Zimmiylar – Islom dini hukmron bo`lgan mamlakatlarda yashab turuvchi, ammo boshqa
dinlarga mansub bo`lgan musulmonlar himoyasidagi aholi, yoxud shartnoma kishilari. O`rta
asrlarda arab halifaligida musulmon bo`lmagan aholiga ma`muriyat bilan ikki o`rtada tuzilgan
shartnoma asosida shaxs va mulk daxlsizligi hamda o`z dinlariga erkin sindirishi xuquqni
ta`minlash haqidagi kafolat. Islom davlati o`z himoyasida saqlab turganligi zimmiylar jon solig’i
— juz’ya va er solig’i xiroj to`lashga majbur bo`lganlar.
Zoxid — VIII—X asrlarda Movarounnahrda molu—dunyoga rag’bat va xoxishi
bo`lmagan kishi tarki dunyo qilgan va hayot lazzatlaridan voz kechgan kishi. Zoxidlar
musulmonlarni bu dunyo rohat farogatidan voz kechishga, jabr zulmga chidashga undaganlar.
Zoxidlik so`fiylikning ayrim oqimlari bilan bog’liq bo`lgan.
Iyd, iyd ayomi — musulmonlarning diniy bayramlari Iyd atamasining bir oz buzilgan
o`zbekcha talaffuzi xayitdir. O`tmishda etti kun davom etadigan iyd al—qurbon, ya`ni qurbon
xayiti (ba`zi manbalari 3 yoki 4 kun bo`lgan) va uch kun davom etadigan iyd as—fitr, ya`ni
ro`za xayiti kunlari orasida iyd ayyomi deb yuritilgan.
Ilohiyot — diniy aqidalar va ular x:aqidagi ilohiy ko`rsatmalarni o`z ichiga olgan diniy
ta`limot. Ilohiyot hozir ham diniy Madrasa, institut va universitetlarda o`qitiladi. Islomda
ilohiyot ilk shakllanishi davridan boshlab Kalas deb nomlangan
Iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar (arablar davri).
Xiroj — YAqin va O`rta SHarq mamlakatlarida, jumladan, O`rta Osiyoda davlat
tomonidan undirilgan er solig’i. Xiroj arablar tomonidan joriy qilingan. Xiva va Qo`qon
xonliklarida hamda Buxoro amirligida joriy yig’ish uchun har bir viloyatlarga sarkor, devonbegi
va kotib saylangan. Xiva xoni Muhammad Raxim I xirojni pul bilan undirishni joriy qilgan.
Bunda xiroj olingan hosil miqdoridan emas, balki er egasining xo`jaligi va er maydoniga qarab
olingan. Qo`qon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin xiroj bu erda natura o`rniga
pul bilan yiriladigan bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |