Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Gurxon — horaxitoy xonlarining fahriy laqabi.  Keshik


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Gurxon — horaxitoy xonlarining fahriy laqabi. 
Keshik — XIII asrda mo`g’ullar qo`shinidagi zahira qism gvardiya, guruh. 
Doruga — harbiy ma`mur. 
Izofa — zahira qism. 
Otaliq — dastlab saljuqiylar sulolasi davrida (1038—1194) xon e`tiborini qozongan 
kishilarga berilgan mansab. Otaliq «Ota o`rniga ota» degan mazmunga ega bo`lib, uning vazifasi 
shaxzoda yoki xonzodalarni tarbiyalash va ular ixtiyoridagi ulusni balog’atga etganlariga qadar 
boshqarishdan iborat bo`lgan. Tarixda ba`zi otaliqlar hokimiyatni o`z qo`llariga olgan hollar ham 


24 
bo`lgan. CHunonchi, ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida (1599—1753) Balxda 
Maxmudbiy otaliq (XVIII asr boshlari), Mangitlar sulolasi hukmronligi davrida (1753—
1920) Buxoroda Muhammad Raxim otalik (1753— 1758) mana shunday yo`l orqali hokimiyatni 
egallagan. 
Sohibqiron — 1.Quyosh tizimidagi katta sayeralardan ikkitasini bir — birini tusish 
paytida to`g’ilgan odam. Rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur ikki sharofatli yulduzlar Zuxra va 
Mushtariy sayeralari bir–birlariga yaqinlashgan paytda tug’ilgan ekan. Munajjimlarning fikriga 
ko`ra, bunday odam baxtli, ulug’ martsyuali bo`lishi muqarrar sanalgan. Amir Temurning 
Sohibqiron deb atalishi ham shundan. Sohibqiron so`zining asl ma`nosi «baxtier podshox», 
«qudratli podshox» demakdir. 2. SHarq mamlakatlarida obro`li, g’olib podsholarga berilgan 
unvon. O`rta Osiyoda dasglab Amir Temurga shunday unvon berilgan. Ma`lumki, Amir Temur 
o`zining harbiy muvaffakiyatlariga o`zining kuchli qo`shini bilan erishgan. U qo`shinni o`ntalik 
askariy birikmalardan iborat lashkarlardan tuzgan. Lashkar ush minglik bo`lsa — tuman, 
minglik esa — xazora, yuzlik — xushun, unlik esa — xayl deb nomlangan. Ularga boshchilik 
qilgan lashkarboshilar esa tuman ogasi, mirikazora, qo`shinboshi, aylboshi deb yuritilgan 
Amir — Mo`g’ullar istilosidan so`ng Oltin Urda, keyin O`rta Osiyo va eronda mug’ul va 
turk qabilalari birlashmasi — ulus boshlig’ining unvoni ham amir deb atalgan. Sohibqiron 
Temurning unvoni ham amir bo`lib, tarixda Amir Temur deb yuritilgan. XVIII asr oxiridan 
boshlab, Buxoroda mang’it sulolasiga mansub bo`lgan hukmdorlar ham o`zlarini amirlar deb 
yuritishgan. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling