Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan
Ijtimoiy — iqtisodiy mavzudagi atamalar
Download 468.41 Kb. Pdf ko'rish
|
13. Tarixiy atama maruza
Ijtimoiy — iqtisodiy mavzudagi atamalar.
Feod — (lot.) O`rta asr G’arbi Yevropasi manbalarida er, mansab va daromadlarni belgilashda qo`llanib kelingan lotincha termin. G’arbi Yevropa feodalizm davrida sen`or tomonidan harbiy xizmatni o`tash va boshqa bir qator majburiyatlarni bajarish sharti bilan foydalanish uchun meros bo`lib o`tadigan qilib in`om qilingan er—mulk. O`rta asrlarda Frantsiyada feod «f’er», Angliyada — «fi», Germaniyada esa «len» deb atalgan. Barshchina — kapitalizm davrigacha bo`lgan er rentasi shakllaridan biri: krepostnoy dehqonning pomeshchik xo`jaligida xaq olmasdan majburan mehnat qilish: ishlab berish rentasining ruscha nomi. Barshchina va unga mos keladigan xo`jalikni barshchina usulida tashkil etish feodalizm davrida barcha mamlakatlarda tarqalgan edi. Xo`jalikning barshchina sistemasi 31 bo`lganida krepostnoy dehqon xaftaning muayyan kunlarida shaxsiy mehnati bilan unga tegishli bo`lgan erni amalda va xuquqiy jixatdan o`ziga tegishli ish quroli yordamida ishlar, xaftaning qolgan kunlari esa pomeshchik erida pomeshchik uchun ishlab berar edi. Er egasi qo`shimcha vaqtni o`z foydasiga o`zlashtiradi. Ilk o`rta asr davrida G’arbi Yevropa dehqonlarini barshchina usulida ekspluatatsiya qilish kengaya borib, XI — XIII asrlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi va buning natijasida shaharning qishloqdan ajralib chiqa boshlashi, sinfiy kurashning keskinlashuvi, dehqonlarning feodal erlaridan shaharlarga va yangi erlarni qidirib, ommaviy ravishda boshqa joylarga ketib qolishlari ta`siri ostida obrok sistemasi barshchina sistemasini siqib chiqara boshladi. Ishlab berish rentasi oziq-ovqat rentasi bilan, so`ngra esa pul rentasi bilan almashtirildi. XIV—XV asrlarda Yevropaning ko`pchilik mamlakatlarida feodallarning dehqonlarga yangi xujumi boshlanib, feodal zulmi kuchaytirildi va barshchinani qisman tiklash yo`lida harakat qilindi. Ularning bu urinishlariga dehqonlar bir qator yirik qo`zg’olonlar bilan javob berdilar va Angliya, Frantsiya kabi mamlakatlarda feodallar barshchinani qat`iy tiklash niyatlaridan voz kechishga majbur bo`ldilar. Natijada uzil—kesil obrok sistemasiga o`tdilar. Dehqonlarni barshchina usulida ekspluatatsiya qilish qoldiqlari Pol’sha, Vengriya va Ruminiyada XX asrgacha saqlanib qoldi. Obrok — feodal er rentasining ikki formasini ya`ni maxsulot (natura obrogi) va pul (pul obrogi) shakllarini bildirgan atama. Bu ikkala shakldagi obrok ham dehqon xo`jaligida ishlab chiqariladigai qo`shimcha maxsulotning (yoki uning pul ekvivalentining) feodal tomonidan o`zlashtirilishini bildiradi. Download 468.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling