Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan
Download 468.41 Kb. Pdf ko'rish
|
13. Tarixiy atama maruza
Mustaqillikning e`lon qilinishi.
Olis va yaqin tarix bugungi kun va kelajak uchun ibrat darsligidir. Darvoqe, Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek: "Vatan, Millat taqdiri hal bo`ladigan kaltis vaziyatlarda to`g’ri yo`lni tanlay olish uchun, avvalo, tarixni va hayotning achchiq chuchugini bilish kerak ekan. Tarix insonning ko`zini ochar ekan. SHunda ko`p xatolarning oldini olish mumkin bo`lar ekan". O`zbekiston XX asrning surgi un yilliklari boshida o`z mustaqilligini e`lon qildi. Bu esa ijtimoiy—siyosiy, ma`navii, madaniy hayotimizda yangicha o`zgarishlar eshigini ochdi. O`zbekiston bir necha xalqaro tashkilotlarning a`zosi bo`ldi. Ko`plab davlatlar tomonidan tan olinib, o`zaro aloqalar yo`lga quyildi. Aytish mumkinki, ushbu sharoitda millatimiz xalqlari tiliga ko`plab yangi atamalar jadal kirib keldi. Bular avvaldan ilgor davlatlarda qo`llanib kelingan bo`lsa—da, ammo mavjud bo`lgan shurolar tuzimi davrida bu kabi atamalar va ularning amaliyotiga aslo yo`l quyilmagan edi. Masalan, aktsiya, aktsiz, kommunikatsiya, divident, monitoring, konsalting, birja, marketing va xokazolar. Ushbu atamalarning sohalari tiklanib, minglab kishilar uning tarmoklarida faoliyat ko`rsatmokda. Ko`plab mavjud atamalarning ta`sir doiralari kuchaydi. Bunga misol qilib, demokratiya, Konstitutsiya, Ombudsman, parlament (Oliy Majlis) va hokazolarni kiritish mumkin. Aytish mumkinki, XVIII asrda ilk bor AQSH da joriy etilgan Prezidentlik boshqaruvi hali sobiq SSSR davridayoq ilk bor O`zbekistonda joriy etildi. eski so`z deb qaralgan oqim atamasi ham bugungi mustaqil davlatimizda mahalliy ijroiya va boshqaruv organlari boshlig’i ya`ni viloyatlar, tuman va shaharlar boshliriga nisbatan qo`llanilmokda. Oqsoqol atamasi ham faqat mahallaning obruli kishisiga yanada aniqroq aytadigan bo`lsak o`z—o`zini boshqarish organlarida keng qo`llanilmoqda. 67 Tarix g’ildiragi kunu tun tinmay aylanmoqda. Uning shiddati shu qadar kuchliki biz insonlar uning har bir kunidan, xar bir yangiligidan boxabar bo`lib yashashimizni taqozo etmoqda ya`ni inson o`zgarishlardan, harakatdan to`xtab qolishi mumkin. Tarix esa harakatda, faqat oldinga intilmoqda. Yillar davomida eskirgan — "arxaik" so`zlar deb qaralgan atamalar ham butun tilimizga kaytadan kirib kelmoqda. Bu esa xalqimiz tarixiy — milliy, ma`navii merosi bilan bog’liqligini aslo unutmasligimiz kerak. Yoshlar ham ana shu merosga munosib bo`lishga intilishlari lozim. Buning uchun dunyoqarashlarimizni, ilmimiz va iqtidorimizni yangilanayotgan dunyoga uyrunlashtirishimiz kerak. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov aytganidek: «Vaqt dunyo qarashimizni islox, qilishni qattiq talab qilmoqda». Download 468.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling