27
Iqto` — o`rta asrlarda YAqin va O`rta SHarq mamlakatlarida hukmdor tomonidan
feodalga katta xizmatlar evaziga in`om qilingan chek er. Odatda Iqto` umrbod berilmay,
hukmdor uni istagan vaqtida qaytarib olib, boshqa kishiga tortiq qilish mumkin bo`lgan. Iqto`
xaqidagi dastlabki ma`lumotlar VII asr oxiriga mansub arab manbalarida uchraydi. IX asrga
kelib halifa tomonidan arab amiriga idora qilish uchun berilgan viloyatlar ham Iqto` deb
atala
boshlagan. Amir o`zi hukmronlik qilaetgan ushbu viloyatlar solig’ini butunlay yoki qisman
o`zlashtirish xuquqiga ega bo`lgan. Iqto` erlari
davlat mulki hisoblangan, lekin IX asrdan
boshlab feodalning xususiy mulkiga aylana boshlagan. Temuriylar davrida Iqto` o`rnida tiyul va
Suyurg’ol, boburiylar saltanati davrida esa jog’ir atamalari qo`llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: