Davr Jarayon 1 haftalik


-sinf Odam va uning salomatligi (2014)


Download 480.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi480.07 Kb.
#1017762
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-malumot

8-sinf Odam va uning salomatligi (2014) 
•Prezident I.Karimov Ibn Sinoning “Tib qonunlar” kitobi haqida “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida : …mashhur alloma Ibn Sinoning “Tib qonunlar” 
asari …dunyo miqyosida “Meditsina”,”Sog’lom turmush tarzi” degan tushunchalarning fundamental asosi bo’lib xizmat qilgani albatta chuqur hayotiy va ilmiy 
zaminga ega. Bu benazir allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo taraqqiyotini …rivojlantirishga ulkan ta’sir o’zkazdi.
•Gijja kasalliklari- Odam tanasida uchraydigan gijjalarning 100 dan ortiq turi mavjud. Ular odam ichagida, jigarda, o‘pkada, muskullar orasida yashaydi va 
ko‘payadi. Gijjalaming ayrimlari odam qoni va to‘qima suyuqligini so‘rib oziqlanishi natijasida turli xil kasalliklar paydo bo‘ladi. Gijja kasalligining asosiy belgilari 
qorinda vaqt-vaqti bilan og‘riq paydo bo‘lishi, ba’zan ich ketish, tana rangining oqarib- sarg‘ayishi, ozib ketish va umumiy quwatsizlik bilan xarakterlanadi. Gijja 
kasalligining oldini olish uchun ovqatlanishdan oldin qo‘lni sovunlab yuvish, meva va sabzavotlami toza suvda 3—4 marta yuvib, keyin iste’mol qilish kerak. 
• Suyaklarning o‘sishida suyak moddalarini sintezlovchi ustki hujayralar (osteoblastlar) va yemiruvchi (osteoklastlar) hujayralar ishtirok etadi. 
• Donorlaming qoni, qon zardobi tarkibidagi tayyor holdagi antitelo va antitoksinlar, shuningdek, gammoglobulin boshqa odam organizmiga yuborilsa, uning 
uchun bu passiv immunitet bo‘lib hisoblanadi. 
 Refleks turlari. Reflekslar yuzaga kelish sababiga, ahamiyatiga, natijasiga va boshqa xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarda bo‘ladi: 
1. 
Biologik ahamiyatiga ko‘ra: 
-ovqatlanish reflekslari -organizmni ovqat bilan ta’min- lashga qaratilgan; 
-himoyalanish reflekslari -organizmni tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan himoya qilishga qaratilgan; 
-mo‘ljal olish refleksi - notanish joylarga borib qolganda odam o‘zi turgan joyni, yo‘lni aniqlashga qaratilgan; 
-jinsiy reflekslar - nasi qoldirishga qaratilgan. 
2. 
Reflekslar natijasiga ko‘ra, musbat va manfiy bo‘ladi: 
-musbat reflekslar ma’lum bir ishni bajarishga qaratiladi. Masalan, yurish, yugurish, ovqatlanish, o‘qish, yozish, gapirish va hokazo. Svetofoming yashil 
chirog‘ida odam harakat qilib ko‘chani kesib o‘tadi. 0‘qituvchi o‘tgan darsni so‘raganda o‘quvchi o‘rnidan turib javob beradi; 
-manfiy reflekslar odam harakatini, bajarayotgan ishini ma’lum vaqt to‘xtatishga (tormozlashga) qaratilgan. Masalan, svetofoming qizil chirog‘i yonganda 
odam harakatdan to‘xtab, to yashil chirog‘i yonguncha kutib turishi bunga misol bo‘ladi. 
3. 
Foydali va zararli shartli reflekslar: 
-foydali shartli reflekslar odamning o‘zi uchun, jamiyat uchun foydali ishlarni bajarishga qaratilgan. Bularga yuqorida aytilgan musbat va manfiy shartli 
reflekslar misol bo‘ladi; 
-zararli shartli reflekslar noto‘g‘ri tarbiya natijasida paydo bo‘ladi. 
4. 
Birinchi va ikkinchi signal sistemasining shartli reflekslari. 
Birinchi signal sistemasiga ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, og‘riq sezish kabilar kiradi. Tashqi va ichki ta’sirlar ana shu sezgi organlariga ta’sir etishi 
natijasida paydo bo‘lgan shartli reflekslar birinchi signal sistemasining shartli reflekslari, deb ataladi. Masalan, svetoforning yashil va qizil chirog‘ining yonib- 
o‘chishi, darsga kirish va chiqish qo‘ng‘irog‘ining tovushi, ovqatning ta’mi va hidi kabilarga shartli reflekslarning hosil bo‘lishi. 
Ikkinchi signal sistemasi, hayvonlardan farqli o‘laroq, odamda og‘zaki va yozma nutqning mavjudligidir. Og‘zaki va yozma nutqning ma’nosiga qarab odamda har 
xil shartli reflekslar hosil bo‘ladi. Og‘zaki nutq bosh miya po‘stloq qavatining chakka sohasidagi eshitish markaziga, yozma nutq esa bosh miya po‘stloq 
qavatining ensa sohasidagi ko‘rish markaziga ta’sir qiladi. 
• Analizatoming periferik qismi, ya’ni retseptor. Bu maxsus nerv tuzilmasi bo‘lib, tananing turli qismlarida (teri, muskul, pay, ko‘z, quloq, bumn, til, ichki organlar 
va qon tomirlar devorida) joylashgan. Retseptorlaming soni juda ko‘p, masalan, terining 1 sm
2
sathida 200-400 tagacha, terining butun sathida esa 8 mln ga 
yaqin retseptor bor. Barcha ichki organlarda taxminan 1 mlrd ga yaqin retseptor bor. Tashqi va ichki muhitning barcha o‘zgarishlari retseptorlar orqali qabul 
qilinadi. 
• Bu retseptorlar juda mayda sezuvchi nerv tolalari bo‘lib, endolimfa to‘lqinlanganda ular silkinadi va qo‘zg‘aladi. Tolalaming soni 24 mingdan ko‘proq bo‘lib, 
ularning ayrim to‘plamlari maxsus tovushlami qabul qilish xususiyatiga ega (xuddi dutor yoki tanbuming har qaysi tori o‘ziga xos tovush berganidek). Ma’lum 
tovushni qabul qiladigan sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanmasa yoki kasallansa, odam mazkur tovushni aniqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Bolalarni yoshlikdan har xil 
musiqa ohanglarini tinglash va chalishga o‘rgatish ana shu sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanishiga imkon beradi. 
• Odam sekundiga 16—20 ming marta tezlikda tebranuvchi tovush to‘lqinlarini qabul qilish imkoniga ega. Yuksak rivojlangan hayvonlarda, ayniqsa, itlarda 
tovush to‘lqinlarini qabul qilish xususiyati, odamga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular odam eshitmaydigan kuchsiz tovushlami ham eshita oladi. 
Shuni ham aytish kerakki, yoshlaming kuchsiz tovushlami eshita olish qobiliyati yaxshi bo‘lib, yosh kattalashgan sari bu qobiliyat pasaya boradi. Agar odamga 
kuchli tovush har kuni uzoq muddat davomida ta’sir qilib tursa, u shovqinga moslashib qoladi. Shuning uchun ham sershovqin korxonalarda ishlaydigan odamlar 
kuchli tovushga o‘rganib qolib, kuchsiz tovushni yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Kuchli tovush ta’siriga moslashmagan odam esa sershovqin 
korxonalarda bo‘lganida o‘zini yomon sezadi. 
 Eshitish organining gigiyenasi. Odam eshitish a’zosining yaxshi rivojlanishi, sog‘lom bo‘lishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilishi zarur: 
-yashash, o‘qish, ishlash va jamoat joylarida tinchlikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlami ko‘rish lozim. Chunki yuqori kuchdagi tovush (shovqin) to‘lqinlari 
nog‘ora pardaga salbiy ta’sir ko‘rsatib, bora-bora uning elastiklik xususiyati yo‘qolishiga olib keladi. Natijada odamning eshitish o‘tkirligi pasayadi va u sekin 
tovushlarni aniqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Bundan tashqari, uzoq ta’sir qiladigan kuchli shovqin nerv sistemasini haddan tashqari qo‘zg‘atib, uyqusizlik, tez jahl 
chiqish, yurak sanchish, qon bosimining ko‘tarilishi kabi kasalliklarga sabab bo‘ladi. 
•Tashqi quloq yo‘lini qoplab turuvchi terida juda ko‘p mayda bezlar bo‘lib, ulardan yog‘simon sarg‘ish suyuqlik ajraladi. Ba’zan shu suyuqlik to‘planib qolishi 
tufayli quloq bitadi, g‘uvullaydi. Bunday hollarda paxtadan yasalgan pilik yoki gugurt cho‘pi uchiga o‘ralgan bint (paxta) yordamida tashqi quloq yo‘lini artib 
tozalash lozim. Yuvinish paytida quloqqa suv kirganida ham shunday qilinadi. Tashqi quloq yo‘li kirlanishining oldini olish uchun haftada bir- ikki marta yumshoq 
sochiq uchini iliq suv bilan namlab, quloq yo‘lini artib turish maqsadga muvofiqdir; odam og‘iz, burun, tomoqning shamollashi va gripp ka- salliklaridan 
saqlanishi kerak. Kasallik paydo bo‘lganida esa vaqtni kechiktirmasdan shifokor maslahatiga binoan davolanishi zarur. Aks holda og‘iz, burun, tomoqdagi 
mikroblar shu yerdagi shilliq pardaning yallig‘lanishi natijasida hosil bo‘ladigan shilimshiq suyuqlik bilan birga Yevstaxiy nayi orqali tomoqdan o‘rta quloq 
bo‘shlig‘iga o‘tib, uni yalig’lantiradi. Ba’zan o‘rta quloq bo‘shlig‘ida yiring to‘planib, undan nog‘ora parda zararlanib teshilishi mumkin. Bu esa quloqdan yiringli 
suyuqlik oqishiga olib keladi. Ayrim hollarda, o‘z vaqtida davolanmaslik oqibatida yiring ichki quloqqa o‘tib, eshitish retseptorlarining zararlanishi tufayli kar 
bo‘lib qolish mumkin. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘rta quloq bilan bosh miya orasidagi suyak juda yupqa bo‘lganligi uchun quloqning yiringli kasalliklarida 
yallig‘lanish jarayoni miya pardasini va to‘qimasini ham yallig’lantirib, meningit, ensefalit kabi og‘ir kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. 
• Hid bilish retseptorlari bumn bo‘shlig‘i shilliq pardasida joylashgan. Ularning soni o‘rtacha 30—40 mln atrofida. Bu hujayralarda ko‘plab mayda tukchalar 
bo‘lib, ulaming uzunligi 1-2 mikronga teng. Burun bo‘shlig‘ining hid biluvchi sathi 5 sm
2
bo‘lib, sezuvchi hujayra tukchalarining ko‘p bo‘lishi hisobiga hid bilish 
sathi 100—150 marta ortadi. Hid bilish retseptorlari tashqi muhit havosi tarkibidagi va ovqatdagi kimyoviy moddalar ta’sirida qo‘zg‘aladi. Ulaming qo‘zg‘alishi 
hid bilish nervi tolasi orqali bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining ichki yuzasidagi hid bilish markaziga boradi 

Download 480.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling