Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Umra – Islom an`anasida kichik xaj Ka`ba ziyoratiga boriladigan muayyan kunlardan  boshqa vaqtda Makkaga borib xaj qilish «kichik xaj


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Umra – Islom an`anasida kichik xaj Ka`ba ziyoratiga boriladigan muayyan kunlardan 
boshqa vaqtda Makkaga borib xaj qilish «kichik xaj» deb hisoblangan va umra deb atalgan. 
Fatvo – Islomda muftiy yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, xuquqiy, siyosiy hamda 
ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror hukm yoki izoh. Fatvo diniy jamoalar, muassasalar va 
musulmonlar tomonidan bajarilishi kerak. Fatvo Qur`on, xadislar va shariatga yoki ilgari 
berilgan fatvolarga asoslanishi kerak. 
Fiqx – musulmon xuquqshunosligi, shariat qonun—qoidalarini ishlab chiqish bilan 
shug’ullanuvchi Islom ilohiyotining bir sohasi. Fiqx diniy xuquqshunoslik sifatida ikki sohada 
— shariat manbalarini ishlab chiqish (usul al—fiqx) va shariatni aniq sohalarga tadbiq qilish 
(furur` al—fied)dan iborat. 
Halifa – o`rinbosar, noib, muovin Musulmon jamoasi va musulmon teokratik davlati (Arab 
halifaligi)ning diniy va dunyoviy boshlig’i. U Muhammad Payg’ambarning o`rinbosari, 
ummaviylar davridan boshlab esa Allohning erdagi noibi hisoblangan. Birinchi to`rt halifa 
(Abubakr, Umar, Usmon, Ali) «al—Xulafo ar—roshidun» nomi bilan mashxur bo`lganlar. Ular 
Muhammad payg’ambardan so`ng arab halifaligini boshqarganlar 
1. Abubakr (632–634) 
2. Umar (634–644) 
3. Usmon (644 – 656) 
4. Ali (656 – 665) 
Ummaviylardan keyin abbosiylar, shuningdek fotimiylar sulolasi vakillari ham halifa 
unvoni bilan hokimiyatini boshqarganlar. 
Sayid – arablarda musulmon davri boshlangunga qadar qabilaning saylanadigan 
rahbarining unvoni bo`lib, boshliq mas`ul shaxs degan ma`noni bildirgan. Muhammad 
Payg’ambarning amakivachchasi Alining otasi Abu Tolib bir vaqtlar quraysh qabilasining 
sayidlaridan bo`lgan. SHuning uchun bu unvon Muhammad Payg’ambarning nevaralari, Alining 
o`g’illari, Hasan va Husaynning butun avlodlari ismiga qo`yiladigan faxriy unvon hisoblangan. 


19 
Sayidlarning qiziga uylangan kishining farzandlari ham sayid hisoblangan. Mana shuning uchun 
ham musulmon dunyosida, jumladan Movarounnahrda ham ko`pincha hukmdorlar ham o`z 
avlodlarining mavqeini ko`tarish maqsadida sayidlar qiziga uylanishga harakat qilishgan. 
Mang’itlar sulolasining so`nggi vakili Sayd Olimxon ona tomonidan Alining avlodi hisoblangan. 
Xo`ja – tom ma`noda, asosan YAqin va O`rta SHarq. xalqlari o`rtasidagi feodal ijtimoiy 
tabaqa. Xo`jalar sayidlardan keyingi o`rinda turgan. Keng ma`noda feodal jamiyatdagi hukmron 
tabaqalar vakili. Xo`jalarning kelib chiqishi xaqida turli fikrlar mavjud. Ba`zi ma`lumotlarga 
qaraganda xo`jalar dastlabki to`rt halifa — Abu Bakr, Umar, Usmon, Alidan tarqalgan deyilsa
boshqa manbalarda arablarning istilochilik yurishlarida boshchilik qilgan 
sarkardalarining nasli deb hisoblanadi. Xo`jalar Islom oqsuyak tabaqasi sifatida ma`lum 
imtiyozlarga ega bo`lganlar. Ular ko`p hollarda o`lim, tan jazosi, urushlarda qatnashishi hamda 
soliq to`lashdan ozod etilganlar. Xo`jalar qizini fuqaroga berish man etilgan. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling