Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan
Download 468.41 Kb. Pdf ko'rish
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aristokratiya
Al’menda — germanlirda o`rta asrlarda qishloq jamoalarining a`zolari umumiy
foydaldnadigan er—.mulklari (o`tloqlar, o`rmonzorlar, xaydaladigan erlar). Al’menda –mulklari qishlok, jamoalari asoratga solinganidan keyin ham saqlanib qoldi. XI —XIII asrlarda al`menda ancha qisqardi, chunki aholining o`sishi va boshqa sabablarga ko`ra al’menda hisobiga erlar bo`lib beriddi. Bundan tashqari feodal al’mendani yakka o`zi boshqarishga, uni o`z domeniga qo`shib olishga intildi. Krepostnoylik qishloqlariga tovar—pul munosabatlari kirib kelishi bilan al’mendaning ahamiyati oshadi, u shiddatli sinfiy kurash ob`ektiga aylanadi Al’menda uchun kurash XIV — XVI asrlarda barcha dehqon qo`zg’olonlarida katta rol’ o`ynaydi. Kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi al’mendadan foydalanishda tub burilishni keltirib chiqardi. Angliya lordlari uni uz mulkiga aylantirdilar, G’arbi Yevropaning boshqa mamlakatlarida al’menda bo`lib yuborildi, bunda feodal — pomeshchik uning katta qismini qo`lga kiritib qoldi. Aristokratiya — hukmron sinfning imtiyozli tabaqasi. Feodal jamiyatda aristokratiya feodallar hukmron sinfining unvonli. YUqori tabaqasi. Absolyutizm davrida aristokratiya tarkibiga eng yirik ruhoniy va dunyoviy er egalarigina emas, saroy dvoryanlarini ham qo`shgan 32 edilar. Angliya (XVII asr) va ayniqsa Frantsiya (XVIII asr) burjua revolyutsiyalari feodal aristokratiyaga zarba berdi, ammo ular cheklangan revolyutsion bo`lganliklari sababli feodalizm qoldiqlarini tamomila tugatmadilar, aristokratlar esa ilgari imtiyozlarini va erlaryni bir qismini saqlab qoldilar. Burjuaziya hukmronligi davrida aristokrat muhim siyosiy rol’ o`ynashini davom ettirdi. Bank (o`rta asrlarda) — feodal davrida tovar—pul munosabatlarining rivojlanishi banklarga zaruriyat keltirib chiqardi. Bank operatsiyalari sudxo`rlik va pul maydalash yoki ayirboshlash ishi bilan bog’liq edi, chunki tarkibida turli miqdorda oltin va kumush bo`lgan xar xil pullar mavjudligi tufayli ayrim mamlakatlar va feodal knyazliklari pullarini boshqa mamlakat pullari bilan ayirboshlab turishi kerak edi. O`rta asrlarda bank ishi dastavval pul munosabatlari barvaqtroq rivojlana boshlagan SHimoliy Italiya respublikalarida vujudga keldi. Italiya banki pul ayirboshlash, sudxo`rlik, bir mamlakatlarida ham rivojlandi. Xususiy shaxslar (asosan ital’yanlar va yaxudiylar) bilan bir qatorda bank operatsiyalari bilan (ayniksa, sudxo`rlik •bilan) Rim kuriyasi va ruhoniy ritsar’ ordenlari ham shug’ullandi. Bank operatsiyalari, ayniqsa, ssuda (qarz) berish qaltis ish edi, chunki yirik feodallar va qirollar ko`pincha qarzni qaytarishdan bosh tortardilar, natijada bankir xonavayron bo`lardi. Florentsiya bankirlari Medichiga xatto qirollar va imperatorlar ham qaram bo`lib qolishgan edi, ularning o`zlari esa Florentsiyaning hukmronlari (tiranlari) bo`lib qoldilar. Download 468.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling