (TTB) qabul bo‘limlari uchun

-

1 ta koyka uchun 13 ta



8.

Toza bog‘lov xonasi

Shoshilinch tibbiy yordam va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi (TTB) qabul bo‘limlari uchun

-

12



12

15

15



15

15

15



9.

Yiringli bog‘lov xonasi

Shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi (TTB) qabul bo‘limlari uchun)

-

12



12

15

15



15

15

15



10.

Gipslash xonasi gips saqlash xonasi bilan

Shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi (TTB) qabul bo‘limlari uchun)

-

12+2



12+2

12+3


12+3

12+3


12+3

12+3


11.

Rentgendiagnostika xonasi

Amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq

12.


Shoshilinch operatsiya xonasi (kichik operatsiya xonasi operatsiya oldi xonasi bilan

Travmatologiya va shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalari uchun

-

24+8


24+8

24+8


24+8

24+10


24+10

24+10


13.

Emlash xonasi (antirabik va koksholga qarshi)

Travmatologiya va shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalari uchun

12

14.



Ekspress laboratoriya

-

12



12

12

18



18

18

18



15.

Bo‘lim mudiri xonasi

-

12

16.



Katta hamshira xonasi

-

12



17.

Xodimlar xonasi 1 nafar shifokor uchun*

6

6

6



6

6

6



6

6

18.



Sanuzel**

3x2


19.

Yig‘ishtirish anjomlari va dezinfeksiya vositalari saqlash xonasi

Barcha turdagi shifoxonalar uchun

4

20.



Diagnostika xonalari

Shifoxona yo‘nalishi va diagnostika uskunalari turiga qarab ushbu sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.

Izoh: * 4 va undan ortiq shifokorlar uchun xona maydoni 32 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak.

**hojatxonalar bemorlar ( erkaklar uchun 1ta, ayollar uchun — 1 ta) hamda tibbiy xodimlar uchun ham alohida bo‘lishi kerak.

3-§. Palata bo‘limlari asosiy xonalarining tarkibi va maydoni


  1. Shifoxonalar, poliklinikalar va dispanserlarda palatalar yer usti qavatlarda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.



  1. Yangi va qayta qurilayotgan shifoxonalarda 1 va 2 o‘rinli palatalar 70 foiz ni, qolganlari 3 o‘rinli palatalarni tashkil etishi kerak.

74 Palatalarda shovqin darajasi turar joy va jamoat binolariga qo‘yilgan normalardan oshmasligi kerak.




  1. DPMlarda loyihada ko‘rsatilgan me’yordan ortiq bemor o‘rinlari tashkil etish, shuningdek bemorlarni yo‘laklarda va boshqa moslashtirilgan xonalarda joylashtirish taqiqlanadi.



  1. Davolash-diagnostika jarayonida optimal sharoit yaratish, bemorlarga qulay va tibbiy xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish uchun xonalar maydoni kattalashtirilishi mumkin.




  1. Ushbu sanitariya qoidalarida nazarda tutilmagan xonalar loyiha topshirig‘i bo‘yicha uskunalar kattaligi va joylashtirish, bir vaqtning o‘zida xonada bo‘ladigan shaxslar soni hamda texnologik jarayon ketma-ketligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.



  1. Palata bo‘limlari asosiy xonalarining tarkibi va maydoni quyida ko‘rsatilgan 4-jadval asosida hamda loyiha topshirig‘iga muvofiq belgilanishi lozim.

4-jadval


Palata bo‘limlarida bitta bemor uchun mo‘ljallangan maydon

T/r


Xonalar nomi

1ta o‘rin uchun maydon, m2

1

2

3



1.

7 yoshdan katta bolalar hamda kattalar uchun yuqumli bo‘lmagan kasalliklar palatasi

7

2.

7 yoshga to‘lmagan bolalar uchun yuqumli bo‘lmagan kasalliklar palatasi



Onalar uchun navbatchi joylarsiz

6

Onalar kunduzi yonida bo‘ladigan palatalar



8

Onalar tunu-kun yonida bo‘ladigan palatalar

12

3.

Kattalar uchun yuqumli va sil kasalliklari palatasi



9+7 har bir qo‘shimcha o‘rin uchun

4.

Bolalar uchun yuqumli va sil kasalliklari palatasi



Onalar uchun

7

Onalar kunduzi yonida bo‘ladigan palatalar



10

Onalar tunu-kun yonida bo‘ladigan palatalar

12

5.

Jarrohlik palatasi



9+7 har bir qo‘shimcha o‘rin uchun

6.

Kattalar uchun neyroxirurgiya, kuyish va radiologik palatalar



12+9 har bir qo‘shimcha o‘rin uchun

7.

Ortopediya va travmatologiya palatalari



Kattalar uchun

9

Onalar kunduzi yonida bo‘ladigan bolalar uchun



10

Onalar tunu-kun yonida bo‘ladigan bolalar uchun

13

8.

Intensiv terapiya palatalari, operatsiyadan keyingi palatalar



14+12 har bir qo‘shimcha o‘rin uchun

9.

Asab-ruhiy kasalliklar uchun palatalar



Umumiy turdagi

6

Insulinga muhtojlar va nazorat ostidagi



7

10.


Bolalar uchun ruhiy kasalliklar palatalari

Umumiy turdagi

5

Nazorat ostidagi



6

11.


Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun izolyator

1 ta karavot uchun

5

1 ta kyuvez uchun



6

12.


Kunduzgi statsionar palatalari

Kattalar uchun

5

Bolalar uchun



4

13.


1 ta koykali palata

9

14.



1 ta koykali boks

22

15.



1 yoshga to‘lmagan, shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun palatalar

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun intensiv terapiya palatalari

9+3 har bir qo‘shimcha koyka uchun

Onalar tunu-kun yonida bo‘ladigan bol�lar uchun

12

Onalar kunduzi yonida bo‘ladigan bolalar uchun



8

Onalar yonida o‘tirmaydigan bolalar uchun

5

5-jadval


DPM statsionarlari asosiy xonalarining tarkibi va maydoni

T/r


Xonalar nomi

Asosiy xonalar maydoni, m2

Statsionarda koykalar soni

2 — 5


6 — 10

11 — 15


16 — 30

31 — 50


51 — 100

101 — 200

201 — 350

351 — 400

401 — 500

501 — 600

601 va undan ortiq

1

2



3

4

5



6

7

8



9

10

11



12

13

14



Davolash bo‘limi

1.

Muolaja xonasi



-

-

-



-

12

12



12

12

12



12

12

12



2.

Ordinatorlar xonasi

-

-

-



-

-

1 ta shifokor uchun 6 ta, lekin 32 tadan kam emas



3.

Katta hamshira xonasi

-

-

-



-

-

12



12

12

12



12

12

12



4.

Xo‘jalik hamshirasi xonasi

-

-

-



-

-

10



10

10

10



10

10

10



5.

Iflos choyshablarni yig‘ish uchun xona

-

-

-



-

-

4



4

4

4



4

4

4



6.

Ovqat tarqatish xonasi

-

-

4



4

6

6



8

8

10



10

10

10



7.

Oshxona


1 ta o‘rindiq uchun 1,2

8.

Hojatxona*



3

3

3



3

3x2


3x2

3x2


3x2

3x2


3x2

3x2


3x2

9.

Sanitariya xonasi



-

-

-



-

8

8



8

8

8



8

8

8



10.

Klizma qo‘yish xonasi**

-

8

8



8

8

8



8

8

8



8

8

8



Tug‘ruqxona bo‘limi

11.


Individual tug‘ish palatasi

24

12.



Sut qorishmalarini tayyorlash xonasi

6

13.



Ginekologiya muolaja xonasi

-

-



-

-

12



12

12

12



12

12

12



12

14.


Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun intensiv palata

1 ta kyuvez uchun +3 har bir qo‘shimcha kyuvez/karavotcha uchun

15.

Ordinatorlar xonasi



-

-

-



-

-

1 ta shifokor uchun 6 ta, lekin 32 tadan kam emas



16.

Katta hamshira xonasi

-

-

-



-

-

12



12

12

12



12

12

12



17.

Xo‘jalik hamshiralari xonasi

-

-

-



-

-

10



10

10

10



10

10

10



18.

Iflos choyshablarni yig‘ish uchun xona

-

-

-



-

-

4



4

4

4



4

4

4



19.

Ovqat tarqatish xonasi

4

4

4



4

6

6



8

8

10



10

10

10



20.

Oshxona


1 ta o‘rindiq uchun 1,2

21.


Hojatxona*

3

3



3

3

3x2



3x2

3x2


3x2

3x2


3x2

3x2


3x2

22.


Sanitariya xonasi

-

-



-

-

8



8

8

8



8

8

8



8

23.


Klizma qo‘yish xonasi**

-

8



8

8

8



8

8

8



8

8

8



8

Izoh: * hojatxonalar soni (1 — erkaklar uchun, 1 — ayollar uchun), tibbiy xodimlar uchun alohida;

** klizma qo‘yish xonasi bo‘lim yo‘nalishiga muvofiq tashkil etiladi.

4-§. Operatsiya bloki




  1. Operatsiya bloklari izolatsiya qilingan (alohida binoda yoki statsionar bilan o‘tish yo‘llari yoki yo‘laklar bilan birlashgan izolatsiya qilingan seksiyalarda) hamda vertikal kommunikatsiyalardan (texnik shaxta, lift, chiqindi tashlash quvurlari) imkon qadar uzoqda joylashtirilish zarur.



  1. Shoshilinch jarrohlik uchun jarrohlik xonalari qabul bo‘limlari tarkibida tashkillashtiriladi.




  1. Tibbiyot xodimlari uchun operatsiya bloklariga kirish sanitariya-tozalov xonasi orqali amalga oshiriladi.



  1. Operatsiya blokida “toza” va “yiringli” operatsiya xonalari ajratiladi.

Ushbu talabni bajarish uchun sharoitlar mavjud bo‘lmagan holatlarda yoki shoshilinch holatlarda yiringli operatsiyalar maxsus ajratilgan kunlarda yoki “rejali” jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganidan so‘ng joriy tozalash va dezinfeksiya ishlaridan so‘ng o‘tkaziladi.




  1. Operatsiya bloklari bir-birining ustida joylashtirilganda septik jarrohlik xonalarini aseptik jarrohlik xonalaridan yuqorida joylashtirish lozim.



  1. Tibbiy kislorod bilan ta’minlanishi markazlashtirilgan bo‘lishi kerak. Markaziy kislorod punkti alohida qurilgan binoda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Kislorod stansiyalarini qurishda amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi kerak. Kislorod gaz ballonlarini bevosita bo‘limlarda, operatsiya bloklarida va DPMning boshqa xonalarida saqlash va ishlatish mumkin emas.




  1. Operatsiya xonalari bakteritsid lampalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Operatsiya xonalarini kvars yordamida zararsizlantirish joriy, mukammal tozalov ishlaridan so‘ng, yakuniy dezinfeksiya va jarrohlik amaliyotidan oldin o‘tkaziladi.



  1. Operatsiya blokda narkoz apparaturalari va tibbiy asbob-anjomlarni zararsizlantirish uchun alohida ajratilgan va jihozlangan xonalar bo‘lishi kerak.




  1. Gips tayyorlash xonalarida 0,1m3 hajmdagi gipsni tindiruvchi idishlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.



  1. Operatsiya bloklari 4 ta hududdan iborat bo‘lishi kerak:

Steril rejim (operatsiya xonasi, donor organlarini tayyorlash xonasi) hududi;

Qattiq rejim (operatsiya oldi, narkoz, steril bikslarni saqlash uchun material xonasi) hududi;

Cheklangan rejim (asbob-anjomlar, ekspress laboratoriya, jarrohlik asbob-anjomlari va buyumlarni tayyorlash xonasi, bemorlarni uyg‘otish xonasi, operatsiya hamshiralari xonasi va b.) hududi;

Umumshifoxona rejimi (steril sharoitlar talab qilmaydigan xonalar, ishlatilgan tibbiy asbob-anjomlar, materiallar va choyshablar saqlash xonasi, bo‘lim mudiri va katta hamshira xonasi) hududi.


  1. Akademik litsey, professional ta’lim, oliy ta’lim muassasalari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining o‘quv yoki ilmiy bazasi hisoblangan DPMda jarrohlik amaliyoti jarayonini ko‘rish uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan alohida xona ajratiladi.



  1. Operatsiya bloklarining asosiy va yordamchi xonalari tarkibi va maydonlari quyidagi 6-jadvalda keltirilgan.

6-jadval


Operatsiya bloklarning asosiy va qo‘shimcha xonalarining tarkibi va maydoni

T/r


Xonaning nomi

Maydoni m2 dan kam emas

1

2

3



1.

Jarrohlik zali

Umumiy yo‘nalishdagi, shu jumladan ortopedik travmatologiya

36,0


Yurak va qon-tomirlarda neyroxirurgik operatsiyalarni o‘tkazish uchun*

42,0


Sun’iy qon aylanish apparatidan (SQAA) foydalangan holda yurakda operatsiyalarni o‘tkazish, rentgen operatsiya zali*

48,0


2.

Jigarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) operatsiyasini o‘tkazish zali*

1-zal (donor uchun) — 36,2

2-zal (retsipiyent uchun) — 48,0

3.

Buyrakni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) operatsiyasini o‘tkazish zali



1-zal (donor uchun) — 36,2

2-zal (retsipiyent uchun) — 36,0

4.

O‘zak hujayralarini ko‘chirish (transplantatsiya) amaliyoti



Bemordan qon olish palatasi 1 o‘rin uchun

9,0


O‘zak hujayralarni olish amaliyoti uchun boks xonasi

24,0


Boks oldi xonasi

9,0


Suyuq azotni saqlashga mo‘ljallangan muzlatgichli kamera xonasi

15,0


Bemorni uyg‘otish xonasi 1 o‘rin uchun

6,0


Organlarni saqlash uchun konservant suyuqliklar va steril muzlarni saqlash uchun muzlatgich kamera xonasi

12,0


5.

Operatsiya oldi xonasi

Bitta umumiy yo‘nalishdagi operatsiya xonasi uchun

12,0


Ikkita umumiy yo‘nalishdagi operatsiya xonasi uchun

15,0


Bitta ixtisoslashtirilgan operatsiya xonasi uchun

15,0


6.

Kichik operatsiya xonasi

24,0

Operatsiya oldi xonasi



8,0

7.

Operatsiya blokidagi yordamchi xonalar



Steril bikslarni saqlash xonasi

4,0


Ixtisoslashtirilgan shifoxonalar uchun

20,0


Asboblar saqlash xonasi

6,0


Asboblarni, shu jumladan endoskopiya asboblarini qismlarga ajratish va zararsizlantirish xonasi

1 ta jarrohlik xonasi uchun 4,0 lekin 10,0 dan kam emas

Narkoz-nafas olish apparaturasini yuvish va zararsizlantirish xonasi

10,0


Sun’iy qon aylanish apparati xonasi — montaj qilish va yuvish xonasi

18,0


Gips xonasi (travmatologiya-ortopediya va shoshilinch tibbiy yordam klinikalari uchun)

20,0


Gips va gips tasmalarini saqlash xonasi (travmatologiya-ortopediya va shoshilinch tibbiy yordam klinikalari uchun)

6,0-10,0


Ko‘chma apparatura ombori**

15,0


Jarrohlar va anesteziologlar xonasi**

Har bir shifokor uchun 6,0, lekin 18,0 m dan kam emas

Bog‘lov materiallari va dorilar zaxirasi uchun mo‘ljallangan katta hamshira xonasi (septik va aseptik bo‘limlar uchun umumiy)**

12,0


Jarrohlik amaliyot hamshiralari xonasi**

Har bir hamshira uchun 3,0, lekin 12,0 dan kam emas

Toza choyshablar ombori**

6,0


Ishlatilgan choyshablar v� jarrohlikdan keyingi chiqindilarni yig‘ish va vaqtinchalik saqlash xonasi**

6,0


Yig‘ishtirish jihozlari, dezinfeksiya vositalarini tayyorlash va saqlash xonasi**

6,0


Xodimlar uchun sanitariya tozalov xonasi

1 ta jarrohlik xonasi uchun 3,0 — 6,0

Septik va aseptik bo‘limlarga kirishdagi shlyuz (ixtisoslashtirilgan jarrohlik bo‘limlari uchun)

12,0


Kuygan bemorlar uchun vanna va ko‘tarish moslamasi bo‘lgan yaralarni bog‘lash xonasi

25,0


Sterilizatsiya xonasi***

1 ta sterilizator uchun 6,0 m

Izoh: * loyiha topshirig‘i bo‘yicha;

** 2 tadan ortiq operatsiya zallariga ega bo‘lgan operatsiya bloklarida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xonalarning mavjud bo‘lishi shart;

*** mikroxirurgiya operatsiyalari o‘tkaziladigan ixtisoslashtirilgan DPMda joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi;

2 tadan ortiq operatsiya zallariga ega bo‘lgan operatsiya bloklarida yig‘ishtirish anjomlari va dezinfeksiya vositalarini saqlash uchun 2 ta xona ko‘zda tutiladi.

5-§. Suyak iligi va o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘limi


  1. Suyak iligi va o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘limi shifoxonaning izolatsiya qilingan qismida joylashgan bo‘lishi kerak.



  1. Suyak iligi va o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘limiga kirish joyida boshqa xonalar havosi bilan aralashib ketishini bartaraf etish uchun shlyuz tashkil etilgan bo‘lishi kerak.




  1. Suyak iligi va o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘limida bemorlar palatalari bokslarda joylashtiriladi va bo‘limning koridor qismidagi havo palata havosi bilan aralashib ketmasligi kerak.



  1. Bo‘limda muolaja xonasi, dori vositalarini va bog‘lov materiallarini saqlash xonasi va ularni zararsizlantirish xonasi bo‘lishi kerak.




  1. Bo‘limda ushbu sanitariya qoidalarining 17-jadvalida ko‘rsatilgan barcha yordamchi xonalar bo‘lishi kerak.



  1. Bemorlar faqat palatalarda ovqatlantirilishi kerak.

6-§. Suyak iligi va o‘zak hujayralarini tayyorlash xonalari




  1. Suyak iligi va o‘zak hujayralarini tayyorlash xonalari ushbu sanitariya qoidalarining 5-jadvali asosida tashkil etilishi kerak.



  1. Suyak iligi va o‘zak hujayralarini tayyorlash uchun donordan qon olish palatasi faqat 1 nafar donorga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.




  1. Palatadan tayyorlangan o‘zak hujayralarni tayyorlash laboratoriyasiga deraza orqali uzatilishi kerak.



  1. Laboratoriya steril havo berish uchun laminar shkaf bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.




  1. Laboratoriyaga qo‘shimcha ravishda o‘zak hujayralarini saqlash uchun mo‘ljallangan suyuq azot ballonlari uchun alohida xona ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.

Download 30.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling