Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


CHokar — O`rta Osiyoda ilk feodalizm davrida feodallarga qarashli bo`lgan qurollangan  yigitlar guruhi.  Ixshid


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

CHokar — O`rta Osiyoda ilk feodalizm davrida feodallarga qarashli bo`lgan qurollangan 
yigitlar guruhi. 
Ixshid — Sug’d hokimlarining nasabi, unvoni. Tarixiy ma`lumotlarga Sug’d arab 
halifaligi tomonidan istilo qilingunga qadar bu erda 13 ixshid hukmronlik qilib turgan. 
Bo`dun — chorvador aholi, qora bo`dun — qora xalq. 
Ilk O`rta asrlarda O`rta Osiyoda feodal munosabatlarining o`rnatilishi bilan ilk o`rta asr 
shaharlari vujudga kela boshladi. Bu davrda ayrim markaziy shaharlarining tashqi devorlariga 
tutashgan joylarda hunarmandchilik mavzelari paydo bo`ladi. Atrofi devor bilan o`ralmagan bu 
istehkomsiz mavzelar manbalarda «rabot» nomi bilan eslatiladi. Keyinchalik rabotlar ham devor 
bilan o`rab olinadi. Rabotlarda hunarmandchilik mahallarlaridan tashqari savdogarlar, o`zga 
yurtlardan kelgan musofirlar uchun karvonsaroy, bozor, ibodatxona va daxmalar qad ko`taradi. 
SHunday qilib, shaharlar yonboshida rabodlarning qad ko`tarishi bilan ilk o`rta asrlarda 
ular uch qismli bo`lib qoladi. Uning podshox qasri joylashgan qismi «ark», ichki shahar, 
«shaxriston» deb yuritiladi. SHaharning uchala qismi ham alohida — alohida devorlar bilan 
o`rab olinadi. Ularning bir nechta darvozalari bo`lgan. Manbalarda ta`rif etilishicha, VIII asrda 
Buxoro besh qismidan iborat bo`lib, u besh qator devorlar xalqasi bilan o`ralgan edi. SHahar 
devorlari bo`ylab oqib o`tgan anxor xandaq vazifasini bajargan. 
Ilk o`rta asrlarda shahar va qishloq aholisi «naf» deyilgan. Ijtimoiy jixatdan u bir nechta 
tabaqaga bo`lingan. Mulkdorlar «ozod», shahar hunarmandlari «ozodkor», ziroatkorlar 
«kashovarz», xizmatkorlar «korikor», mute qo`shchilar «kadivar», qul va cho`rilar: erkaklar 


12 
«bantak» va ayollar «doya» deb yuritilgan. Aslzoda — «ozod»lar tabaqasiga podshox
mahalliy hukmdorlar va feodal dehqonlar kirgan. Bulardan tashqari, So`g’dda ibodatxonalar va 
ularning tasarrufida mulk va erlar 6o`lgan ibodatxonlar «vag’n», uning bosh ruhoniy mulozimi
ya`ni kohini «vag’npat» deb yuritilgan. Kohinlar tasarrufidagi erlar esa «vag’nze» deb atalgan. 
Qadimgi jamoa tuzumi insoniyat tarixida eng uzoq davrini o`z ichiga olgan. U 
odamzodning paydo bo`lishidan tortib to feodalizm davrigacha davom etgan. Ibtidoiy jamoa 
kishilari ibtidoiy to`da va urug’— aymoqchilik deb ataladigan ikki davrni o`z boshidan 
o`tkazgan. 
Urug’ —aymoqchilik jamoasiga o`tish bilan odamlarning yashash tarzi o`zgarib, er 
yuzining ba`zi joylarida termachilikdan dehqonchilikka, ovchilikdan esa chorvachilikka o`ta 
boshlagan. Asta—sekin odamlar hunarmandchilikni ham o`zlashtira boshlaganlar. 
Avvalo ularning diniy e`tiqodlari bilan bog’liq tarixiy atamalarga to`xtalsak. Ibtidoiy 
jamoa odamlarining dastlabki e`tiqodlari tabiat oldidagi nochorchiliklaridan yuzaga kelgan.
SHulardan biri totemizm bo`lib, ibtidoiy jamoa odamlari totemlarga — hayvon va 
o`simliklarga sig’inishgan. Har bir qabila o`zining totemiga ega bo`lgan. O`z navbatida ushbu 
totemni o`ldirish, iste`mol qilish ta`qiqlangan. 
Fetishizm (fr. fetich — tumor so`zidan olingan) — jonsiz predmetlarga e`tiqod qilishni 
anglatadi. Fetishizm predmeti bo`lib munchoq, tumor kabilar asosiy o`rinni egallagan. Hozirgi 
dinlarda ham ba`zi bir predmetlar fetishizmga misol bo`la oladi. Masalan, Makkadagi Qoratosh 
islom dinida, krest (xoch) xristianlik dinida muqaddas sanaladi. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling